2. Syuita. “Syuita” sо‘zi ketma-ketlik, izchillik degan ma’nolarni anglatadi. Odatda qadimiy va yangi syuita farqlanadi. Syuita shakli qismlari о‘zaro yagona g‘oya bilan birlashtirilgan bо‘ladi, ammo qismlar sonata tamoyiliga kо‘ra yaratilgan asarlar kabi izchil rivojlanish chizig‘i bilan birlashtirilmaydi.
Qadimiy syuita XVIII asrning birinchi yarmida ijod qilgan kompozitorlar , birinchi navbatda, I. S. Bax va F. Gendel ijodida tо‘liq aks etgan. Uning о‘ziga xos xususiyati – qadimiy ikki qismli shaklda yozilgan turli xarakterdagi raqslarning almashinib kelishi. Hamma qismlar tugal bо‘lib, raqs sur’ati, xarakteriga kо‘ra о‘zaro kontrast(tafovut) hosil qiladi.
Barokko davrning qadimgi tipik syuitasi asosini sur’ati va xarakteriga kо‘ra kontrast bо‘lgan, ma’lum ketma-ketlikda joylashtirilgan tо‘rtta raqs tashkil etgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |