UMUMIY QISM
I BOB. „IJÒIMOIY ÒA’MINOÒ HUQUQI“ FANINING ÒUSHUNCHASI, MAZMUNI, ÒIZIMI.
IJÒIMOIY ÒA’MINOÒ ÒURLARI
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining tushunchasi, fuqarolarning ijtimoiy ta’minot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarining ta’minlanishidagi vazifalari
Ijtimoiy ta’minot olish va ijtimoiy muhofaza yordami huqu- qidan foydalanish fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquq- laridan bo‘lib, bu huquqdan foydalanish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish davlat va jamiyat zimmasidagi asosiy funksiyalardan sanaladi.
Kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati tufayli yoshi, salomatlik holati va boshqa obyektiv sabablarga ko‘ra yordamga muhtoj aholi moddiy-ijtimoiy muhofazasi izchil va keng miqyosda amalga oshirib kelinmoqda.
Ijtimoiy himoya deganda, obyektiv sabablarga ko‘ra, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan aholi tabaqalariga davlat va jamiyat mablag‘laridan moddiy (nafaqa va moddiy yordam, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda imtiyozlar berish nazarda tutiladi. Ijtimoiy himoya choralari ko‘rilishi natijasida ehtiyojmand fuqarolarning turmush ko‘rsatkichlari boshqa fuqarolar turmush darajasiga yaqinlashtiriladi, ularga o‘z ehtiyojlarini minimal doirada qondirish imkoniyati yaratiladi.
Ijtimoiy ta’minot esa fuqaroning avvalgi davrlardagi mehnat faoliyati davomida olgan daromadlaridan davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga badal tariqasida o‘tkazib turilgan mablag‘ hisobiga Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan muntazam va mehnat faoliyati davri hamda sifatiga mutanosib tarzda muntazam to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy ta’minot davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash, davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalarini tayinlash va to‘lash, shu
hisobdan turli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (bepul sanatoriy va kurortga yo‘llanmalar berish, bepul davolash va boshqalar) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash ham keng ma’noda, ijtimoiy himoyalashdan iborat, ammo, bunda fuqaroning mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgani, uning uchun davlatga ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lab turilgani hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fani — fuqarolarga ijtimoiy muho- faza yordamlarini ko‘rsatish, ularni ijtimoiy ta’minlash, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirilishining huquqiy asoslarini belgilash, ijtimoiy muho- faza va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirilishi chog‘ida yuz bera- digan ijtimoiy munosabatlar, bu munosabatlarni huquqiy tartibga solish, fuqarolarning ijtimoiy ta’minot sohasidagi huquq va manfa- atlarini samarali muhofaza etilishini tashkillashtirish, davlat va jamiyat manfaatlariga qilinishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarni bartaraf etish vazifalarini bajaradi.
Shunday qilib, „Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining predmeti bo‘lib, ijtimoiy muhofaza yordami ko‘rsatish, ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish chog‘ida fuqarolar va davlat ijtimoiy ta’minot organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxona va tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan, ijtimoiy ta’minotga oid qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |