E. Xeksher va B. Olinlar «Ishlab chiqarish omillariga bog’liq holda narxlarni
tenglashishi» qoidasini oldinga surgan. Buning ma`nosi shundan iboratki,
milliy
ishlab chiqarishdagi farqlar ishlab chiqarishning mehnat, yer, kapital va
shuningdek, u yoki bu mahsulotga ichki iste`moldagi o`zgarishlar
kabi omillarga
bog’liq.
Ularning qoidalaridagi asosiy vaziyatlar quyidagicha keltirilgan:
1. Mamlakatlar o`zlarida ortiqcha bo`lgan ishlab chiqarish omilini ko`p talab
qiladigan mahsulotlarni eksport qilishadi va aksincha, o`zlarida taqchil bo`lgan
ishlab chiqarish omillarini ko`p talab qiladigan mahsulotlarni import qiladilar.
2. Xalqaro savdo yo`lidagi cheklashlar bekor qilinsa tovarlarning turli
mamlakatlardagi «omil narxi» (tannarxi) ning tenglashishi kabi o`zgarishlar
kuzatiladi.
3. Mahsulotlar eksporti o`rnini asta sekin ishlab
chiqarish omillari eksporti
egallaydi.
Agar mamlakatdagi bir ishlab chiqarish omili miqdori bilan boshqa omillar
miqdori o`rtasidagi nisbat boshqa mamlakatdagiga nisbatan yuqori bo`lsa shu omil
bu mamlakatda nisbatan ortiqcha deb hisoblanadi.
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga asosan tashqi savdo quyidagi ko`rinishlarga
ega: Faraz qilaylik,
bir vaqtda ikki mamlakat, ya`ni, «sanoatlashgan» va «agrar»
mamlakat faoliyat ko`rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma`lum miqdorda ortiqcha
ishchi kuchi mavjud bo`ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo
kapital etishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda
kapital asosiy omil
hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina
ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan
ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo`lgan mamlakatlar aynan
ushbu yo`nalishlarga ixtisoslashadilar.
SHu bilan birga, don etishtirish va
chorvachilik bilan shug’ullanadigan mamlakatlarda ko`proq er resurslari kerak
bo`ladi va ular shu yo`nalishga ixtisoslashgan bo`ladilar.
Xeksher–Olin kontseptsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50
yillarda
«Leont’ev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. V.Leont’ev AQSH kapital
ortiqcha bo`lgan mamlakat bo`lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko`rsatib berdi. YA`ni
Xeksher-Olin kontseptsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi.
Keyingi
tadqiqotlar esa AQSH da kapitaldan ko`ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSH ishlab chiqarilishida aynan shu omillar
ko`proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo`lib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: