Kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatiladigan moddiy yordam.
Ijtimoiy yordamning bu shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazir-
— Ijtimoiy ta’minot huquqi
145
lar Mahkamasining 1994-yil 24-avgustdagi 434-sonli qarori bilan tasdiqlangan (keyingi qo‘shimcha va tuzatishlari bilan)
„Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom“ga muvofiq amalga oshiriladi1 .
Kam daromadli oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini belgilash to‘g‘risidagi qaror, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari — qo‘rg‘on, qishloq, ovul va shahar mahallalari fuqarolarining yig‘inlari, yuqoridagi masala- larni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Komissiya tarkibiga fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) tomonidan ushbu hududda istiqomat qiluvchi eng obro‘-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Unga fuqarolar yig‘inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil mud- datga, fuqarolar yig‘ini raisi esa uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya a’zolarining tarkibi kamida 20 kishidan iborat bo‘lib, har yili ellik foizga yangilanadi.
Moddiy yordam oilaga olti oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi. Ushbu muddat tugagach, agar oilada moddiy ahvol yaxshilanmagan bo‘lsa, yordam yangi muddatga tayinlanishi mumkin.
Moddiy yordam fuqarolarning doimiy yashash joyidagi o‘zi- ni o‘zi boshqarish organlariga yoki qo‘rg‘on, qishloq, ovul, ma- hallasiga yozma ravishda ariza bilan yordam so‘rab murojaat qilgan oilalarga, ayrim hollarda esa fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning tavsiyasiga binoan tayinlanadi.
Arizachining moddiy yordamga muhtojlik darajasini va unga beriladigan oylik moddiy yordamning miqdorini belgilash uchun fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzurida maxsus komissiyalar tuziladi, uning tarkibiga ushbu organlarning mas- lahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat bo‘lganda tuman (sha- har) soliq hamda moliya organlarining, Bandlikka ko‘maklashish markazlarining vakillari kiradilar.
Ariza berilgan kundan boshlab ikki hafta muddatda yordam so‘ragan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshiradi.
1 O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 1994-yil, 8-son, 40-modda.
Òekshiruv natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning barcha a’zolari imzolaydilar. Dalolatnomada quyi- dagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
tekshirilayotgan oilaning tarkibi, unda birga yashovchi- larning hammasi, qarindoshligi bo‘lgan va birga umumiy ro‘zg‘or yurituvchilar hisobga olinadi;
oilaning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lmagan va Bandlikka ko‘maklashish markazlarida ro‘yxatga olinmagan meh- natga qobiliyatli yoshdagi a’zolari, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar unga qarovchi ayollar, shuningdek, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar bundan mustasno;
oilaning tekshirish vaqtidagi jami pul daromadlarining manbalari va miqdori;
tomorqa uchastkasi maydoni va undan daromad olish imkoniyatlari;
oila mol-mulkining qiymati (dala-hovli, avtomobil, mo- totsikl va zeb-ziynatlarning mavjudligi);
oilaning muhtojlik darajasi haqidagi komissiya xulosasi va har oyda beriladigan moddiy yordamning tavsiya qilinayotgan miqdori haqida komissiya xulosasi.
Oilaga moddiy yordam tayinlash haqida qaror qabul qilishda arizachining fuqarolar yig‘inida (yig‘ilishida) yoki komissiya yig‘ilishida qatnashishi shart.
Moddiy yordam tayinlash rad etilgan taqdirda yig‘ilish ba- yonida uning asoslangan sabablari qayd etiladi va bu haqda fuqarolar yig‘ini (yig‘ilishi) yoki komissiya yig‘ilishi qarori usti- dan shikoyat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Moddiy yordam to‘lash muddati tugaganda, yordam ko‘r- satilayotgan oilaning moddiy ahvoli o‘zgarganda, doimiy yashash joyi o‘zgarganda oilaga moddiy yordam to‘lash to‘xtatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |