OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI ABDALOVA ZEBONING OPTIKA FANIDAN GEOMETRIK OPTIKA QONUNLARI MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI
ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N.
BAJARDI: ABDALOVA Z.
NUKUS_2023
MUNDARIJA
I. KIRISH 2
1.1. Yorug’lik haqida umumiy tushuncha 6
II. ASOSIY QISM GEOMETRIK OPTIKA QONUNLARI 9
2.1. Geometrik optika haqida tushuncha 9
2.2. Yorug'likning sinish qonuni 11
2.3. Yorug’likning qaytish qonuni 15
2.4. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni 19
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27
I. KIRISH
Ma'lumki insoniyat tarixining ko’p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko'rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo'ydi. Bu esa o’z kelajagimizni yaqqol tasavvur etish hamda, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorlarini mustahkamlash ehtiyojini tug'diradi. Demak, navbatdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg'ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g'oyalar, amallar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay borishi, inson faoliatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga va bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo'shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo'nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo'lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang’ich poydevor qo'yildi. Axborot, energiya, vazn, bo'shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o'rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida chuqur keng ko‘lamli isloxotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishga birinchi darajali axamiyat berilmoqda. Umuman, yoshlarning ta’lim-tarbiya, bilim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch hamda imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamlariga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti [1].
Fizika o’qitish metodikasi-pedagogika fanining tarmog‘i sifatida shakllangan yaxlit fandir, «Fizika o‘qitishning nazariy asoslari» maxsus kursi ham o‘z ob’yekti, vazifasi va ilmiy tadqiqot metodlariga ega. Fizika ta’limi jarayoni, shu jarayonning hamma jihatlari: o‘quv materialining mazmuni, o‘qitish metodlari, usullari ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati, o‘qitish natijalari va boshqalar o‘rganish obyekti hisoblanadi.
O‘qitish metodlarini ishlab chiqish va bilish nazariyasiga, o‘rganilayotgan fanlarning metodologiyasiga, har bir jarayonning psixologiyasiga, o‘qitishning didaktik tamoyillariga va shaxsni tarbiyalashning pedagogik asoslariga tayanadi. Psixologiya va didaktika o‘quv faoliyatlarini motivatsiyalash va o‘quv jarayonini boshqarish uchun yordam beradi. O‘qitish metodlari, usullari o‘rganilayotgan fanning mantiqiy metodlarini o‘zida ifodalaydi. Fizikada tekshirishlar nazariy va eksperimental metodlarda olib boriladi. Bu metodlarning mantiqi ham ilmiy, ham o‘quv bilishi uchun ham bir xilda muhimdir. Fizika ta’limida tekshirishning nazariy metodlari bu harakatning ma’lum ketma-ketligini to‘liq o‘rganishga imkon beradi:
O‘quv jarayonlaridagi bilish ilmiy ta’lim bilishdan shu bilan farq qiladiki, o‘quvchi bilmaslikdan bilishga tomon o‘qituvchi rahbarligida, o‘qitish hamda tarbiyaning turli vositalari yordamida boradi. Fizika o‘qitishning maqsadi hamma vaqt ham faqat bilimlar berishdan iborat bo‘lib qolmasdan, shu bilan birga o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan, fizik vositalar yordamida ularda Olamning fizik mazarasini shakllantirishdan iborat. O‘z-o‘zidan ma’lumki, samaradorlik faqatgina o‘qitishning maqsadi bilan emas shu bilan birgalikda o‘rganilayotgan materialning mazmuni bilan, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanganlik darajasi bilan bog‘liq.
Hozirgi zamon fizika kursi mazmunini tahlil etish shuni beradiki, yangi materialni o‘rganishda tushuntirish, ko‘rgazmalik metodlarini, qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fizika metodo-logiyasi nuqtai nazaridan o‘qitish metodlari empirik va nazariyga bo‘linadi. Bu o‘quv jarayoniga hodisa, tajriba, eksperimentlarni kuzatish natijalari yoki ma’lum nazariy umumlashtirishlar tushunchalar, qonunlar, printsiplar asos qilib olinishi mumkin. Empirik o‘qitish metodlari uchun kuzatish: tashqi dunyo predmet va hodisalarini maqsadga muvofiq, uyushgan holda qabul qilish tarzida kechadi. O‘qitishning mazmuni haqida so‘z borayotganda, diqqatni respublikamizda ta’lim-tarbiya sohasida ro‘y bergan muhim o‘zga-rishlarga qaratish lozim. Chunki, ta’lim-tarbiya tizimini tuzilish va mazmun jihatdan isloh qilish maqsadida “Ta’lim to’g’risida” va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» haqida qonunlar qabul qilindi. Bu hujjatlarda fizika o‘qitish vazifalariga ham yangicha yondoshildi hamda fizika ta’limning ajralmas qismi deb alohida ta’kidlandi. Belgilangan vazifalarni amalga oshirirsh esa o‘quvchilarni yuksak salohiyatli, bilimli, o‘z aqli tafakkuri bilan ongli mushohada yuritadigan ozod va hur fikrli insonlar bo‘lib yetishishi uchun muhim hissa qo‘shadi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, hamdo’stlikdagi davlatlar orasida faqatgina bizning mamlakatimizda ta’lim-tarbiyaga shunday yondoshish amalga oshirilmoqda.
Fizika o‘qitishning vazifalari haqida gapirilganda, fizika o‘quv predmeti sifatida ta’lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni shakllantirishda asosiy o‘rin egallashini ta’kidlash zarur. Ilmiy-tabiiy bilish tsikli to‘liq keltirilgan: faktlarni kuzatishdan muammoni ta’riflashgacha va undan gipotezani taklif etish (hodisa modeli, tushunchalar, qonunlar va printsiplar) gipotezani mantiqiy rivojlantirish va nazariy bashorat qilish, nazariy xulosalarni eksperimental tekshirish va ularni amalda qo‘llash. Shuning uchun o‘rganiladigan predmet asosiy fanining metodologiyasi o‘qitish metodlarining manbai va tashkil etuvchi qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘qitish metodlarini takomillashtirish o‘quvchilarni fizikadan olgan bilimlarini sifatini oshirishgagina yordam berib qolmasdan, ularning iqtidorli, iste’dodli, zukko va ma’naviy yetuk kishilar bo‘lib yetishishlari uchun ham xizmat qiladi. Maktab va o‘rta maxsus ta’limi fizika kursida politexnik ta’limni shakllantirish hamda o‘quvchilarning mehnatga tayyorlashning muhim vositalaridan biri amaliy fizika masalalarini o‘rganish hisoblanadi. Bularga fizika asboblarining ishlash printsipi, mashina va mexanizmlarning harakat printsiplari, ularni ishlatishning fizik asoslari, xalq xo‘jaligining turli sohalarida fizik hodisalarining qo‘llanilishi kiradi. Bu materiallarni sistemalashtirishda takomillashtirilgan dastur va darsliklarda fan-texnika taraqqiyotining turli yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |