Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdalova z


Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni



Download 0,93 Mb.
bet8/11
Sana15.05.2023
Hajmi0,93 Mb.
#939040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi

2.4. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni


Ma’lumki, yorug’likning biror kichikroq manbai bilan ko’z orasiga tiniqmas buyum joylashtirilsa, yorug’lik manbai ko’rinmay qoladi. Buning sababi shuki, bir jinsli muhitda yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi. Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishi juda qadim zamonlarda tajriba yo’li bilan aniqlangan faktdir. Masalan, yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni yangi eradan 300 yil ilgari yashagan Yevklid asarida bayon etilgan, ammo bu qonun, ehtimol undan ham oldin ma’lum bo’lgandir. Hamma yaxshi biladigan soyaning hosil bo’lish hodisasi yorug’likning bir jinsli muhitda to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishidandir.
Soya, yarim soya hosil bo’lishi ushbu qonunning isbotidir. Agar tiniqmas ВS jismni A nuqtaviy yorug’lik manbai yordamida yoritsak u vaqtda tiniqmas jismning soyasi aniq bo’lib ekranga tushadi (7-rasm).

Agar yorug’lik manbai А1 ma’lum o’lchamga ega bo’lsa soyadan tashqari yarim soya ham hosil bo’ladi (8-rasm).
7-rasm 8-rasm
Tiniqmas narsaga yorug’lik manbaidan nurlar tushganda soyaning hosil bo’lishi Quyosh va Oy tutilish hodisalarini izohlab beradi.
Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishidan yer o’lchash ishlarida, Yer yuzida to’g’ri chiziqlar o’tkazishda, yerda, dengizda va havoda masofalarni aniqlashda foydalaniladi.
Yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishidan ishlab chiqarishda ko’rish nurlari yordami bilan buyum va asboblarning to’g’ri chiziqli qilib ishlanganligini tekshirishda esa keng foydalaniladi. To’g’ri chiziq tushunchasi yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish faktidan kelib chiqqan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Kichik teshik yordami bilan tasvirlar hosil qilib bo’lishning sababi ham yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishidadir. Lekin yorug’lik juda kichik bo’lgan teshikdan o’tayotganda, uning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni o’z kuchini yo’qotadi, yorug’likning to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni taxminiy qonundir, chunki yorug’lik juda kichik teshiklar orqali o’tganda bu qonundan chetlanish kuzatiladi (difraksiya yuz beradi).
Yorug’lik dastasining mustaqillik qonuni shundan iboratki, uncha kuchli bo’lmagan yorug’lik nurlari bir-biri bilan uchrashganda ular bir-biriga halaqit bermaydi. Lekin nurlar uchrashgan nuqtaning yoritilganligi ortadi.
Bu qonunning bajarilishini isboti bir vaqtning o’zida inson tomonidan bir necha jismlarning kuzatilishini ko’rsatish mumkin. Chunki bu jismlardan qaytib inson ko’ziga tushuvchi yorug’lik nurlari bir-birlariga halaqit bermaydi, aks holda biz ularni bir paytning o’zida ko’rmagan bo’lar edik.

Yorug’lik nuri hamda yorug’lik dastasi degan tushunchalarga to’xtalsak. Yorug’lik tarqaladigan yo’nalish yorug’lik nuri deb ataladi. Shu’lalanayotgan nuqta hamma tomonga yorug’lik tarqatgani uchun bu nuqtadan o’tkazilgan har qanday to’g’ri chiziq yorug’lik nuri bo’laoladi. Yorug’lik nuri degan tushuncha sof geometrik tushuncha ekanligi yuqoridagi tarifdan ko’rinib turibdi. Amalda yorug’lik hamma vaqt to’g’ri chiziq bilan chegaralangan konus ichida yorug’lik dastasi holida tarqaladi.
9-rasm
9-rasmda yorug’lik dastasi uchta nur bilan: SO o’q nuri, yorug’lik dastasini chegaralab turuvchi SA hamda SB nurlar bilan ko’rsatilgan. Yorug’lik dastasi toza havoda ko’rinmaydi, ammo havoda mayda zarrachalar – chang, tutun yoki mayda suv tomchilari (tuman) bo’lsa, yoritilgan zarrachalar tufayli, yorug’lik dastasi ko’rinadigan bo’lib qoladi.
Har qanday amaliy tajribada, yuqorida aytib o’tilganidek, yorug’lik nuri bilan emas, balki yorug’lik dastasi bilan ish ko’ramiz. Yorug’lik dastalari har qanday chegaralanganligiga qarab, ular parallel, tarqaluvchi va yig’iluvchi dastalarga bo’linadi (10-rasm).



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish