Ijtimoiy p65


Ishlab turgan pensionerlarga pensiya to‘lash



Download 344,34 Kb.
bet37/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

Ishlab turgan pensionerlarga pensiya to‘lash


Ishlab turgan pensionerlarga pensiya to‘lashning alohida qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-aprelda 2222-son bilan ro‘yxatga olingan „Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom“ bilan tartibga solinadi1.
Mazkur Nizomga ko‘ra:

  1. Ikkinchi Jahon urushi nogironlariga, urush qatnashchi- lariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga. Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249- son „Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi O‘zbe- kiston Respublikasining Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida“gi qaro- rining 2—3-ilovalarida belgilab berilgan;

  2. Ikkinchi Jahon urushi yillarida harbiy xizmatni o‘tagan yoki front orqasida ishlagan shaxslar;

  1. I va II guruh nogironlari;

  2. Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolar. Chernobil halokatidan ziyon ko‘rgan fuqarolar doirasi O‘zbekiston Res- publikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-sonli „Cher- nobil halokatidan ziyon ko‘rgan O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida“gi qarorida belgilangan;

  3. fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga;




1 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2011-yil, 18-son, 183-modda.

  1. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi lavo- zimlarida ishlovchi pensioner ayollarga — yoshga doir pensiyani olganda.

Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foizi miqdorida pensiyalar to‘lanadi.
Pensioner ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa, korxona yoki muassasa pensiya to‘lashni to‘xtatadi va Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining pensioner yashash joyidagi bo‘limiga qaysi muddatga qadar pensiya to‘langanini ko‘rsatilib, xabar yuboriladi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik vazirligida ro‘yxatda turgan pensionerlarga pensiyalar ular amalda doimiy yashab turgan joylaridagi xalq banki muassasalari orqali
to‘lanadi.
Mehnat shartnomasi asosida kalendar yili davomida ikki oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida ishlaganlari taqdirda pensiya to‘la hajmda to‘lanadi.
Pensioner to‘liq yoki to‘liqsiz ish vaqti rejimida ishlashidan qat’i nazar, bir kalendar yilida ikki oydan ko‘p muddat ishla- gani taqdirda tayinlangan pensiyaning 50 foizi to‘lanadi.
Korxona va tashkilotlarning rahbarlari pensionerlarni ishga qabul qilganlari taqdirda 5 kunlik muddat ichida bu haqda pen- sionerning yashash joyidagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar- masi tuman bo‘limiga xabar berishga majburdirlar.
Pensioner ishga qabul qilingan yoki xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullana boshlagani haqida Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limini xabardor qilishi lozim, aks holda undan ortiqcha to‘langan pensiya pullari undirib olinadi.
O‘rindoshlik bilan ishlovchi pensionerlarga pensiya asosiy ish joyidan to‘lanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi shaxslar ishga kirgan hollarda pensiya 50 foiz miqdorida ish joyidan to‘lanadi.
Boshqa oila a’zolariga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiya ularning yashash joyidan to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi pensio- nerlarga, shuningdek, dehqon (fermer) xo‘jaligida ishlovchilarga pensiya ularning yashash joyidagi ijtimoiy ta’minot idoralari tomonidan 50 foiz miqdorida to‘lanadi (to‘liq miqdorda pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan pensionerlardan tashqari).
Muddatidan oldin tayinlangan pensiya pensioner ishga qabul qilingan (tadbirkorlik faoliyati bilan yoki mustaqil daromad manbayi sanaluvchi boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullana boshlagan) zahoti to‘lashdan to‘xtatiladi.
Pensiya miqdori o‘zgarishiga yoki pensiya to‘lash to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan holatlar yuz bergan taqdirda (ishga kirish, oila a’zolari tarkibining o‘zgarishi, to‘liq davlat ta’minotiga o‘tish va shu kabilar) pensiya oluvchi o‘n kun muddatda bu haqda pensiya to‘laydigan Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ma’lum qilishi shart.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar to‘g‘risida Pensiya jam- g‘armasi bo‘limiga o‘z vaqtida xabar berilmasligi munosabati bilan pensiyaning noqonuniy summasi pensioner yoki qonuniy vakil (ota-ona), shuningdek, ishonch bildirilgan shaxs (pensionerning vafot etganligi qasddan yashirilgan taqdirda) tomonidan qayta- rilishi kerak.



    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish