7. Repriza va koda. Reprizada refren va lavhaning (V) takroriy rivoji ekspozitsiyaga nisbatan olganda katta о‘zgarishlarga duch keladi. Bu о‘zgarishlar nafaqat birinchi lavha (V1) tonalligi о‘zgarishi, balki badiiy shakl talablari: uning qat’iyligi, rang-barangligi, dinamikligi bilan bog‘liq.
Refrenning kо‘p marta takrorlanishi tufayli rondo shakli uchun mavzu materialini variatsion-bezakli rivojlantirish ayniqsa xosdir.
Ba’zida refren va lavhada (B1) qо‘shimcha ishlanma rivojlov kiritiladi. Refrenning oxirgi marta о‘tkazilishda kо‘pincha shu darajada о‘zgartiriladiki, u kodaga aylanib qoladi (Betxovenning 3, 12- sonatalari finali). Ba’zida u, mustaqil koda bilan almashtirilib, umuman tushirib qoldiriladi (masalan, Betxovenning 13- sonatasi finalida).
Do'stlaringiz bilan baham: |