5. Birinchi lavha – yordamchi partiY. Birinchi lavha (V) о‘z xarakteri va hajmiga kо‘ra ancha rang-barang. Ayrim hollarda u faqatgina shakl bosiqligini buzmaydigan qisqa oraliq lavha sanaladi (masalan, Betxovenning 7, 9- sonatalari finalida). Boshqa hollarda u bir muncha yirik va refrenga qaytgunacha ma’lum rivojlanishni о‘z ichiga oladi (Betxovenning 4, 11, 15- sonatalari finalida). Ba’zida esa u refrenga qarma-qarshi qо‘yiladigan mustaqil yordamchi partiya darajasigacha yetadi (Betxovenning 2, 3, 8 -sonatalari finalida). Yordamchi partiya hamma vaqt bir mavzuli va kо‘p hollarda ikki jumladan iborat davriya kо‘rinishida bо‘ladi.
Biroq bunda birinchi lavha - yordamchi partiya kо‘proq sonata shaklidagi kabi yakunlovchi partiya bilan emas, balki refrenni takrorlashga о‘tish bilan tagallanadi (Betxovenning № 2, 4 sonatalari finalida).
Do'stlaringiz bilan baham: |