Ijtimoiy p65


Ijtimoiy muhofaza yordamining turlari



Download 344,34 Kb.
bet53/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Ijtimoiy muhofaza yordamining turlari


Aholining ehtiyojmand qatlamlariga beriladigan ijtimoiy yordam shakllari ham rang-barang ko‘rinishlarga ega va ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  1. qariyalar, nogironlar va bolalarni to‘liq davlat ta’minotiga olish; ularni maxsus tashkil etilgan mehribonlik, muruvvat va sahovat uylarida yashashlarini ta’minlash;

  2. qarovsiz qolgan yolg‘iz qariyalar hamda nogironlarga oziq-ovqat mahsulotlari bilan natural moddiy yordam ko‘rsatish, maishiy va boshqa natural xizmatlarni bepul amalga oshirish;

  3. qariyalar, nogironlar va muayyan kasalga chalingan shaxslarga reabilitatsiya maqsadlarida sanatoriy-kurort xizmatlarini ko‘rsatish;

  4. nogiron fuqarolarga protez-ortopediya, harakatlanish vo- sitalari berish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish;

  5. maktab yoshidagi bolali oilalarga moddiy va boshqa yor- damlar ko‘rsatish;




1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 34—35- sonlar, 348-modda.

  1. fuqarolarning muayyan toifalariga turar joy, maishiy transport, aloqa, soliq, tibbiy, farmatsevtika va boshqa sohalarda imtiyozlar berish;

  2. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish.

Aholining muayyan toifalariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xiz- matlar va beriladigan imtiyozlar iqtisodiy tushuncha sifatida davlat va jamiyat tomonidan ushbu maqsadlar uchun ajratila- digan mablag‘larning sarflanishidan iborat bo‘lsa, yuridik tu- shuncha sifatida u fuqarolarga Konstitutsiyaga muvofiq berilgan ijtimoiy yordam olish huquqlarining amalga oshirilishidan iboratdir. Bozor iqtisodiy munosabatlari kuchayib va chuqurlashib borayotgan, boqimandalik kayfiyatlariga barham berilayotgan sharoitda nochor va teng raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholi tabaqalarining real ijtimoiy himoya qilinishi muhim ahamiyatga
egadir.
Yolg‘iz qariyalar, yolg‘iz nogironlar va ota-ona parvarishidan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat ta’minotiga olinishining mo- hiyati — yolg‘iz qariyalar, kimsasiz nogironlar, yetim bolalar haqida amalda g‘amxo‘rlik qilish ahvoliga qarab jamiyatning, uning a’zolarining, davlatning madaniy hamda ma’naviy-axloqiy saviyasiga baho beriladi va ushbu ko‘rsatkichlar insonparvarlik darajasini belgilovchi muhim mezonlardan hisoblanadi.
Mamlakatimizda ana shu tamoyillarga amal qilingani holda qariyalar, nogironlar, yetim-yesirlar haqida alohida g‘amxo‘rlik qilib kelinmoqda. 2002-yilning „Qariyalarni qadrlash yili“, 2007- yilning „Ijtimoiy himoya yili“, 2010-yilning „Barkamol avlod yili“ deb e’lon qilinishi, avvalgi yillarning nogironlar, ayollar, bolalarga, qishloq ahlini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ish- langanligi hamda shu munosabat bilan zarur davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinayotganligi davlatimiz va jamiyatimizda inson va uning manfaatlari oldingi o‘rinlarda turishini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ko‘plab „Saxovat uylari“,
„Mehribonlik uylari“, „Muruvvat uylari“ faoliyat ko‘rsatib kel- moqda va ularda bir necha o‘n minglab nochor fuqarolar davlat va jamiyat mehr-muruvvatidan bahramand bo‘lmoqdalar.
Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush va mehnat
faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „Muruvvat“ uylarida davlat ta’minotiga olish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 30-iyulda 1648-son bilan ro‘yxatga olingan.
„Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „Muruvvat“ uylariga rasmiy- lashtirish tartibi to‘g‘risida qoidalar“1 ga ko‘ra pensiya yoshiga yetgan, alohida uyda, xonadonda, yotoqxonada yashayotgan va farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lmagan hamda qonun hujjatlariga muvofiq homiylik belgilan- magan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va I yoki II guruh nogi- ronlari hamda yoshidan qat’i nazar uzluksiz davom etuvchi ruhiy xastaligi oqibatida mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan I yoki II guruh nogironlari farzandlari (shu jumladan, asrab olingan farzandlari), eri (xotini) bo‘lishi, qonun hujjatlariga muvofiq vasiylik yoki homiylik belgilanishidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimidagi Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „Muruvvat“ uylariga joylashtirilishi mumkin.
Yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga joylashtirish uchun vazirlik huzurida Respublika urush va mehnat faxriylari pansionati, „Saxovat“ va „Muruvvat“ uylariga rasmiylashtirish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etiladi.
„Saxovat“ uyiga rasmiylashtiriladigan yolg‘iz keksa, pensio- ner va I va II guruh nogironining — o‘zining turar manzilidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i nomiga uni
„Saxovat“ uyiga rasmiylashtirishni so‘rab yozgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
„Muruvvat“ uylariga rasmiylashtiriladigan 14 yoshgacha bo‘l- gan nogiron bolalar uchun ota-onalari tomonidan farzandini bolalar „Muruvvat“ uyiga rasmiylashtirishni so‘rab yozilgan ariza asos bo‘ladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ruhiy kasallikdan nogi- ronlar uchun davlatning vakolatli idorasi (vasiylik yoki homiylik


1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 35—36- son, 353-modda.
tayinlovchi organ) tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza asos bo‘ladi.
18 yoshdan yuqori bo‘lgan ruhiy kasallikdan I va II guruh nogironlari uchun davlatning vakolatli idorasi (sud qarori bilan) tomonidan tayinlangan homiy yoki vasiy tomonidan yozilgan ariza, nogiron tomonidan yozilgan ariza asos bo‘ladi.
Bulardan tashqari, quyidagi hujjatlar ham talab etilishi lozim:

  1. homiylik yoki vasiylik to‘g‘risidagi hujjat;

  2. yolg‘iz keksa, pensioner va nogiron shaxsning pasporti (asli va pasportning fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar va uning ro‘yxatga qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi), 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining asli va nusxasi, nogiron bolalar ota va onasining pasporti hamda fuqaro to‘g‘risidagi ma’lumotlar va uning ro‘yxatga qo‘yilganligi qayd etilgan varag‘i nusxasi, pensiya guvohnomasi;

  1. nogironlik haqida Tibbiy mehnat ekspert komissiyasi ma’lumotnomasi (nogiron uchun), 16 yoshgacha bolalar uchun Tibbiy maslahat komissiyasi xulosasi;

  2. ambulator kartasidan yoki kasallik tarixidan ko‘chirma (albatta, qon va siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili, ko‘krak qafasi fluorografiyasi, bolalar uchun og‘iz-burun bo‘shlig‘ining bakteriologik tahlili (Lyoffler surtmasi);

  3. ruhiy-asab kasalliklari dispanseri Òibbiy maslahat komis- siyasi xulosasi;

  4. sil kasalliklari dispanseri xulosasi;

  5. onkologik dispanser xulosasi;

  6. teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi;

  7. yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning 2 ta fotosurati (6 x 4 hajmda);

  8. turar joyidan ma’lumotnoma;

  9. texnik inventarizatsiyalash byurosi (BÒI) tomonidan yol- g‘iz keksa, pensioner va nogironning uy-joyi to‘g‘risidagi ma’lu- motnoma (14 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalar bundan mus- tasno);

  10. yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning pensiyasi (nafa- qasi) to‘g‘risida ma’lumotnoma;

  11. yolg‘iz keksa, pensioner yoki nogironning moddiy-mai- shiy ahvoli to‘g‘risidagi dalolatnoma (mazkur Qoidalarning 3- ilovasi);

  12. „Saxovat“ uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg‘iz- ligini tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi dalolatnomasi;

  13. „Saxovat“ uyiga rasmiylashtiriladigan fuqaroning yolg‘iz- ligini tasdiqlovchi turar manzilidagi mahalla fuqarolar yig‘ini komissiyasi yig‘ilishi dalolatnomasi asosida tuman (shahar) hokimi tavsiya xati yoki yolg‘iz keksa, pensioner va nogironning yolg‘izlar ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi qarori.

Ota-ona parvarishi va ta’minotidan mahrum bo‘lib qolgan voyaga yetmagan bolalarni, yolg‘iz keksalar, yolg‘iz nogironlarni
„Mehribonlik“, „Saxovat“ va „Muruvvat uylari“da moddiy ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish normalari va tar- tiblari ushbu muassasalar haqida tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 344,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish