Ijtimoiy p65


„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining boshqa fan sohalari bilan o‘zaro aloqadorligi



Download 344,34 Kb.
bet4/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining boshqa fan sohalari bilan o‘zaro aloqadorligi


„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fan sohasi sifatida bir qator iqtisodiy va huquqiy fanlar bilan o‘zaro aloqador hamda ularning tushunchalari, uslublaridan foydalanadi, ushbu fanlar erishgan yutuqlarga tayanib ish ko‘radi.
Ijtimoiy ta’minot huquqi eng avvalo, „Iqtisodiyot nazariyasi“ fani bilan bog‘liq bo‘lib, pensiya va nafaqalar tayinlanishida, to‘lanishida uning „korxona foydasi“, „sof foyda“, „ish haqi fondi“, „ish haqi“ kabi tushunchalaridan foydalanadi. Pensiya va nafaqalar mohiyat jihatidan mamlakatimizda yaratilgan yalpi ichki mahsulot, milliy daromadning muayyan qismini fuqarolar ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy muhofazasi uchun ajratilishi va sarflanishidan iboratdir.
Ijtimoiy ta’minot huquqi „ Mehnat huquqi“ fani bilan chambarchas bog‘liq va fuqaroning mehnat shartnoma munosa- batlarida ishtirok etishi va ish haqi tarzida olgan daromadlari ijtimoiy ta’minot berishning muhim mezoni sanaladi. „Mehnat staji“, „zararli va noqulay“, „o‘ziga xos xususiyatga ega mehnat sharoitlari“, „ish haqi“, „mehnatda mayiblanish va kasb kasalliklari“ kabi ko‘plab tushunchalar mehnat huquqi uchun ham, ijtimoiy ta’minot huquqi uchun ham umumiy mazmunga va ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy ta’minot huquqi „Moliya huquqi“ fani bilan bevosita bog‘liq va keyingi vaqtlarda bu bog‘liqlik tobora ortib bormoqda. Moliyaviy resurslar, ularning taqsimlanishi, tasarruf etilishi, boshqarilishi moliya huquqiga xosdir. Davlat moliyaviy munosa- batlarining bir turi sifatida ijtimoiy ta’minot munosabatlari ham aynan davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslarni to‘plash, taqsimlash, ularni fuqarolarga yetkazilishi ijtimoiy ta’minot
organlari, xususan, Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu sababli, moliya huquqi va ijtimoiy ta’minot huquqi umumiy metodlar hamda vositalardan foydalangan holda ish ko‘radilar.
Ijtimoiy ta’minot huquqi — fuqarolik huquqi, oila huquqi kabi fan sohalari bilan ham bog‘liq bo‘lib, ularning tushunchalari, huquqiy vositalaridan keng foydalanadi. „Jismoniy shaxs“,
„yuridik shaxs“, „huquq va muomala layoqati“, „oila“, „yaqin qarindoshlik“, „zarar yetkazish“ kabi ko‘pgina tushunchalar ijtimoiy ta’minot munosabatlarida ham qo‘llanilib kelinadi.
„Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fani davlat huquqi, ma’muriy huquq, jinoyat huquqi, fuqarolik protsessi kabi boshqa bir qator huquqiy fanlar bilan ham o‘zaro aloqadordir.
Fanlar integratsiyalashuvi, fan va texnologiya yutuqlarining amaliyotda keng joriy qilinishi, axborot texnologiyalarining ijti- moiy hayotimizga tobora ko‘proq kirib kelayotgani fanlar o‘rta- sidagi yaqinlik va o‘zaro yaqinlashuvni yana ham kuchaytirishi shubhasizdir.
KALIÒ SO‘ZLAR. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi, ijtimoiy ta’minot,
„ijtimoiy muhofaza“, davlat ijtimoiy himoya siyosati, ehtiyojmand fuqarolar, ijtimoiy ta’minotga oid qonunchilik tizimi, yalpisiga ijtimoiy himoyalash, manzilli (aniq yo‘naltirilgan) ijtimoiy himoya.


Bilimingizni sinab ko‘ring





      1. Ijtimoiy himoya siyosati deganda nima nazarda tutiladi?

      2. Ijtimoiy ta’minot deganda nimalar nazarda tutiladi?

      3. Ijtimoiy muhofaza nima va uning ijtimoiy ta’minotdan qanday farqi bor?

      4. „Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining predmeti nimalardan iborat ekanligini so‘zlab bering.

      5. Ijtimoiy ta’minot munosabatlarini huquqiy tartibga solish metodi qanday?

      6. Ijtimoiy ta’minot huquqi va ijtimoiy ta’minot qonunchilik tizimlari haqida nimalarni bilasiz?

      7. „Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fani qaysi huquqiy va iqtisodiy fanlar bilan bog‘liq?

      8. „Ijtimoiy ta’minot huquqi“ fanining vazifalari nimalardan iborat?

  1. BOB. IJÒIMOIY ÒA’MINOÒ HUQUQINING ASOSIY ÒAMOYILLARI




    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish