tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt
birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab
chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini
sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki
bu tovarlar ularni ishlab
chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab
chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq
mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi
shartlarni keltirish talab etiladi:
1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi.
7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi
mumkin.
9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud
bo`ladi.
Endi mutloq ustunlik modelini ko`rib chiqamiz.
1-jadval
S tovar
T tovar
A mamlakat
3 soat
6 soat
V mamlakat
12 soat
4 soat
1-jadvalda aniq bir davlatda aniq bir tovar birligi
ishlab chiqarish uchun
kerak bo`ladigan vaqt haqidagi ma`lumotlar keltiriladi.
A mamlakatda bir birlik S tovar ishlab chiqarishda V mamlakatga nisbatan
kam vaqt sarflanadi, bu degani A mamlakat bir birlik S tovarni ishlab
chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. V mamlakat esa, o`z
navbatida T tovarni
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Agar A mamlakat T tovarni ishlab
chiqarishni qisqartirsa va S tovarni ishlab chiqarishni oshirsa va V mamlakat
aksincha S tovarni ishlab chiqarishni qisqartirsa va T tovarni ishlab chiqarishni
oshirsa, mutlaq ustunlik tamoyiliga asosan xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro
savdo yuzaga keladi.
Agar A mamlakatda T tovarni ishlab chiqarish 1
donaga qisqarsa, bu S
tovarni qo`shimcha 2 dona ishlab chiqarish uchun foydalansa bo`ladigan 6
soatni iqtisod qilishga imkon beradi. Bunday holat V mamlakatda ham sodir
bo`ladi. Bu holatda S tovarni ishlab chiqarishning 1 donaga qisqartirilishi, T
tovarni qo`shimcha 3 dona ishlab chiqarish uchun ishlatsa bo`ladigan 12 soatni
iqtisod qilishga imkon beradi. Umuman, jahonda S tovarni ishlab chiqarish 1
donaga, T tovarni ishlab chiqarish esa 2 donaga oshadi. SHunisi ahamiyatliki, bu
qo`shimcha resurslardan
foydalanmasdan turib, faqat xalqaro mehnat taqsimoti
yordamida amalga oshadi.
Aytaylik, O`zbekistonda eng arzon ishlab chiQariladigan tovar paxtadan
tayyorlangan ko`ylaklardir. Ukrainada esa shakar. Ukrainada xarakatlar birligi
yordamida 50 kg shakar yoki 25 ta ko`ylak yoxud
mazkur mikdor doirasida
shakar va kuylaklarning xar qanday kombinatsiyasini ishlab chiqarish mumkin.
O`zbekistonda xarajatlar birligi yordamida 40 kg shakar iki 100 dona ko`ylak
yoxud mazkur miqdor doirasida har qanday kombinatsiyadagi maxsulotni ishlab
chiqarsa bo`ladi.
SHuningdek, boshqa mamlakatlar ham o`zi ixtisoslashgan sohaga ko`proq
e`tiborni qaratishsagina dunyo bo`yicha ko`proq mahsulot ishlab chiqariladi va
xalqaro savdoda ham katta muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu
yo`l bilan dunyo aholisining talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga
erishiladi.
Ammo, qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha
dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo`lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat
hamma tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug’diradi.
Agar shunday
bo`lsa importni bu mamlakat qaysi mablag’lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu
savolga javob berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko`chaga
kirib qoladi.
SHunday qilib,
mutlaq ustunlik
- bu xalqaro savdoning afzalligini
tushuntiruvchi, har bir mamlakatda shunday tovar borki, bunda bir birlik xarajat
bilan boshqa davlatlarga nisbatan ko`proq tovar ishlab chiqarishi mumkin
bo`lgan tamoyildir.
Do'stlaringiz bilan baham: