Ijtimoiy p65


Nafaqalar bilan ta’minlash tushunchasi va nafaqalarning fuqarolar ijtimoiy ta’minotida tutgan o‘rni



Download 344,34 Kb.
bet41/61
Sana21.07.2022
Hajmi344,34 Kb.
#835143
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61
Bog'liq
ijtimoiy taminot huquqi

12.1. Nafaqalar bilan ta’minlash tushunchasi va nafaqalarning fuqarolar ijtimoiy ta’minotida tutgan o‘rni


Fuqarolarni ijtimoiy ta’minlash va ijtimoiy-moddiy muho- fazalashning pensiyalardan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan shakli nafaqalardan iborat bo‘lib, ular vositasida nafaqat ish- laydigan fuqarolar, balki ishidan qat’i nazar ehtiyojmand barcha shaxslar, muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Aholining aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik faoliyati tobora kuchayib bormoqda va hozirgi paytda ushbu masala o‘zining zaruriy huquqiy bazasiga, bugungi kun talablarini o‘zida aks ettiruvchi qonunchilik tizimiga ega bo‘ldi. Bunda, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi „Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida“gi Farmoni1 va uning asosida qabul qilingan hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvardagi
„Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida“gi Farmoni2, 2002-yil 25-yanvardagi „Aholining ijti- moiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘l- lab-quvvatlashni kuchaytirish to‘g‘risida“gi Farmoni3 , O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616- sonli „Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida“gi Qarori4 , 2009-yil 30-dekabrdagi O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining PF-4161-sonli „Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tad-



1 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. 1-son, 7- modda.
2 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1999. 1-son, 36- modda.
3 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 2002. 1-son, 32- modda.
4 „O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami“, 2007. 15-son, 156-modda.
birlari to‘g‘risida“gi Farmoni1 va boshqa hujjatlar muhim o‘rin tutdi.
Nafaqa huquqiy kategoriya sifatida fuqarolarga yoki oilaga davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari, davlat budjeti hamda bosh- qa maxsus manbalardan pul shaklida, muntazam ravishda yoki bir marta ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamdan iborat bo‘lib, pensiyalardan farq qiladi va, odatda, yordamchi xususiyatga ega bo‘ladi hamda fuqaro turmush kechirishining asosiy manbayi bo‘lib hisoblanmaydi. Pensiyalarga xos bo‘lgan asosiy xususiyat- lar — pul shaklida berilishi, qaytarib olinmaslik sharti bilan va tekinga berilishi kabilar nafaqalarga ham xosdir.
Pensiyalardan farqli o‘laroq, nafaqalar vaqtinchalik xususiyatga ega, turmush darajasini ta’minlashning qo‘shimcha manbai bo‘lib sanaladi va nafaqalar tayinlanishida nafaqa oluvchining avvalgi mehnat faoliyati va mehnat staji unchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Nafaqalar o‘z manbalariga ko‘ra:

  1. davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan (Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan) to‘lanadigan nafaqalar;

  2. davlat budjet mablag‘laridan to‘lanadigan nafaqalar;

  3. boshqa manbalardan to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi. Davriyligiga ko‘ra:

  1. muntazam tarzda uzoq muddat davomida to‘lanadigan nafaqalar;

  2. bir marta to‘lanadigan nafaqalarga bo‘linadi. Nafaqani oluvchilar toifasiga ko‘ra:

  1. ayrim fuqarolarga tayinlanadigan;

  2. oilaga tayinlanadigan nafaqalar mavjud. Bulardan tashqari, nafaqalar:

  1. korxona va tashkilotlarning xodimlariga to‘lanadigan;

  2. bolalarga to‘lanadigan;

  3. nogironlarga to‘lanadigan;

  4. yolg‘iz qariyalarga to‘lanadigan nafaqalarga va boshqa turdagi nafaqalarga bo‘linishi mumkin.

Nafaqalarning turlarini, ularni tayinlash va to‘lashga oid qonunchilik qoidalarini bilish bu sohada qonunchilikning ta’min- lanishi, ijtimoiy adolat qaror toptirilishida katta ahamiyatga ega.




1 „Xalq so‘zi“ gazetasi, 2009-yil 31-dekabr. 8 — Ijtimoiy ta’minot huquqi


113

    1. Download 344,34 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish