Pensiya to‘lash uchun sarflangan mablag‘larni korxona va tashkilotlardan qaytarib olish asoslari
va tartibi
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan boquvchisini yo‘qotganlik uchun, shuningdek, xodimning mehnatda mayiblanishi yoki kasb kasalligiga uchra- ganligi oqibatidagi nogironlik uchun, pensiya yoshiga to‘lguniga qadar tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarining o‘rnini qoplovchi pulni ish haqi to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.
Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisoblanishi uchun) hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki ishonchsiz ma’lumotlari bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonun hujjatlarida belgilanganidek javobgar bo‘ladilar.
Korxona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, keltirilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar- masiga to‘lanadi. Bunda korxona tomonidan yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Bud- jetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limidan tegishli xabar-
noma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, pensioner tomo- nidan yetkazilgan zararning o‘rni esa nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
Fuqarolar tomonidan huquqlari suiiste’mol qilingani holda to‘langan ortiqcha pensiya
summalariniqaytaribolish Pensiya olish huquqini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hamda taqdim etilgan hujjatlarning (ish staji to‘g‘risida, amaldagi ish haqi to‘g‘risida va shu kabilarning) ishonchliligi va asos- langanligi uchun ushbu hujjatlarni bergan tashkilotning man- sabdor shaxsi hamda pensioner qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ishonchsiz ma’lumotlar, pensiyaga taalluqli bo‘lgan huquq- larni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardagi ma’lu- motlarni buzuvchi tuzatishlar aniqlanganda, shuningdek, pen- siyalarni tayinlash va to‘lash uchun ish beruvchi yoki arxiv tomonidan berilgan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar soxta- lashtirilganda va qalbakilashtirilganda davlatga yetkazilgan zarar summasini undirish uchun javobgarlik, qonun hujjatlarida belgi- langan tartibda, ushbu hujjatlarni bergan tashkilotlar va arxiv- ning mansabdor shaxslariga yuklanadi.
Pensioner tomonidan sodir etilgan suiiste’molliklar (ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar bilan hujjatlar taqdim etilishi, boquv- chisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a’zolari tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmasligi) natijasida unga pensiyalar summasining ortiqcha to‘lanishi tufayli davlatga yetkazilgan zararni to‘lash majburiyati pensionerga yuklanadi.
Pensiyalar tayinlash va to‘lashni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqar- masi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amalga oshiriladi.