raqobat ustunligini qanday yaratishi va uni qanday ishlab turishini tushunish talab
etiladi” degan tezisdir. Tashqi bozordagi muvaffaqiyat to`g’ri tanlangan raqobat
strategiyasiga bog’liq bo`ladi.
Raqobat ustunligi strategiyasi
. M. Porterning fikricha, raqobatning asosiy
birligi
- bu tarmoqdir, ya`ni tovar ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi va
o`zaro raqobat qiluvchi raqobatchilar guruhi hisoblanadi. Tarmoqda firma uchun
raqobat strategiyasini tanlashda ikki muhim omil ta`sir etadi:
1. Firma faoliyat yuritayotgan tarmoq tuzilmasi, ya`ni raqobatning o`ziga
xosliklari. Tarmoqdagi raqobatga beshta omil ta`sir qiladi:
-yangi raqobatchilarning paydo bo`lishi;
-o`rinbosar tovar va xizmatlarning paydo bo`lishi;
-etkazib beruvchilarning savdolashish qobiliyati;
-xaridorlarning savdolashish qobiliyati;
-mavjud bo`lgan raqobatchilarning o`zaro raqobati.
Bu besh omil tarmoqning daromadliligini belgilaydi. CHunki,
u bahoga,
harajatga, kapital quyilmalarga va boshqalarga ta`sir qiladi.
2. Firmaning tarmoqda tutgan o`rni. Firmaning tarmoqdagi o`rni, avvalo,
raqobat ustunligi bilan aniqlanadi. Agar firma barqaror raqobat ustunligiga ega
bo`lsa, u o`z raqiblarini ortda qoldiradi:
-Firmaning raqobatchilariga nisbatan kam xarajatlar bilan tovarlarni ishlab
chiqara olish va sota olish qobiliyati haqida dalolat beruvchi, juda past xarajatlar;
-Tovarlar differentsiyatsiyasi, ya`ni firmaning iste`molchi
ehtiyojini qondira
olish qobiliyati.
Firmaning tarmoqda tutgan o`rniga ta`sir qiluvchi boshqa bir muhim omil -
bu firmaning o`z tarmog’i doirasida mo`ljalga oluvchi raqobat muhiti yoki firma
maqsadining kengligi hisoblanadi. Firma o`zi uchun
necha turdagi tovarlarni
chiqarishini, qanday sotish kanallaridan foydalanishini, qanday xaridorlarga xizmat
ko`rsatishini, qaysi joylarida o`z mahsulotini sotishini va qaysi milliy tarmoqlarda
raqobatlashishini hal qilib olishi kerak.
Xalqaro raqobatning xususiyatlari
. Raqobat va raqobat strategiyasi haqida
yuqorida ta`kidlanganlarning barchasi ichki bozor bilan bir qatorda tashqi bozorga
ham taalluqlidir. Lekin shu bilan birga xalqaro raqobat ba`zi bir o`ziga xos
xususiyatlarga ham ega.
M. Porter mavjud raqobatning o`ziga xosligiga ko`ra ikki turdagi tarmoqlarni
ajratadi:
1)Quyi milliy tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar
uchun aloxida mamlakatlarda
raqobatning turlicha kechishi xosdir. Bunday tarmoqlarda yagona strategiyani
qo`llash mumkin emas. Misol uchun, jamg’arma banklari.
2) Global tarmoqlar. Ushbu tarmoqlar duni bo`yicha yagona raqobat
maydoniga ega bo`ladilar. Aynan shunday tarmoqlarda oddiy raqobat usutunligini
emas, balki global raqobat usutunligini yaratish kerak bo`ladi.
M. Porter global strategiya sharoitida raqobat
ustunligiga erishishning va
undan foydalanishning ikki usulini ajratadi:
1) faoliyatni tartibga solish (konfiguratsiya), ya`ni o`ziga xos xususiyatlaridan
foydalanish maqsadida turli mamlakatlarda faoliyatning turli ko`rinishlarini
joylashtirish.
Faoliyat turlarini davlat quyidagi mezonlardan kelib chiqib joylashtiradi:
-omillarning minimal qiymati;
-ITTKIni o`tkazish uchun zarur sharoitlarning mavjudligi;
-maxsus ko`nikmalarning mavjudligi;
-mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanganlik darajasi va boshqalar.
2) filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bu o`z ichiga
-ma`lumot almashinuvini;
-javobgarlikni taqsimlashni;
-xatti-harakatlarni kelishishni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: