Ijtimoiy siyosat


 XIX asrda Yevropada ijtimoiy siyosat



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/142
Sana22.06.2022
Hajmi2,77 Mb.
#693798
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Bog'liq
Ижтимоий сиёсат

 
3.2. XIX asrda Yevropada ijtimoiy siyosat 
XIX asrda Yevropada kishilar kambag‗allik va salomatlikning 
yomonlashishi bilan bog‗liq bo‗lgan risklar(xatarda)da o‗zlarining 
oilalari, do‗stlari va hamkasblari yordamida himoya, panoh izlaganlar. 
Angliya va Uelsda ijtimoiy siyosat yurgizishda XVI asrda qabul qilingan 
kambag‗allik to‗g‗risidagi qonun huquqiy me‘yoriy hujjat hisoblangan.
37
G‗arbiy Yevropada zamonaviy ijtimoiy davlatlarning rivojlanishi XIX 
asr oxirlariga to‗g‗ri keladi. Ijtimoiy siyosatning dastlabki rivojlanishida 
ijtimoiy himoyaning uchta shakli: bir-biriga aloqador bo‗lgan sex va 
gil‘diyalar doirasida o‗zaro bog‗liq sug‗urtalash; ish beruvchining 
ishlovchilarni baxtsiz hodisalarda ijtimoiy sug‗urtani ta‘minlash; davlat 
tomonidan ijtimoiy yordam ko‗rsatish elementlari qo‗llanila boshlandi. 
O‗rta asrlarning oxirlaridayoq sex va gil‘diyalar o‗z nizomlariga a‘zolik 
badali hisobiga shakllanadigan sug‗urta fondlari va umumiy kassadan 
mablag‗larni xarajat qilishni kiritgan edilar. XIX asrda jamiyatlarning 
o‗zaro ixtiyoriy ijtimoiy yordam ko‗rsatishlari Angliya, Niderlandiya, 
Shveysariya, Belgiya, Fransiya, Daniya va Shvetsiya kabi mamlakatlarda 
keng tarqaldi. Ushbu davrga qadar kambag‗allarni ijtimoiy jihatdan 
ta‘minlash faqatgina cherkovning vazifasiga kirar edi. Beriladigan 
ijtimoiy yordamlar asosan natural ko‗rinishda bo‗lib, aholining qashshoq, 
ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlariga ko‗rsatilar edi. Buyuk Fransuz 
inqilobiga qadar G‗arbiy Yevropaning barcha mamlakatlarida davlat 
37
The student‘s companion to Social Policy P. 111 


59 
tomonidan kambag‗allarga ijtimoiy yordam berish qoidalarini nazarda 
tutuvchi qonunlari qabul qilindi. 
XIX asrda sanoat kapitalizmi rivojlanish davrining boshlanishida
ijtimoiy sug‗urta institutlari shakllana boshladi. XIX asr boshlarida 
Angliya, Germaniya va Fransiyada o‗zaro yordam sug‗urtalash 
jamiyatlari faoliyat yuritgan. Jumladan, Angliyada ―Friendly societies‖ 
nomli do‗stlik jamiyati, Fransiyada ―Societies de secours mutuels‖ 
o‗zaro yordam jamiyatlari faoliyat ko‗rsatib, ularning maqsadi 
sug‗urtalangan xodimning kasalligida, talofat ko‗rganda yoki o‗lim 
holati yuz berganda minimal sug‗urta to‗lovlarini ta‘minlashdan iborat 
bo‗lgan. Shu davrda o‗zaro sug‗urtalash jamiyatlari vazifalarini kasaba 
uyushmalari bajarib, ular ishchilarga ishsizlik, nogironlik va kasallik 
davrida moddiy yordam ko‗rsatgan. Vaqt o‗tishi bilan kasaba 
uyushmalar tomonidan ixtiyoriy sug‗urtalash amaliyoti ijtimoiy 
sug‗urtaning majburiy tizimi bilan almashgan bo‗lishiga qaramasdan, 
ayrim davlatlarda (Daniya va Shvetsiyada) hozirga qadar kasaba 
uyushmalari ishsizlik bo‗yicha ixtiyoriy ravishda sug‗urtani amalga 
oshiradilar. Alohida olingan ijtimoiy muammolarni davlat miqyosida hal 
etishga urinishlar dastlab aholining ayrim guruhlarigagina taalluqli 
bo‗lgan.
38
1844-yilda Belgiyada dengiz xizmatchilarini kasallik, 
nogironlik va yoshi bo‗yicha; 1854-yilda Prussiya va Avstriyada 
shaxtada ishlovchilarni majburiy sug‗urtalash joriy etilgan. 1852-yilda 
Fransiyada o‗zaro yordam kassalariga davlat subvensiyalari joriy etilgan 
va mablag‗larning cheklanganligi sababli ushbu amaliyot rivojlanmadi. 
Tarixiy faktlar guvohlik berishicha, o‗sha davrda mamlakatning ijtimoiy 
ta‘minot bo‗yicha xarajatlarini davlat byudjeti va majburiy ijtimoiy 
sug‗urtalash tashkilotlari tomonidan sug‗urtalashni moliyalashtirish 
uchun yetarli mablag‗ mavjud emas edi. XIX asr oxirlariga kelib, 
jamoatchilik ongida ijtimoiy – demokratik qarashlarning keng yoyilishi, 
rivojlanishi asta – sekinlik bilan majburiy ijtimoiy sug‗urta tizimini 
shakllanishiga olib keldi. Baxtsiz hodisalar, kasallik va mehnatga 
layoqatsizlik bo‗yicha majburiy ijtimoiy sug‗urtalash birinchilardan 
bo‗lib Germaniyada joriy etildi, jumladan 1883-yilda kasallik, 1884- 
yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va 1889-yilda qarilik va 
nogironlik bo‗yicha ijtimoiy sug‗urtalash amaliyotga kiritilgan. 1887-
1888-yillarda Avstriyada kasallik va ishlab chiqarishdagi baxtsiz 
hodisalardan sug‗urtalash to‗g‗risidagi davlat qonunlari qabul qilingan. 
38
The student‘s companion to Social Policy P. 115. 


60 
XIX asrning oxirida Yevropa mamlakatlari Germaniya tajribasi o‗rnak 
asosida o‗zlarining ijtimoiy ta‘minot qonunchiliklarini yaratdilar. Ushbu 
qonunlarda davlatning majburiy ijtimoiy sug‗urta tizimi va ixtiyoriy 
sug‗urtalashni amalga oshirishda byudjetdan dotatsiyalash ko‗zda 
tutilgan edi. Birinchi jahon urushiga qadar Yevropa mamlakatlarining 
ko‗pchiligida majburiy sug‗urta tizimi kasallik, nogironlik, ishlab 
chiqarishdagi talofat va qarilik bo‗yicha joriy qilingan. G‗arbiy 
Yevropada ijtimoiy sug‗urta tizimlarining aksariyati ishsizlik bo‗yicha 
sug‗urtalashni istisno etgan holda 1885-yildan 1915-yillargacha 
shakllangan.
3.2.1-jadval ma‘lumotlarining qiyosiy tahlili G‗arbiy Yevropa 
mamlakatlarida dastlabki ijtimoiy sug‗urtalash tizimini tashkil etishda 
qator muammolar vujudga kelganligini ko‗rsatadi. Jumladan, Yevropa 
davlatlarida alohida ijtimoiy sug‗urtalash tizimini kiritish bosqichma-
bosqich amalga oshirilib, dastlab baxtsiz hodisalar, kasallik, qarilik 
nafaqasi bo‗yicha va ishsizlikdan sug‗urtalash amalga oshirilgan. 
3.2.1-jadval 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish