Ijtimoiy p65


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalar



Download 344,34 Kb.
bet49/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalar


Voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga tayinlanadigan va to‘lanadigan nafaqalar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori bilan tasdiq- langan Nizom asosida mazkur nafaqa tayinlanadi1 .
Ushbu nafaqani kam ta’minlangan, bolaligidan homiylikka (vasiylikka) olingan 16 yoshgacha (umumta’lim maktablarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha) bolalari bo‘lgan oilalarga tayinlanadi va to‘lanadi.
Nafaqa ota-onalardan birining shaxsiy arizasi asosida 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi, ushbu muddat tugagach arizachi yangi muddatga nafaqa to‘lashni davom ettirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Nafaqa har oyda to‘lanadi va undan soliq olinmaydi.
Doimiy yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa- rish organiga nafaqa tayinlash to‘g‘risida yozma ariza bilan muro- jaat qilgan hollarida esa ushbu organ raisi (oqsoqoli)ning taqdim- nomasiga binoan tayinlanadi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza ota yoki ona tomonidan oilaning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining raisi nomiga yoziladi.



1 O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami. 1996-yil, 12- son, 35-modda.
Oilaga nafaqa:

50 foizi miqdorida;

  • ikki bolali oilalar uchun — 100 foiz miqdorida;

  • uch bolali oilalar uchun — 140 foiz miqdorida;

  • to‘rt va undan ko‘p bolali oilalar uchun — 175 foiz miqdorida belgilanadi.

Agar belgilangan tartibda nafaqa tayinlash davr mobaynida o‘zgarsa, nafaqa miqdori eng kam oylik ish haqining miqdori o‘zgargan oydan boshlab tegishli ravishda ko‘payadi;

  • nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;

  • ota-onasiz qolgan bolalarning tarbiyasi bilan qarindoshlari shug‘ullanadigan oilalar;

  • bolalarning ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo‘lgan oilalar;

  • ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo‘lgan, Band- likka ko‘maklashish markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan oilalar nafaqa bilan ta’minlanishda imtiyozli huquqdan foydalanadilar.

Bolalari to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan oilalarga, agar oila- dagi bolalarning hammasi ham to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmasa, u holda nafaqa davlat ta’minotida bo‘lmagan bolalarni hisobga olgan holda to‘lanadi;

  • ota-onasi qonunchilikda belgilangan tartibda ota-onalik hu- quqlaridan mahrum etilgan oilalarga;

  • moddiy boyligi (daromadi) bolalarining jismoniy, aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan maqbul rivojlanishini ta’minlash im- konini beradigan oilalarga nafaqa tayinlanmaydi.

Oilalarga nafaqa tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qaror sha- harcha, qishloq, ovul fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) yoki fuqarolar yig‘ini tomonidan shunday masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Nafaqa tayinlash uchun arizaga quyidagi hujjatlar qo‘shib topshiriladi:

  1. oila a’zolarining tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan ma’lu- motnoma;

  2. bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari nus- xasi;

  1. vasiylik (homiylik)da bo‘lgan bolalarga nafaqa tayinlash chog‘ida vasiylik (homiylik) huquqini belgilovchi organning qaroridan ko‘chirma;

  2. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi talabiga ko‘ra — oila a’zolarining daromadlari haqida ma’lumotnoma;

  3. 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mazkur shaxs haqiqatan ham o‘quv yurtida o‘qiyotganligi va sti pendiya olmas- ligi to‘g‘risida o‘quv yurtidan ma’lumotnoma.

Zarur bo‘lgan hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari taqdim etilishi mumkin. Arizalar maxsus ro‘yxatga olish daftarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning kotibi tomonidan
amalga oshiriladi.
Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi huzurida maxsus komissiya tuziladi, uning tarkibi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya tarkibiga o‘zini o‘zi boshqarish organining masla- hatchilari va kotibi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan vakil qilingan, nafaqalar tayinlash va ularni to‘lashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga amaliy yordam ko‘rsatuvchi tuman (shahar) „Bandlikka ko‘maklashish markazi xodimi, shuningdek, zarurat bo‘lganda tuman (shahar) soliq va moliya organlarining vakillari kiradi.
Maxsus komissiya nafaqa olish uchun murojaat qilgan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini ariza berilgan sanadan bosh- lab ikki hafta muddatda tekshiradi hamda ko‘rib chiqish asosida nafaqa tayinlash to‘g‘risida yoki nafaqa tayinlashni rad etish haqida fuqarolar yig‘iniga ikki hafta muddatda taklif kiritadi.
Oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari yuzasidan tekshirish dalolatnomasi tuziladi va unda quyidagilar majburiy tartibda ko‘rsatilishi kerak:

  • tekshirilayotgan oilaning tarkibi;

  • tekshirilayotgan oila umumiy daromadining miqdori;

  • oila a’zolari daromadlari shakllanishining asosiy manba- lari;

  • katta yoshdagi (mehnatga layoqatli) oila a’zolarining ish bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan oilaning umumiy daromadini aniqlash uchun barcha turdagi daromadlar qo‘shib chiqiladi va hosil bo‘lgan summa oila a’zolari soniga taqsimlanadi (daromadlar deganda: soliq solinadigan daromadlar, pensiyalar, sti pendiyalar va ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlar,
shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jalikdan olinadigan daro- madlar hisobga olinadi). Ikki va undan ortiq oy uchun oila a’zolarining daromadlari hisobga olinishi kerak bo‘lgan hollarda — hisobga olinishi kerak bo‘lgan davr uchun oila a’zolarining umumiy daromadi oila a’zolarining soniga va mazkur davrdagi oylar soniga taqsimlanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mezonlarini va nafaqa tayinlash uchun asoslarni o‘zini o‘zi boshqarish organi schotlaridagi mablag‘lar miqdoridan va nafaqaning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi.
Nafaqa tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilish chog‘ida arizachining fuqarolar yig‘inida (komissiya yig‘ilishida) ishtirok etishi majburiydir. Arizachi uzrli sabab (kasallik yoki boshqa uzrli sabablar) bilan qatnashmagan hollarda fuqarolar yig‘iniga oilaning balog‘at yoshiga yetgan boshqa a’zosi qatnashishi shart. Arizachi yoki oilaning boshqa vakili qatnashmagan hollarda mazkur oilaga nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chi- qilmaydi va u fuqarolarning keyingi yig‘inida (komissiya yig‘i- lishida) ko‘rib chiqish uchun qoldiriladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan hollarda rad etish sababi ko‘rsa- tiladi hamda tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kun muddatda arizachi bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Mehnat faoliyatidan bo‘yin tovlab yurgan va jamiyatga xilof ravishda turmush kechirayotgan ota-onalarning qarovsiz qolgan bolalariga ota-onalarining yozma arizalarisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdimnomasiga binoan fuqarolar yig‘ini tomonidan nafaqa tayinlanishi mumkin. Bunday hollarda nafaqa natura shaklida berilishi mumkin. Bunda komissiya a’zolaridan hisob beruvchi shaxs tayinlanadi.
Òayinlangan, ammo o‘z vaqtida talab qilib olinmagan (to‘lan- magan) nafaqalar o‘tgan vaqt uchun to‘liq miqdorda to‘lanadi. Bunday hollarda nafaqa olinmagan barcha davr uchun nafaqa bir yo‘la to‘lanadi. Bunda agar arizachi mazkur nafaqaga zarurati bo‘lmaganligidan uni o‘z vaqtida olmaganligi aniqlansa, ya’ni oila nafaqaga muhtoj bo‘lmasa, o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdimnomasiga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini yoki komissiya bundan keyin nafaqa berishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Download 344,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish