Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha tayinlanadigan va to‘la- nadigan nafaqalar fuqarolarni nafaqalar bilan ta’minlashda yetakchi o‘rin tutadi.
Ijtimoiy ta’minotning ushbu shakli fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan muhim huquq- larning amalga oshirilishini kafolatlaydi (Konstitutsiyaning 39- moddasi).
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lashning huquqiy asosi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (XVI bob, 282—294-moddalar)1 ; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi
„O‘zbekiston Respublikasida Pensiya ta’minoti tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori; 2001-yil 16-martda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan „Majburiy badallar va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha ajratmalarni Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblab chiqarish va to‘lash tartiblari to‘g‘risida“gi yo‘riqnoma2 ; O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-av- gustdagi qarori bilan tasdiqlangan „Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lash tartibi“ hamda „Dehqon xo‘jaligi a’zolari ijtimoiy sug‘urtasi va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risida“gi Nizom3 , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 32-sonli „Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida“gi Qarori4 , 2007-yil 8-maydagi 95-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining „Aholi bandligini oshi- rish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Ò., „Ado- lat“, 2010-yil.
2 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, Davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ hujjatlari Axborotnomasi. 2001-yil, 6-son.
3 Qarang: O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami, 2001-yil, 16-son, 109-modda.
4 O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami. 2002-yil, 1- son, 5-modda.
faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli Qarorini amalga oshirish chora-tadbir- lari haqida“gi Qarori1 , 2011-yil 7-apreldagi 107-sonli „Fuqarolar- ning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respub- likasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida“gi „O‘zbe- kiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo‘l- gan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida“gi Qarori2 va boshqalar muhim o‘rin tutadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urta nafaqalari tayinlanishi va to‘lanishida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-mayda ro‘yxatga olingan „Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi Nizom bilan3 va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlanishi nafaqa olishga talabgor fuqaroning (yoki uning oila a’zosini) mehnat faoliyati bilan, unga ish beruvchilar tomonidan yoki bevosita o‘zi tomonidan Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy sug‘urta badallari o‘z vaqtida, to‘liq va muntazam ravishda to‘lab berilganligi bilan bog‘liq. Ya’ni, ijtimoiy sug‘urta badallari to‘lanmaydigan ish faoliyati bilan shug‘ullanish yoki sug‘urta badallarining muntazam to‘lanmaganligi oqibatida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
„Sug‘urta badallari to‘lanmagan bo‘lsa nafaqa ham tayinlanmaydi“ degan tamoyilga amal qilinadi. Ammo, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 284-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra: „Ish beruvchining davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘la- maganligi sug‘urta qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish huquqidan mahrum qil- maydi“. Korxonalar ixtiyoriy to‘lamagan yoki kechiktirgan sug‘urta badallari keyinchalik majburiy tarzda undirib olinadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar ijtimoiy sug‘urta qilingan xodimlarga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
1 O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami. 2007-yil, 5- son, 25-modda.
2 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 14-son, 142-modda.
3 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi. 2002-yil, 9-son.
ko‘zda tutilgan hollarda, boshqa fuqarolarga ham beriladi. Umumiy qoidaga ko‘ra xodim ish beruvchi bilan mehnat muno- sabatlarida (sinov davrida ham) bo‘lgan davrda unda nafaqa olish huquqi paydo bo‘lsa, beriladi. Ayrim hollarda ishdan bo‘shagan xodimlarga ham tayinlanishi mumkin.
„Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida“gi Nizomning (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) 1-bandiga ko‘ra Budjetdan tashqari Pensiya jam- g‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha quyidagi nafaqalar beriladi:
homiladorlik va tug‘ish davri uchun;
bola tug‘ilganligi (suyunchi puli) uchun;
qo‘shimcha dam olish kuni uchun;
dafn etish marosimi uchun.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni tayinlash uchun umu- miy ish stajini aniqlash va hisoblash tartibi yuqorida qayd etilgan Nizomda belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra nafaqa tayinla- nishida hisobga olinadigan umumiy ish stajiga quyidagilar kiradi:
faoliyat turi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Budjetdan tashqari Pen- siya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa.
Shirkat xo‘jaligi (fermer xo‘jaligi) a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra xo‘jalikda belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlagan vaqtining amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan, uning birinchi bosil- gan yoki dastlabki ijro etgan yoxud mazkur muallifning asari birinchi marta ommaga ko‘rsatilgan kundan boshlab, agar u Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lab turgan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi;
harbiy xizmat, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, milliy xavfsizlik organlaridagi hamda chegara qo‘shinlaridagi xizmat davri;
harbiylashtirilgan soqchilik, maxsus aloqa organlari hamda tog‘-qutqaruv qismlaridagi xizmat davri, qaysi idoraga bo‘ysu- nishidan qat’i nazar;
diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lab kelgan bo‘lsalar;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shu- g‘ullanuvchi shaxs va dehqon xo‘jaligi a’zosining Budjetdan tash- qari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan davri;
alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy xodimlari, kotibalar, enagalar, haydovchilar, qorovullar va boshqalar), agar ular Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lab kelgan bo‘lsalar;
asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyin- chalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lgan va mahbuslikni o‘tagan davri.
Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi korxonalarda band bo‘l- gan xodimlarga mavsum davomidagi ish bir yilga, mavsum davomida to‘liq ishlamagan taqdirda, haqiqiy ishlagan davr hisobga olinadi.
Chet elda ishlagan davri, agar Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘lab kelingan bo‘lsa va davlatlararo bitimlarda boshqa imtiyozli holat ko‘zda tutil- magan bo‘lsa, o‘sha davr ish stajiga qo‘shiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Òashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan mehnat daftarchasiga kiritilgan hamda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lab kelingan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi.
Dehqon xo‘jaligi a’zosi, yil mobaynida ishlab, kamida 9 oy Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga belgilangan tartibda sug‘urta badali to‘lagan bo‘lsa, ushbu davr kalendar yil hisob- lanadi.
Yil mobaynida yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning asosiy faoliyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash bilan shug‘ullan- gan hollarda. Mazkur yilda Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar- masiga sug‘urta badallari belgilangan tartibda kamida 9 oy mobaynida to‘langan bo‘lsa, stajga kalendar yil qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |