Ijtimoiy siyosat


G„arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sug„urtalash



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

G„arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sug„urtalash 
tizimining joriy qilinishi
39
 
 
Mamlakatlar 
Baxtsiz 
hodisalardan 
sug„urtalash 
Tibbiy 
sug„urta 
Pensiya 
sug„urtasi 
Ishsizlik 
bo„yicha 
sug„urta 
Belgiya 
1971 
1944 
1924 
1944 
Germaniya 
1884 
1883 
1889 
1927 
Daniya
1916 
1933 
1921/22 
1907 
Finlyandiya 
1895 
1963 
1837 
1917 
Fransiya 
1946 
1930 
1910 
1967 
Buyuk Britaniya 
1946 
1911 
1925 
1911 
Irlandiya 
1966 
1911 
1960 
1911 
Islandiya 
1925 
1946 
1946 
1956 
Italiya 
1898 
1928 
1919 
1919 
Lyuksemburg 
1902 
1901 
1911 
1921 
Niderlandiya 
1901 
1929 
1913 
1949 
Norvegiya 
1894 
1909 
1936 
1938 
Avstriya 
1887 
1888 
1927 
1920 
Shvetsiya 
1916 
1953 
1913 
1934 
Shveytsariya 
1911 
1911 
1946 
1976 
39
The student‘s companion to Social Policy P. 116. 


61 
Ijtimoiy ta‘minot tizimining ushbu ko‗rinishdagi ketma-ketligi ikki 
omil bilan izohlanadi: 1) sug‗urta tizimini tashkil etishning murakkablik 
darajasi; 2) ushbu tizimning iqtisodiyotning erkinligi tamoyillariga 
muvofiqligi.
3.3. XX asr boshlarida ijtimoiy siyosatdagi islohotlar 
XX asr boshlaridagi Yevropa ijtimoiy siyosati tizimi dastlabki 
jamoaviy ixtiyoriy o‗zaro yordamdan farqli o‗laroq qator o‗ziga xos sifat 
xususiyatlariga ega bo‗ldi. Birinchidan, ijtimoiy sohani davlat tomonidan 
tartibga solish qonunchilikka asoslandi. Ikkinchidan, ishlab chiqarishdagi 
baxtsiz hodisa, kasallik, nogironlik, qarilik, boquvchisini yo‗qotganlik va 
ishsizlik bo‗yicha ijtimoiy risklar paydo bo‗lganda daromadlarni qoplab 
berish shaklidagi ijtimoiy xizmatlar ko‗rsatildi. Uchinchidan, ushbu 
xususiyatlar ijtimoiy ta‘minotni alohida mutaxassisliklar yoki aholi 
guruhlari o‗rtasida cheklab qo‗ymadi, jumladan ishchilarga ijtimoiy 
xizmatlar ko‗rsatish ularning daromadlari miqdoriga bog‗liq ravishda 
ko‗rsatildi. To‗rtinchidan, ijtimoiy sug‗urta tizimi bir tomondan mehnat 
qiluvchilar, ikkinchi tomondan esa davlatning zimmasiga majburiylik 
xarakterini kasb etdi. Beshinchidan, ijtimoiy sug‗urtalash tizimini 
moliyalashtirishda yollanib ishlovchi, ish beruvchi va davlat ishtirok 
etadi. Nihoyat, ijtimoiy sug‗urtalash tizimining muhim xususiyati 
shundan iborat bo‗ldiki, ijtimoiy ta‘minotga nisbatan fuqaroning ijtimoiy 
xizmatlardan foydalanish huquqi sifatida qaraladigan bo‗ldi. Ijtimoiy 
yordam munosabatlarida ijtimoiy sug‗urta tizimini institutsionallashtirish 
tom ma‘nodagi keskin burilish pallasi bo‗ldi. Shunday qilib, davlat 
ijtimoiy sug‗urtasining tayanch g‗oyasi ijtimoiy risklar bo‗yicha 
javobgarlikni ish beruvchi, yollanib ishlovchi va davlat o‗rtasida 
taqsimlanadigan bo‗ldi. Ish beruvchi va davlat ishtirokidagi ijtimoiy 
birdamlik g‗oyasiga urg‗u berildi. 
XX asrga kelib Buyuk Britaniya sanoat sohasida jahondagi yetakchi 
mamlakat bo‗lmay qoldi. Birlashgan qirollik birinchi va ikkinchi sanoat 
inqilobida yetakchi bo‗lganiga qaramasdan, uni Yevropaning boshqa 
davlatlari, jumladan Germaniya sanoatlashish sohasida quvib o‗tdi.
40
G‗arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy sug‗urtaning kiritilishi 
sanoatlashish va urbanizatsiyaning turli darajalarida ro‗y berdi. Ba‘zi 
davlatlar (jumladan, Avstriya) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning nisbatan 
quyi darajasida, boshqa davlatlar (jumladan, Niderlandiya va Buyuk 
40
The student‘s companion to Social Policy P. 118. 


62 
Britaniya) esa yetarlicha yuqori darajada edi. Yevropaning yuqori 
darajada sanoatlashgan beshta davlati (Buyuk Britaniya, Belgiya, 
Shveysariya, Niderlandiya va Fransiya) bilan nisbatan kamroq 
sanoatlashgan beshta davlati (Norvegiya, Shvetsiya, Avstriya, Italiya va 
Finlyandiya) bilan qiyosiy taqqoslanganda keyingilarida 1900 yillarda 
ijtimoiy sug‗urta bo‗yicha qabul qilingan dasturlar 6 ga 8 nisbatdan 
ko‗proq bo‗lgan. Bu shundan dalolat beradiki, iqtisodiy taraqqiyot va 
sanoatlashishning yuqori darajasi o‗z-o‗zidan mamlakatda ijtimoiy 
siyosatni joriy etishning sababchisi bo‗la olmaydi. Aksincha, tarixiy 
faktlarning guvohlik berishicha, Germaniya, Avstriya, Shvetsiya kabi 
o‗sha davrda iqtisodiy jihatdan nisbatan kam rivojlangan davlatlar 
ijtimoiy sug‗urta dasturlarini joriy etish borasida peshqadam bo‗lganlar, 
Buyuk Britaniya va Niderlandiya kabi yuqori sanoatlashgan davlatlar 
ortda qolgan. Shuningdek, mamlakatning siyosiy jihatdan rivojlanganligi 
ijtimoiy ta‘minot sohasidagi islohotlarni joriy etishni ta‘minlab bera 
olmaydi. XX asrdagi yuz yillik tajriba demokratik tuzum o‗rnatilgan 
davlatlarga nisbatan konstitutsion monarxiya amal qilgan davlatlarda 
ijtimoiy siyosat dasturlari keng qamrovli bo‗lganligidan guvohlik beradi. 
Ushbu g‗oya, ijtimoiy sug‗urtani joriy etishda peshqadam bo‗lgan 
Germaniya, Avstriya va Shvetsiya tajribasida yaqqol namoyon bo‗ldi. 
Buni avtoritar tuzum (kayzer boshqaruvidagi Germaniya)da liberal 
g‗oyalarning ta‘siri kam bo‗lganligi bilan izohlash mumkin. 
Germaniyadan farqli o‗laroq, Yevropaning Angliya, Niderlandiya kabi 
mamlakatlari ijtimoiy ta‘minot dasturlari tizimini joriy etishga 
shoshilmadilar. Ushbu jarayonga bozorni erkinlashtirish g‗oyalari emas, 
balki siyosiy guruhlarning manfaatlari ham ta‘sir ko‗rsatgan. 
Buyuk Britaniyada 1902-yildagi ingliz urushidan so‗ng asosiy 
siyosiy partiya vakillari va siyosatshunoslar ijtimoiy siyosat sohasida 
muayayn me‘yorlarni qabul qilish zaruriyatini angladilar. Konservatorlar 
Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish