KALIÒ SO‘ZLAR. Ijtimoiy nafaqalar. Ijtimoiy nafaqalarning umumiy tavsifi. Mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarga nafaqa tayinlash. Qarilik nafaqasi. Nogironlik nafaqasi. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. Nogiron bolalar va bolalikdan nogiron shaxslarga nafaqalar. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam. Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa. Ishlayotgan va ishlamayotgan shaxslarga bola parvarishlash nafaqalari.
Bilimingizni sinab ko‘ring
Ijtimoiy nafaqalar haqida nimalarni bilasiz va ularning davlat ijtimoiy nafaqalaridan qanday farqi bor?
Ijtimoiy nafaqalarning tayinlanish mezonlari qanday?
Qarilik, nogironlik va boquvchisidan judo bo‘lganlik nafaqalari haqida so‘zlab bering.
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartiblari qaysi huquqiy hujjatda belgilangan?
Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga qancha muddatga va qanday miqdorda nafaqa tayinlanadi?
Bola parvarishlash ta’tili davri uchun nafaqa tayinlash shartlari qanday?
BOB. FUQAROLARGA KO‘RSAÒILADIGAN BOSHQA IJÒIMOIY YORDAMLAR VA IMÒIYOZLAR
Aholiga beriladigan ijtimoiy yordam va ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash yo‘nalishlaridan biri — ularga natural xizmatlar shakllarida hamda turli ijtimoiy imtiyoz va yengilliklar tarzida yordamlar ko‘rsatilishidan iborat. Ijtimoiy yordam ko‘rsatish shakllari xilma-xil ko‘rinishlarda bo‘lib, mohiyat jihatdan dav- latimiz tomonidan amalga oshirib kelinayotgan manzilli, ehtiyoj- mandlarga ko‘rsatiladigan aniq ijtimoiy himoyaning amalda ro‘yobga chiqarilishini anglatadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi paytda aholining muhtoj qatlamlari o‘nlab turdagi ijtimoiy yordamlardan foydalanmoq- dalar, ularga turli ijtimoiy imtiyoz va yengilliklar berilmoqda, ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalarni moddiy turmush sharoitini yuksaltirish, ta’minlanganlik daraja- sini oshirishga qaratilgandir. Bunday yordamdan foydalanuvchi fuqarolar orasida qariyalar, yosh bolalar, bolali oilalar, nogi- ronlar yetakchi o‘rinni egallamoqda.
Aholining muhtoj tabaqalariga ko‘rsatiladigan yordamlarni aniq tavsiflash va to‘g‘ri tasniflash, har bir ijtimoiy yordam ko‘rsatish shaklini, mazmun-mohiyatini, maqsad-vazifasini, roli-o‘rnini aniq tasavvur etish bunday yordamni ko‘rsatish bilan bevosita shug‘ullanayotgan shaxslar uchun, bu sohada fao- liyat yurituvchi mutaxassis-kadrlar uchun muhim amaliy aha- miyatga ega. Bunday yordamlarning ijtimoiy mohiyati va huquqiy asoslaridan yaxshi xabardor bo‘lish, to‘g‘ri tushunib yetish natijasida uning o‘z vaqtida, to‘la hajmda tegishli shaxslarga yetkazilishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy adolat va qonunchilik tamoyillarining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy yordamdan foydalanishga haqli bo‘lgan shaxslar toifalari xilma-xil bo‘lib, doirasi juda keng. Ular qatoriga qariyalar, nogironlar, boquvchisiz qolgan fuqarolar hamda yolg‘iz keksa nogironlar, ko‘p bolali kam ta’minlangan oilalar, maktab o‘quvchilari, urush qatnashchilari va boshqa shaxslar kiradilar.
Ijtimoiy himoyaning muayyan shakli va uni ko‘rsatishga taalluqli maxsus normativ-huquqiy hujjatning bevosita o‘zida bunday yordam olishga haqli shaxslar doirasi, yordam ko‘rsa- tishni amalga oshiruvchi davlat organi yoxud fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi, yordam ko‘rsatish shartlari hamda tar- tiblari belgilab qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-sonli „O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muas- sasalari to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida“gi qaroriga ko‘ra: „Saxovat“ keksalar va nogironlar uchun internat uylari to‘g‘risida Nizom; „Muruvvat“ nogironlar uchun internat uylari to‘g‘risida Nizom; „Muruvvat“ nogiron bolalar uchun internat uylari to‘g‘risida Nizom; Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risida Nizom; Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati to‘g‘risida Nizom tasdiqlangan1.
Do'stlaringiz bilan baham: |