Pensioner va nogironlarni sanatoriy va kurortlarda davolash
Pensionerlar va nogironlarni sanatoriy-kurortlarga yuborish orqali davolash, salomatliklarini muntazam nazorat qilib turish ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi „Fuqa- rolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“gi qonunining 21—22-mod- dalarida hamda 2008-yil 11-iyulda yangi tahrirda qabul qilingan
„O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida“gi qonunga muvofiq pensioner va nogiron bo‘lib qol- gan fuqarolar zarur tibbiy-ijtimoiy yordamni olish huquqiga, shu jumladan, sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirish xizmatidan foydalanishga haqli ekanliklari ko‘rsatib o‘tilgan.
Nogironlarni reabilitatsiya qilishning maqsadi nogironlarga to‘laqonli turmush kechirish hamda o‘z huquqlari va potensial imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish imkonini beruvchi ijtimoiy maqomini, o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishga va kasbiy faoliyatning har xil turlariga doir qobiliyatlarini tiklashdan iboratdir.
Pensionerlar va nogironlarni sanatoriy-kurortlar, dam olish uylariga yuborish asoslari, muddatlari, tartiblari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-iyulda 1489- son bilan ro‘yxatga olingan „Nogironlar va pensionerlarni
sanatoriy-kurort sihatgoh yo‘llanmalari bilan bepul ta’minlash tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnoma“da belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra1 ishlamayotgan nogironlar va pensionerlar ehtiyojmand bo‘lgan- lari taqdirda belgilangan tartibda sanatoriy va kurortlarga bepul yo‘llanma bilan ta’minlanadilar.
Yo‘riqnomada Ikkinchi Jahon urushi nogironlari hamda qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, I- guruh nogironini yetaklab yuruvchi shaxslar, front ortidagi mehnat frontida halol xizmati va harbiy xizmati uchun sobiq Ittifoq orden va medallari bilan taqdirlanganlar, Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokatni bartaraf etishda qatnashgan va nogiron deb topilganlar, yadro poligonlari va boshqa yadro- radiatsiya obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar. Shuning- dek, bo‘sh joylar bo‘lgani taqdirda sanatoriy va dam olish uylariga yo‘llanma yolg‘iz pensionerlarga, I va II guruh nogironlariga, ko‘zi ojiz I guruh nogironini yetaklab yuruvchi shaxslarga, yosh bo‘yicha pensiya oluvchilarga berilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-sonli qaroriga ko‘ra „Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar to‘g‘risida Nizom“ tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarni (keyingi o‘rinlarda sanatoriylar deb ataladi) tashkil etish va ular- ning faoliyati tartibini belgilaydi.
Quyidagilar sanatoriylarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davolash-reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatishga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va ularning xalqaro darajasini ta’min- lash yo‘li bilan tibbiyot fani va amaliyotining zamonaviy talab- larini hisobga olgan holda dam oluvchilarni to‘laqonli sanatoriy- kurortda davolash, sog‘lomlashtirish va ularning dam olishini tashkil etish;
dam oluvchilarni sog‘lomlashtirishda tabiiy davolash omil- laridan eng yuqori darajada foydalanish;
sanatoriy faoliyatini tashkil etishning bozor mexanizm- larini qo‘llash;
dam oluvchilarga ko‘rsatiladigan sanatoriy-kurort xizmat- lari ro‘yxatini kengaytirish;
1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 27-son, 196-modda.
moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, dam oluvchilar uchun eng yuqori darajada sog‘lom- lashtiruvchi natijani ta’minlash imkonini beradigan sanatoriylar faoliyat ko‘rsatishi darajasiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |