Rondo-sonata shakli finalidagi koda nafaqat shu qism, balki umuman turkumning yakuni sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Xuddi sonata shaklidagi kabi kodalar juda rang-barang bо‘ladi. Kо‘pincha ular qо‘shimcha rivojlantiruvchi ishlanmani о‘z ichiga oladi (Betxovenning 2, 3, 16- sonatalari finali). Ba’zan kodaga markaziy lavhadan material kiritiladi (Betxovenning 2 - sonatasi finalida). Anchagina yangilangan, hattoki yangi materialga tuzilgan kodalar ham bо‘ladi (Betxovenning 4, 13 -sonatalari finali)
Do'stlaringiz bilan baham: |