bir martalik ish bilan ta’minlash tartibi
Reja:
1.vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash
byurolarini tashkil etish to’g’risida qarori
2.bir martalik ish bilan ta’minlash qanday tartibda amalga oshiriladi
3. VAQTINCHALIK BIR MARTALIK ISH BILAN TA’MINLASH BYURO
NAMUNAVIY NIZOM
VAQTINCHALIK BIR MARTALIK ISH BILAN TA’MINLASH BYUROLARINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi 410-sonli “Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 25-iyuldagi F-1218-son farmoyishi bilan tashkil etilgan fuqarolarning yollanib (kunbay) ishlashi to‘g‘risidagi masalani o‘rganish bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlar bajarilishi masalalari o‘rganib chiqildi.
Tahlillar vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi ko‘pchilik shaxslar, eng avvalo yoshlar, ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotganligini, zarur mehnat ko‘nikmalari, kasblar va malakaga ega emasligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga fuqarolarning muayyan qismi vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarish bahonasi bilan o‘z oilaviy majburiyatlarini bajarishdan, o‘z oilalarini moddiy ta’minlashdan bosh tortishining ko‘plab hollari mavjud, ular pasport tizimi qoidalarini buzmoqdalar.
Joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan hodisalarni tug‘diruvchi sabablarni o‘rganish bo‘yicha ishlar juda qoniqarsiz olib borilayotganligini normal hol deb hisoblash mumkin emas, kichik va o‘rta biznesni, xizmat ko‘rsatish sohasini, kasanachilik mehnatini hamda aholini mehnat faoliyatiga jalb etishning boshqa shakllarini keng rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar ta’minlanmayapti.
Ishsizlikning sabablarini o‘rganish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining va uning joylardagi organlarining ishini qoniqarli deb bo‘lmaydi. Mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari zarur samara bermayapti, ularda vaqtinchalik bir martalik ishlarni izlovchi shaxslar, shuningdek mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar faol qatnashmayapti.
Ish bilan mashg‘ul bo‘lmagan aholi bilan ishlash, fuqarolarni ishga joylashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yuzasidan ichki ishlar organlari, mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro hamkorligi sust tashkil etilgan.
Fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan o‘z-o‘zidan shakllanayotgan joylarda zarur jamoat tartibi va zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarning yo‘qligiga toqat qilib bo‘lmaydi.
Vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajaruvchi fuqarolarning mehnat faoliyatini tartibga solish, ular uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish va ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (Obidov), Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuqorida bayon etilgan salbiy hollarni keltirib chiqargan sabablarni, shuningdek fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan ta’minlash bozorini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish mas’uliyati yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari huzurida filial shaklida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byurolari tashkil qilinsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |