Ijtimoiy p65



Download 344,34 Kb.
bet58/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

KALIÒ SO‘ZLAR. Ijtimoiy xizmatlar. Ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi davlat va jamoat organlari. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi subyektlar. Natural ijtimoiy xizmatlar. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mezonlari. Ijtimoiy xizmatning shakllari va turlari. Davlat ta’minotiga olish — ijtimoiy himoya chorasi sifatida. „Mehribonlik uylar“, „Saxovat uylari“, „Muruvvat uylari“ga joylashtirish shartlari va tartibi. Nogironlarni reabilitatsiya qilish. Sanatoriy va kurortlarda sog‘liqni tiklash. Ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar.


Bilimingizni sinab ko‘ring





    1. Ijtimoiy yordam nima?

    2. Ijtimoiy yordam kimlarga ko‘rsatiladi?

    3. Ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning manzilliligi nimani angla- tadi?

    4. Natural shakldagi ijtimoiy xizmatlar nima degani?

    5. Davlatning to‘liq ta’minotiga olish nima degani va uning shart hamda tartiblari qanday?

    6. Qariyalar va nogiron fuqarolarga qanday ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi?

    7. Dori-darmon va farmatsevtika sohasidagi imtiyozlar kimlarga beriladi?

    8. Nogironlarni protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash nima degani?

    9. Yakka-yolg‘iz qariyalar va nogironlarga o‘z uylarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kim tomonidan va qanday tartibda amalga oshiriladi?






101 Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. — Ò.,
„NORMA“, 2010-yil.
  1. BOB. RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA IJTIMOIY TA’MINOT VA IJTIMOIY HIMOYA




15.1. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi


Rivojlangan mamlakatlarda uzoq yillik taraqqiyot va to‘plan- gan boy tajriba asosida ancha mukammalashgan huquqiy tizim va mexanizmlar yaratilgan va ular samarali ishlab turgan bo‘lsa, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda bu sohadagi qonunchilik shakllanish va takomillashish bosqichidadir.


Barcha davrlarda va jamiyatlarda ham aholini ijtimoiy ta’min- lash hamda ijtimoiy himoya qilish ijtimoiy zaif aholi qatlamlarini moddiy-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga davlat va jamiyat ko‘magi, g‘amxo‘rligi ko‘rsatilishi orqali ijtimoiy adolatni o‘rna- tish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka erishish, jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasida o‘zaro totuvlik, tinchlik va barqarorlikni saqlab turish maqsadlarini ko‘zlaydi.
Bugungi kunda insoniy aloqalar va kommunikasiya vositalari keng taraqqiy topgan sharoitda ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muhofaza sohasidagi o‘zaro tajribalarni baham ko‘rish, yutuq- lardan birgalikda foydalanish imkoniyati mislsiz kengaymoqda. Xorijiy mamlakatlar qonunchilik tizimi va uni qo‘llash tajribasini diqqat bilan o‘rganish har qanday mamlakat uchun ham, ay- niqsa o‘z mustaqil taraqqiyot yo‘liga yaqin davrlarda kirgan, rivoj- lanayotgan mamlakatlar uchun foydadan holi emasligi ayondir.
Jahondagi mamlakatlarda aholini pensiya va nafaqalar bilan ta’minlashning turli-tuman tizimlariga amal qilinadi. Ularning aksariyatida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotiga amal qiladi va uning mablag‘lari shakllanishida bo‘lg‘usi pensioner o‘zining ish haqi va boshqa daromadlaridan to‘lanadigan badallari bilan ishtirok etadi.
Boshqa mamlakatlarda esa davlat pensiya ta’minoti tizimlari joriy qilingan bo‘lib, ishlovchilarning oylik maoshlaridan davlat solig‘i shaklida maqsadli ravishda budjetga o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan qat’iy normalangan tarzda pensiya ta’minoti amalga oshiriladi.
Masalan, Yaponiyada ijtimoiy himoya bevosita pul to‘lovlarini amalga oshirish orqali hamda ijtimoiy natural yordamlar va imtiyozlar berish yo‘li bilan olib boriladi. Demografik noxush
tendensiyalarga qarshi kurashish maqsadida (aholining qarish ko‘rsatkichlari muntazam ortib borayotgani, tug‘ilishning esa kamayib borayotgani) yosh bolali oilalarni, keksalarni qo‘llab- quvvatlashga oid dasturlar qabul qilindi. Shuni qayd etish kerakki, bugungi kunda Yaponiya jahondagi eng uzoq umr ko‘radiganlar yurti bo‘lib, o‘rtacha umr kechirish yoshi ayollar uchun 84 yoshni, erkaklar uchun esa 77 yoshni tashkil etadi1.
Yaponiyada ijtimoiy himoyaning besh toifasi nazarda tutilgan bo‘lib, ular:

  • hayotni muhofaza qilish;

  • ijtimoiy ta’minotni amalga oshirish;

  • ijtimoiy sug‘urtalash;

  • sog‘liq va gigiyenani ta’minlash;

  • ishsizlik nafaqasi berish.


Download 344,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish