Ijtimoiy siyosat


Qadimgi dunyoda va o„rta asrlarda aholi ijtimoiy himoyasining



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

Qadimgi dunyoda va o„rta asrlarda aholi ijtimoiy himoyasining 
shakllanish va rivojlanish bosqichlari
35
 
Davr 
Tarixiy hujjat yoki dalil 
Ijtimoiy himoyaning 
xususiyatlari 
Qadimgi davr 
e.a. 
XXIII 
asr
G‗alla zahirasini shakllantirish 
to‗g‗risida Misr malikasi Maata 
farmoni 
Favqulodda holat bo‗lganida 
davlat 
tomonidan 
ijtimoiy 
yordam ko‗rsatish
e.a. 
XVIII 
asr 
Savdogarlarning o‗zaro yordami 
to‗g‗risida Bobil shohi Xammurapi 
qonuni 
Mol-mulk sug‗urtasi (kema va 
tovarlarni sug‗urtalash) 
e.a. 
XV


asrlar 
Finikiyalik savdogarlar tomonidan 
o‗zaro sug‗urtalash tashkilotining 
joriy qilinishi 
e.a. 

asr 
Rim imperiyasida sexlarda o‗zaro 
yordamning shakllanishi 
Hayot sug‗urtasi 
35
Роик В.Д. Социальное страхование. 2-е изд., пер. и доп. учебник и практикум для академического 
бакалавриата. Издательство: Юрайт. 2018. с.73-74. 


54 
Yangi kalendar yuritish davri 
IV asr 
(370-
yil) 
Kessariyada 
(Kichik 
Osiyoda) 
Buyuk Vasiliy tomonidan kasallar, 
yolg‗iz qariyalar, nogiron va uy-
joyi yo‗q aholi uchun qishloq 
tashkil etilishi
Cherkov 
ijtimoiy 
yordami 
xususiyatlari 
IV asr 
Boylar tomonidan qashshoqlarga 
xayriya qilish to‗g‗risida Ioan 
Zlatoustning taklifi 
Boylikni 
ixtiyoriy 
asosda 
jamiyatda 
qayta 
taqsimlash 
tamoyili 
VI asr 
Rim Papasi Pelagiy tomonidan 
birinchi qariyalar uyinig tashkil 
etilishi 
Ushbu tadbir ko‗plab cherkov-
larda yolg‗iz, qari, qashshoq 
odamlar uchun maxsus joylar-
ning tashkil etilishiga olib keldi.
O‗rta asrlar 
X

XV 
asrlar 
Ijtimoiy o‗zaro yordam to‗g‗risida 
qonun va qarorlar qabul qilinishi. 
1256 
yilda 
Reyn 
Ittifoqi 
kambag‗allar foydasiga soliq joriy 
qildi.
Hayot sug‗urtasi. Davlat ishchi 
va xodimlariga qarilikda yordam 
berish. 
1084- 
yil 
Kenterberida 
(Angliya) 
kambag‗allar uyi ochildi 
Jamoatchilikka 
asoslangan 
ijtimoiy yordam 
XII asr 
Diniy jamiyatlar tomonidan bepul 
kasalxonalarning Italiya, Fransiya 
va Angliyada ochilishi. 1291 yilga 
kelib Yevropada 100ta shifoxona 
tashkil etildi, jumladan, 60tasi 
Italiyada, 25 tasi Fransiyada, 7 tasi 
Germaniyada tashkil etilgan. 
Diniy 
tashkilot 
tomonidan 
ijtimoiy yordam ko‗rsatilishi 
1215- 
yil 
Angliyada ―Erkinlikning buyuk 
xartiyasi‖ning qabul qilinishi 
Insonning erkinligi va qadr-
qimmati himoyasi 
XIV

XV 
asrlar 
Italiya va Fransiyada qarilikka 
nisbatan 
annuitetlar 
va 
jamg‗armalarning qo‗llanilishi 
Annuitet, 
jamg‗arma 
va 
vasiyatni shaxsiy sug‗urtalash 
mexanizmi 
1388- 
yil 
Angliyada 
―Qashshoqllar‖ 
to‗g‗risidagi 
qonunning 
qabul 
qilinishi 
Davlat 
tomonidan 
kambag‗allarni 
haqiqiy 
va 
haqiqiy 
bo‗lmagan
qashshoqlarga bo‗linishi, hamda 
sog‗lom odamlarga tilanchilik 
qilishning man etilishi 
1454- 
yil 
Londonda qari dengizchilar uchun 
boshpana tashkil qilinishi 
Shaharda kasbiy o‗zaro yordam 
1474 
Venetsiyada 
qari 
dengizchilar 
uchun boshpana tashkil qilinishi 
Shaharda kasbiy o‗zaro 
yordam 


55 
Ijtimoiy yordamni tashkil qilishda xayriya jamiyatlari, jumladan 
cherkovlar muhim o‗rin egallagan. Ular kerakli mablag‗larni jamlash va 
taqsimlash bilan birgalikda jamoat ishlarini tashkil qilish, yetimlarni 
o‗qitish, kasbiy tayyorlash ishlarini olib borishgan. Ushbu davrdagi 
ijtimoiy siyosat modeliga quyidagi belgilar xos bo‗lgan: 

moliya resurslarini markazlashmaganligi; 

ijtimoiy yordamga turlicha yondashuv; 

ijtimoiy yordamni ayrim hududlarda repressiv usullar orqali tashkil 
qilinishi; 

ijtimoiy siyosatni muntazam amalga oshirilmasliki, jumladan uni 
mavsumiylik, davriylik xususiyati. 
Ijtimoiy 
siyosatning 
shakllanishi 
mamlakatlar 
iqtisodiyotini 
sanoatlashishi va mehnat bozorini rivojlanishi bilan bevosita bog‗liq 
hisoblanadi. Jumladan merkantilizm davrida Angliyada mehnat 
munosabatlarini tashkil etish uchta ustunga (qonuniy aktlarga) 
asoslangan. Bular ―Hunarmandlar to‗g‗risida‖gi nizom, 1601 yilda 
qabul qilingan ―Kambag‗allar to‗risida‖gi qonun va 1662 yilda qabul 
qilingan ―Doimiy yashash joyiga bog‗langanlik to‗g‗risida‖gi aktidan 
iborat. ―Hunarmandlar to‗g‗risida‖gi nizom qishloq xo‗jaligi ishchilariga 
nisbatan qo‗llanilgan va ushbu nizom quyidagi uchta g‗oyalarga 
asoslangan: 

mehnat qilishga majbur qilish; 

7 yil davomida shogird bo‗lib ishlash; 

ish haqini har yili mansabdor shaxslar tomonidan qat‘iy 
belglanishi. 
―Kambag‗allar to‗g‗risidagi‖ qonunga binoan sog‗lom kambag‗allar 
mehnat qilishi va cherkov tomonidan beriladigan nafaqani ishlab 
berishlari kerak edi. O‗sha davrdagi sog‗lom kambag‗allik tushunchasi 
hozirgi ishsizlik tushunchasiga yaqin keladi. ―Doimiy yashash joyiga 
bog‗langanlik to‗g‗risida‖gi akt kambag‗allar va tilanchilarga mamlakat 
hududlari bo‗ylab ko‗chib yurishni man qilardi, bu esa ularni 
mamlakatning rivojlangan hududlariga ko‗chib borishini va ushbu 
hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni beqarorlashuvining oldini olardi.
Ushbu tizimda quyidagi jiddiy kamchiliklar mavjud edi: rahbar-
xodimlar sonining ko‗pligi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga 
mahalliy darajada yondashish, korrupsiya va boshqalar. Ushbu 
kamchiliklarga qaramasdan mazkur tizim Angliyada qishloqlarning 
ijtimoiy tuzilmalarini salbiy ta‘sirlardan ma‘lum darajada himoya qilgan. 


56 
Ushbu mehnat qonunchiligi ta‘sirida Angliyada mehnat bozori shakllana 
olmagan.
Mamlakat iqtisodiyotidagi sodir bo‗lgan tarkibiy o‗zgarishlar ushbu 
holatni o‗zgartira olmadi. Faqatgina 1795-yilga kelib ijtimoiy sohada 
amalga oshirilgan keskin o‗zgarishlar ushbu vaziyatni o‗zgartirdi. 
Doimiy yashash joyiga bog‗langanlik to‗g‗risidagi qonun bekor qilindi 
va ishchilar erkin ko‗chib yurish huquqiga ega bo‗lishdi. Mehnat bozori 
shakllanishi va ijtimoiy hayotning rivojlanishiga salbiy ta‘sir qilgan 
to‗siqlar bekor qilindi.
1795-yil 6-mayda Spinxemlendda (Angliya) og‗ir ijtimoiy vaziyatda 
Berkshir sudyalari kambag‗allar ish haqi bilan birgalikda qo‗shimcha 
nafaqa olishlari kerakligi to‗g‗risida qaror qabul qilishdi. Unga binoan 
non narxidan kelib chiqqan holda maxsus daromadlar shkalasi o‗rnatildi 
va kambag‗alning ish haqi ushbu o‗rnatilgan me‘yordan kam bo‗lsa unga 
qo‗shimcha nafaqa to‗lash orqali uning daromadi belgilangan darajaga 
yetkazilishi kerak edi. Spinxemlend qonuni amalda kambag‗allar uchun 
yashash minimumini o‗rnatdi va ijtimoiy siyosatda keskin o‗zgarishni 
belgilab berdi. Spinxemlend qonuni qo‗shimcha subsidiya tamoyiliga 
asoslangan: agar shaxsning daromadi ma‘lum bir minimal darajadan past 
bo‗lsa, unga ushbu yetishmayotgan farq to‗langan, oila, bolalar va 
boshqalarni qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan qator subsidiyalar joriy 
qilingan. 
Spinxemlend 
qonuni 
amalda 
Angliyadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. XIX asrning boshlarida Angliyada 
kambag‗allar soni jadal sur‘atlar bilan o‗sib bordi. Mamlakatda yashirin 
ishsizlik kuchaydi, ish haqi eng past darajaga tushdi. Ish haqi darajasi 
qanchalik pastga tushishidan qa‘tiy nazar ishchilar minimal daromad 
bilan ta‘minlanardi. Natijada aholi o‗z xarajatlarini subsidiyalar tizimiga 
o‗tkazishga harakat qila boshladi. Odamlarning mehnat qilishga bo‗lgan 
moyilligi, ehtiyoji pasaydi. Ijtimoiy siyosatdagi kamchiliklar sababli 
ishchilarni subsidiyalash ish beruvchilarni subsidiyalashga aylandi, 
amalga 
oshirilgan 
yangi 
o‗zgartirishlar 
qishloq 
aholisining 
qashshoqlashuvi va tarkibiy o‗zgarishlarga olib keldi. Ishsizlik va sanoat 
ishlab chiqarishining keskin o‗zgarishi aholi imkoniyatlarining 
cheklanishiga sabab bo‗ldi va qishloqning ijtimoiy asoslariga kuchli 
salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Mehnat unumdorligining ortishiga bo‗lgan 
rag‗batlar pasaydi.
Ijtimoiy ta‘minotni amalga oshrishning iqtisodiy mexanizmi 
ta‘sirida Spinxemlend qonuni 1832-yilda bekor qilindi va 1834-yilda 


57 
milliy mehnat bozorini shakllantirish va ijtimoiy siyosatni rivojlantirish 
uchun tegishli shart-sharoitlar yaratildi. 
Yangi qabul qilingan qonunga ko‗ra, mustaqil yashaydigan odamlar 
endi ijtimoiy nafaqa olish imtiyoziga ega bo‗lmaydi. Ijtimoiy nafaqalar 
tabaqalashtirildi va ijtimoiy siyosat

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish