KALIÒ SO‘ZLAR. Pensiyalarni hisoblash qoidalari. Pensiyani hisob- lash uchun o‘rtacha ish haqini aniqlash. O‘rtacha ish haqini aniqlashda hisobga olinadigan va hisobga olinmaydigan daromadlar. Ish haqi haqidagi hujjatlar. Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlari. 5 yildan kam ishlagan fuqarolar o‘rtacha ish haqini hisoblash. Ish haqining bazaviy miqdori va uni aniqlash. Ish staji uchun qo‘shimcha. Pensiyaga ustamalar.
Bilimingiznisinabko‘ring
Pensiyalarni hisoblash uchun ish haqi haqidagi qanday ma’lu- motlarga tayaniladi?
Ish haqini hisoblash chog‘ida qaysi davrdagi ish haqi to‘g‘risi- dagi ma’lumotlar e’tiborga olinishi lozim?
Oxirgi o‘n yillik ish faoliyati davridagi besh yillik o‘rtacha ish haqini aniqlash tartibi qanday?
99
Pensiyaning bazaviy miqdorlari qanday aniqlanishini tushuntirib bering.
Qaysi hollarda ortiqcha ish staji uchun qo‘shimcha hisoblanadi?
Qaysi hollarda pensiyaga ustamalar qo‘shib beriladi va uni qo‘shib hisoblash qoidalari qanday?
Òaqdim etilgan hujjatlar ishonchga sazovor bo‘lmagan hollarda nima qilish lozim?
Soxta hujjatlar va huquqning suiiste’mol qilinishi bilan bog‘liq hujjatlar taqdim etish oqibatlari haqida so‘zlab bering.
BOB.PENSIYAÒO‘LASHNING UMUMIYQOIDALARI
Pensiya to‘lashning umumiy tartibi. Ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘lash. Pensiyadan ushlab qolishning cheklanishi
Òayinlangan pensiyalarni to‘lash tartibi „Fuqarolarning dav- lat pensiya ta’minoti to‘g‘risida“gi qonunda, shuningdek, 2011- yil 8-sentabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan „Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom“da belgilab berilgan.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiyalarni ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot bo‘limlari to‘laydi.
Pensionerga hisoblab chiqarib qo‘yilgan pensiya, uning tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan bo‘lsa, pul pen- siyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi uch yildan oshmagan davr uchun to‘lanadi.
Pensiyani tayinlovchi yoki to‘lovchi tashkilotning aybi bilan o‘z vaqtida olinmay qolingan pensiya puli o‘tgan davr uchun muddati cheklanmagan holda to‘lanadi.
Nogironlik pensiyasini oluvchi shaxs uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ÒMEKga bormagan hollarda unga pensiya to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi. Keyinchalik uni yana nogiron deb tan olingan taqdirda to‘xtatib qo‘yilgan kundan, lekin ko‘pi bilan o‘tgan bir oy mobaynida pensiya to‘lash davom ettiriladi.
Uzrli sabablarga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati o‘tkazib yuborilsa, ÒMEK uni ana shu davr mobaynida nogiron bo‘lgan deb hisoblasa, pensiya to‘lovi to‘xtatib qo‘yilgan kundan boshlab to qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tish kunigacha, o‘tgan uch yil uchun davom ettiriladi. Bunda nogiron qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish chog‘ida nogironlikning boshqa guruhiga (yuqori yoki past guruhga) o‘tkazilgan bo‘lsa, pensiya ko‘rsatib o‘tilgan vaqt uchun avvalgi guruh bo‘yicha to‘lanadi.
Uzrsiz sabablarga ko‘ra qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishga kel- magan nogironga pensiyani to‘lash to‘xtatilganiga besh yildan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, ilgari tayinlangan pensiyani to‘lash nogironlik belgilangan kundan boshlab davom ettiriladi. Agar besh yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, pensiya yana umumiy asoslarda tayinlanadi.
Chin yetim (ota-onasidan judo bo‘lgan) bolalarga to‘liq davlat ta’minotida turgan davri mobaynida eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
Ota-onasining biridan ajralgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida pensiya to‘lanadi.
Shu davrdagi to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya puli bolaning nomiga jamg‘arma bankida ochilgan omonatga o‘tkazib qo‘yiladi.
Pensioner vafoti munosabati bilan olinmay qolingan pensiya puli meros tarkibiga kiritilmasdan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadigan shaxslar doirasiga kiruvchi oila a’zolariga to‘lanadi. Pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashagan oila a’zolari, ular boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi bilan ta’minlanadiganlar doirasiga kirmaganliklari taqdirida ham bu pulni olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Pensioner vafot etgan oy uchun olinmay qolingan pensiya puli oila a’zolariga o‘sha oy uchun va u vafot etgunga qadar o‘tgan kunlari uchun to‘lanadi.
Oilaning bir necha a’zoslari murojaat etgan taqdirida pen- siyaning ularga tegishli summasi o‘zaro teng taqsimlanadi.
Pensioner vafot etgan taqdirda uning oilasiga yoki pensioner- ning dafn marosimini o‘tkazgan shaxsga ikki oylik pensiya miq- dorida, eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan oz bo‘lmagan miqdorda dafn etish nafaqasi to‘lanadi.
Nafaqa pullari pensioner vafot etganidan keyin 6 oy ichida murojaat etgan oila a’zolariga to‘lanadi.
Qariyalar va nogironlar uylarida (pansionatlarida) yashovchi yolg‘iz pensionerlarga pensiya ularning ta’minoti, sarf-xarajati uchun olingan holda tayinlangan pensiyaning kamida 10 foizi, urush nogironlariga esa kamida 20 foizi to‘lanadi. Internat uylarida yashovchi pensionerlar, ruhiy bemorlarga pensiya to‘lan- maydi.
Yoshga doir pensiya — pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan va murojaat etilgan kundan nogironlarga nogironlik belgilangan kundan boshlab murojaat qilingan bo‘lsa, boquvchisini yo‘qot- ganlik pensiyasi esa marhum vafot etgan (pensiya olish huquqi paydo bo‘lgan) kundan boshlab olti oy ichida, boshqa hollarda — ariza berilgan kundan boshlab tayinlanadi hamda ishlamaydigan pensionerlarga ular doimiy istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan to‘lanadi.
Pensiya va nafaqa faqat pensionerning yoki nafaqa oluvchining yashash joyida (ro‘yxatdan o‘tgan manzilda) to‘lanadi. Shu sababli topshiriqnoma va ro‘yxat pensiya yoki nafaqa oluvchining yashash joyidagi aloqa bog‘lamasi (pochtamt) uchun haqiqiy hisoblanadi. Pensiya va nafaqalarni to‘lash to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilgan qat’iy belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Oylik to‘lash
muddati pensionerga birinchi to‘lash paytida ma’lum qilinadi.
Pensiya va nafaqalarni to‘lash muddati dam olish kuniga yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelganda respublika banki bilan kelishib, joriy oy davomida belgilangan to‘lash muddatidan uch kun oldin amalga oshiriladi.
Pensiya birinchi marta to‘langanda pensiya oluvchi tomonidan topshiriqnoma pasporti asosida to‘ldiriladi, pensiya puli miqdorini, pensiya olingan kunni ko‘rsatib, imzo qo‘yadi, pasport ma’lu- motlari pochta xodimi tomonidan tekshirib ko‘riladi.
Agar pensiya yoki nafaqa pulini oluvchi imzo qo‘ya olmasa (savodsiz, salomatlik holati bo‘yicha), u boshqa kishini yoki qarindoshini chaqirishi kerak (ijtimoiy ta’minot va aloqa bog‘la- masi xodimlaridan tashqari). U pul olishga qo‘l qo‘yadi va o‘z pasportining raqami, seriyasi, kim tomonidan va qachon beril- ganligini ko‘rsatadi. Pochtachi bu ma’lumotlarni ko‘rsatilgan hujjat bilan solishtirib tekshiradi.
Pensioner, nafaqa oluvchi pensiya, nafaqa olish vakolatini boshqa kishiga ishonch qog‘ozi orqali berishi mumkin, bunda ishonchnoma notarial tartibda yoki oluvchi yashaydigan joydagi mahalla, qishloq (posyolka), ovul fuqarolari yig‘inida yoki ishonchnomani bergan pensioner davolanayotgan davolash muassasalari tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Pensiya va nafaqani ijtimoiy ta’minot va pochta aloqasi xodimlariga ishonchnoma bo‘yicha to‘lash qat’iyan taqiqlanadi.
Chet elga doimiy yashash uchun chiqib ketishdan oldinroq tayinlangan pensiyalar tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘li- miga chiqib ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi holatga ko‘ra pensiya miqdori hisobidan chet elga chiqib ketish oldidan 6 oyligi oldindan to‘lanadi.
Bu fuqarolarning chet elda bo‘lgan vaqtida, agar davlatlararo bitimlarda (shartnomalarda) o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan pensiyalargina to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 23-iyundagi qarori bilan „Mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi tufayli tayinlangan pensiyalarni boshqa mamlakatlarga o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom“ tasdiqlangan.
Pensiyalar to‘lash sohasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi a’zosi bo‘lgan davlatlar o‘rtasida 1992-yil 13-martda o‘zaro bitim tuzilgan bo‘lib, bitim asosida bu sohadagi o‘zaro hamkorlik tartibga solinadi.
Pensiyalar va ular qo‘shib beriladigan ustama haqlardan soliq olinmasligi belgilangan.