O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qonunchiligida geografik ko'rsatkichlarni ro'yxatga olinish tartibi va shartlari: qiyosiy tahlil
Geografik ko 'rsatmalarga bo'lgan huquq (hozirgi vaqtda intellektual mulk huquqlari tizimi doirasida inson farovonligini ta'minlashning istiqbolli yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Huquq asosida geografik ko'rsatkich tovarlarning maxsus xususiyatlari va ma'lum tabiiy xususiyatlar o'rtasidagi bog'liqlik kontseptsiyasidir. O’RQ-757-sonli qonunning 3-moddasida ham geografik ko‘rsatkich tushunchasi haqida keltirib o’tilgan biror bir geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib. Tovarlarning kelib chiqish joyi nomlari va geografik ko'rsatmalar an'anaviy ishlab chiqarish va madaniy qadriyatlarni huquqiy muhofaza qilishga, ularning marketing salohiyatini oshirishga, shuningdek antropogen faoliyat jarayonida barqaror rivojlanishga yordam beradi. Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari va geografik ko'rsatkichlar ma'lum bir hududga mansubligini, uning tarkibiy xususiyatlarini tavsiflashga, tovarlarning xususiyatlarini taqsimlashga va uni tegishli belgi bilan bog'lashga qodir bo'lgan yagona intellektual mulk huquqlari tizimi ob'ektlari hisoblanadi. Shuning uchun zamonaviy bosqichda geografik ko'rsatkichlarga bo'lgan huquqni rivojlantirish jarayoni asosan tarixiy huquqiy an'analarning chuqurligi bilan belgilanadi deb taxmin qilish o'rinli.
Shunday qilib, geografik ko'rsatkichlar mehnat etikasi, tovarlar va xizmatlarni individuallashtirish, geografik identifikatsiya bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy munosabatlarning xilma-xilligi. XVII–XIX asrlarda Yevropada shakllangan geografik koʻrsatkichlarga boʻlgan huquqning hozirgi tushunchasi “terroir” tushunchasida ifodalangan1. Terroirni ikkita ko’rinishida ko'rish mumkin.
Birinchisi bu jismoniy terroir tuproq, iqlim, quruqlik manzara, ba'zi hollarda ekotizimning boshqa komponentlari bilan ifodalangan geografik o'lchovga ega va faqat oziq-ovqat bilan bog'liq holda sodir bo'ladi.
Ikkinchisi bu madaniy terroir insoniyat jamiyati o'z tarixi davomida bilim va amaliyotni yaratadigan va to'playdigan hudud. Madaniy terroir geografik atamadan ko'ra ko'proq etnografik tushunchadir.
Zamonaviy tadqiqotchilar geografik ko'rsatkichlar kontseptsiyasining tug'ilish davri Vestfaliya tinchligi o'rnatilgan vaqt deb hisoblashadi2.
1 Zappalaglio, A. The Transformation of EU Geographical Indications Law: The Present, Past and Future of the Origin Link (1st ed.). Routledge. P. 27
2 Paul Roubier, Le Droit de la propriété industrielle, Paris : Le Renard,1954, P. 25