KALIÒ SO‘ZLAR. Nafaqa. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalari. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi. Homiladorlik va bola tug‘ilish davri uchun nafaqa. Bir martalik nafaqa. Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa. Dafn etish nafaqasi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalarini tayinlash va hisoblash.
Bilimingiznisinabko‘ring
Nafaqa tushunchasiga ta’rif bering va ularning pensiyalardan farqini ko‘rsating.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalari haqida nimalarni bilasiz?
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalarini tayinlash va to‘lashga oid qanday qonun hujjatlarini bilasiz?
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza qilish tartibi qanday?
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilish tartibi qaysi qonun hujjati bilan belgilanadi?
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilish tartibi va muddatlari haqida nimalarni bilasiz?
Bir martalik nafaqa (suyunchi puli) nima?
Qo‘shimcha dam olish kuni uchun nafaqa kimlarga beriladi?
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi nafaqalarini hisoblash va to‘lash tartibi qanday?
BOB.
IJÒIMOIY NAFAQALAR BILAN ÒA’MINLASH
Budjet hisobidan tayinlanadigan nafaqalar va boshqa moddiy yordamlar
Mehnat stajiga ega bo‘lmagan fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash maqsadida nafaqalar tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 24-apreldagi 107-sonli „Fuqarolarning davlat Pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda „O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida“gi O‘zbekiston Res- publikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nor- mativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida“ qarorida nazarda tutilgan1 . Ushbu qarorga binoan ish staji mavjud bo‘lmagan hollarda qarilik, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafa- qalarini tayinlash va to‘lash shartlari hamda tartiblari belgilab berilgan.
Yuqoridagi qaror bilan tasdiqlangan „Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom“ qarilik, nogironlik va boquvchisiz qolganlik nafaqalarini tayinlashni nazarda tutadi.
Yosh bo‘yicha nafaqa. Yosh bo‘yicha nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan yoki yoshga doir pensiya tayinlash uchun 5 yildan kam, pensiya tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan, va Oila kodeksiga ko‘ra ularni boqishga majbur bo‘lgan yaqin qarindoshlari bo‘lmagan shaxslarga tayinlanadi:
erkaklarga — 65 yoshga yetganlarida;
ayollarga — 60 yoshga yetganlarida.
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jam- g‘armasi tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra nafaqa so‘rab murojaat etgan shaxs qarin- doshlarining moddiy nochorligi aniqlangan hollarda nafaqa o‘zlarining keksa qarindoshlariga moddiy yordam ko‘rsata olmaydigan qarindoshlar bor bo‘lgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.
1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2011-yil, 14-son, 142-modda.
Haq to‘lanadigan ish bajara oladigan yoki boshqa daromad manbayiga ega bo‘lgan shaxslarga nafaqa tayinlanmaydi.
Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘ini bilan birgalikda o‘tkazilgan tekshirish natijalari nafaqa tayinlash yoki uni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Qarilik nafaqasining miqdori qat’iy summada belgilanadi va hayot darajasiga mutanosib tarzda indeksatsiya qilib boriladi.
Nogironlik nafaqasi. Nogironlik bo‘yicha nafaqa nogironlik sodir bo‘lgan hollarda, ya’ni mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatga yo‘qotilganda, faqat birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga tayinlanadi va to‘lanadi.
Fuqarolarning mehnat qobiliyatlarini yo‘qotganlik darajasini aniqlash uchun tibbiy tekshirishni faqat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (ÒMEK) ular haqidagi Nizom asosida shahar yoki tuman Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi yo‘llanmasi bo‘yicha amalga oshiradilar.
Ishlab turgan yoki yashashning boshqa manbalariga ega bo‘lgan I va II guruh nogironlariga nafaqa tayinlanmaydi.