ASHYOVIY VA MULKIY HUQUQLAR
1-§. Ashyolar va uning turlari.
2-§. Egallash tushunchasi va uning turlari.
3-§. Egalik qilish va uning tugatilishi.
4-§. Mulk huquqi.
5-§. Mulk huquqining turlari.
6-§. Xususiy mulk huquqi tushunchasi va mazmuni.
7-§. Umumiy mulk huquqi.
8-§. Shartnomalar bo‘yicha mulk huquqining vujudga kelishi.
9-§. Mulk huquqini himoya qilish.
1-§. Ashyolar va uning turlari
Rim huquqining asosiy institutlaridan birini tashkil etadigan
munosabatlar—bu ashyoviy huquqiy munosabatlar. Ashyoviy
huquqiy munosabatlar fuqarolik huquqining asosiy obyektlaridan
biri hisoblanadi. Qadimgi Rim tarixida, ayniqsa uning sinfiy davrida
ashyolar tushunchasi keng ma’noda ishlatilgan. Rim huquqshu-
noslari ashyolarni tashqi dunyoning moddiy munosabatlaridan
iborat, ular o‘z ichiga yuridik munosabatlarni va huquqni ham
qamrab oladi deb ta’riflaganlar.
Ashyoviy huquqiy munosabatlar — erk, xohish, iroda bilan
bog‘liq bo‘lgan, shaxslar yoki guruhlar o‘rtasidagi ashyolarning
kimgadir taalluqliligini belgilaydigan va mustahkamlaydigan, ba’zi
holatlarda o‘zgartiradigan holatlar haqidagi umumiy ta’limotdan
iborat bo‘lib, shaxslarning ashyolar ustidan hukmronligini va
boshqarishni ta’minlovchi munosabatlardir.
Ashyolar ko‘chmas mulklar va ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan,
bo‘linadigan va bo‘linmaydigan, iste’mol qilinadigan va iste’mol
qilinmaydigan, jinsiy alomatlarga ega bo‘lgan ashyolar va individual
ashyolarga, oddiy va murakkab ashyolarga, asosiy va mansub
ashyolarga fuqarolik muomilasidan chiqarilgan va fuqarolik
92
muomilasidan chiqarilmagan va boshqa ashyoviy huquqiy
munosabatlarga bo‘lingan.
Rim tarixchilari va huquqshunoslari umuman ashyolarni
quyidagi ikki qismga bo‘lganlar:
1) alloh huquqi (tabiiy huquq) asosida yaratilgan ashyolar;
2) allohning yerdagi vakili bo‘lgan insonlar huquqi asosida
vujudga kelgan ashyolar.
Alloh huquqi (tabiiy huquq) asosida yaratilgan ashyolar deb,
faqat allohning ma’lum, nihoyatda, kuchli va yuqori bo‘lgan,
ya’ni shaxslar unga bo‘ysunishi lozim bo‘lgan fuqarolik munosaba-
tidan chiqarilgan va huquqiy sohalar bilan tartibga solinmaydigan
sakral huquqlarga aytilgan.
Rimliklar qadimdan ashyolarni yana ikki qismga, ya’ni sakral
ashyolar va diniy ashyolarga bo‘lganlar.
Sakral ashyolarga alloh huquqi (tabiiy huquq) asosidagi
ashyolar kiritilib, ular ommaviy qarorlar, ya’ni alloh tomonidan
qabul qilingan qarorlar asosida vujudga kelgan.
Diniy ashyolarga esa xususiy huquq bilan belgilangan yoki
insonning shaxsiy qarori bilan vujudga keladigan munosabatlar
kiritilgan. Masalan, insonning dafn etilishi va bu joyning muqaddas
joyga aylanishi, insonning faqat o‘z erki bilan bog‘liq bo‘lgan
harakatlarini amalga oshirishga tushunilgan. Inson huquqlari bilan
bog‘liq ashyolar yoki huquqiy sohalar Rim davlatining ommaviy
huquqi va xususiy huquqlari bilan tartibga solingan.
Rim huquqida shunday ashyolar bo‘lganki, ularning subyekti
Rim xalqi hisoblanib (Populus Romanus), ular ommaviy huquq
bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ular quyidagilardan iborat:
— Rim jamiyati a’zolarining barchasi tomonidan umumiy
asosda foydalaniladigan, ya’ni daryolar, portlar, yo‘llar, teatrlar,
stadionlar va boshqa ommaviy xarakterga ega bo‘lgan ashyolar;
— davlatga oid maxsus foydalaniladigan ashyolar, davlat
xazinasi, harbiy obyektlar, qurol aslahalar va boshqa ashyolardan
iborat bo‘lib, ular maxsus huquqiy rejim qo‘llanishini taqozo
etadi hamda fuqaro tomonidan foydalanishi chegaralangan huquq
obyektlaridan iboratdir;
93
— davlatga xos bo‘lgan savdo munosabatlarining obyektlari,
masalan davlat yer fondidan tashkil topgan.
Rim huquqida ashyolar bo‘linadigan va bo‘linmaydigan qismlarga
ajratilgan. Bo‘linadigan ashyolar shunday ashyolarki, xo‘jalik
maqsadini yo‘qotmaydigan va uni qismlarga bo‘lganda ham o‘z
tarkibini, bahosini yo‘qotmasdan, qismlarga bo‘lingan ashyolar-
ning o‘zi ham alohida o‘z qiymatini yo‘qotmaydigan, lekin kichik va
oz miqdorda tovarlardan, ammo to‘liq asosda mavjud bo‘lgan
munosabatlardan tashkil topadi (masalan, qand, sariyog‘, asal, non,
go‘sht, kolbasa, yong‘oq va boshq.). Bo‘linadigan ashyolar turkumida,
ayniqsa umumiy mulk huquqi bilan bog‘liq munosabatlarda huquqqa
nisbatan hissa va obyektga bo‘lgan hissalar mavjud bo‘lgan. Ular real
va ideal hissalarga bo‘linganlar. Bu munosabatlarning asl ko‘rinishi
moddiy munosabatlarga o‘xshamasligi ham mumkin, lekin o‘sha
huquqlarning asosini moddiy ashyolar tashkil etadi.
Ideal hissalar deb, ashyoga qo‘shilgan mol-mulk boshqa
mulklar bilan aralashib, o‘zining jismini obyekt sifatida yo‘qotishi
yoki boshqa obyektlarga o‘tib ketishi mumkin. Ana shu ashyoga
bo‘lgan huquq ichida qaysi shaxs tomonidan qo‘shilgan ashyo
bo‘lsa, uning qiymati, bahosi yotadi va hissalarga bo‘linadi.
Ideal hissalar asosida vujudga kelgan obyekt umumiy mulk
huquqi asosida bo‘lsa, ularning bo‘linish va bo‘linmasligi muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ya’ni barpo qilingan obyekt natura asosida
bo‘linishi yoki bu ashyo umumiy mulk huquqi subyektlarining
biriga o‘tkazilgan bo‘lsa, qolganlari esa pul tovonlari (yoki qo‘shgan
haqini) oladi.
Bo‘linmaydigan ashyolar turkumiga ma’lum qismlarga ajralishi
natijasida xo‘jalik mohiyatini va unga mansubligini yo‘qotadigan
ashyolar (mashina, traktor, stanok va hokazolar) kiradi. Ashyolarni
bo‘lish majburiyatni bajarishda, javobgarlik o‘rnatishda hissalarga
qarab belgilanishi, yoki ashyolarni bo‘lmaslik va birgalikdagi
umumiy javobgarlik xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Iste’mol qilinadigan va iste’mol qilinmaydigan ashyolar
ashyoning tayinlanishiga qarab belgilanadi. Ular iste’mol
qilingandan keyin o‘z jismini, urug‘ini yo‘qotadi. Bular asosan
oziq-ovqat mahsulotlaridir.
94
Iste’mol qilinmaydigan ashyolar deb, ulardan foydalangan
vaqtda o‘z bahosini, mohiyatini yo‘qotmasdan yoki umuman yo‘q
bo‘lib ketmaydigan ashyolarga tushunilgan. Masalan, ularga
qimmatbaho toshlar, yoqut va zumradlar, brilliantlar, oltin
taqinchoqlar va boshqa qimmatbaho ashyolar kiradi.
Jinsiy belgilari va xususiy alomatlari, ya’ni individual xusu-
siyatlari bilan farq qiladigan ashyolar, ularni ko‘pchilik Rim
huquqshunoslari almashtiriladigan va almashtirilishi mumkin
bo‘lmaydigan ashyolar sifatida e’tirof etganlar.
Jinsiy belgilari bilan farq qiladigan ashyolar deganda, tayinla-
nishi va jinsiga ko‘ra soni, o‘lchov belgisi, og‘irligi, baholariga
asoslanib, har birining huquqiy munosabatda qanday holatda, ya’ni
obyekt yoki jinsiy alomatga ega bo‘lgan ashyo sifatidami (ona qo‘y
yoki qo‘chqor), yoki sonining kerakligi (100 ta soldat), og‘irligi
(10 tonna)ni yetkazib berish kabi munosabatlar tushunilgan.
Individual yoki xususiy alomatga ega bo‘lgan ashyolar—bu
ma’lum shaxslar, ustalar, hunarmandlar tomonidan ishlab
chiqiladigan ashyolar, ya’ni individual shaxsning ish faoliyati
statusi, hatto obro‘yi, mehnatining sifati, mahsulotning jahon
andozalari asosida ishlab chiqilganligi, umuman individual
shaxsning xarakterli xususiyati bilan belgilanadigan ashyolardir.
Ularning o‘rniga boshqa ashyolarni ishlatib bo‘lmaydi.
Asosiy ashyolar va unga mansub bo‘lgan ashyolar deb, shunday
ashyolarga aytiladiki, bu ashyolar asosiy ashyosiz o‘z harakatini
amalga oshira olmaydigan hamda uning yuridik holatiga
bo‘ysunadigan ashyolar turkumidan iborat bo‘lgan.
Mansub ashyolar — asosiy ashyolarning qismi, unga taalluqli
yoki uning hosillari. Ular yuridik mustaqil harakatlarni amalga
oshira olmaydi, ya’ni asosiy ashyoga bo‘ysunuvchidir. Hosil va
daromadlarni hal qilishda asosiy ashyoga murojaat qilganlar.
Ayniqsa, qonuniy, insofli asosda egallangan shaxs tomonidan
jarblanuvchi da’vo qilgunga qadar, olingan foyda va daromadlarni
tasarruf qilgan bo‘lsa, uni qaytarib olishi mumkin bo‘lmagan.
Tabiiy bo‘lgan foydalar ham mavjud bo‘lib, bu yerda ashyoning
maqsadga muvofiq ravishda tayinlanishi buzilmasdan, tabiat orqali
hosil, daromadlar olish mumkin. Yana daraxtlardan olingan
95
mevalar, bog‘dan olingan hosillar, shuningdek qoramol, qo‘y,
echki va boshqa hayvonlardan olingan ashyolar tushunilgan.
Ularning huquqiy holati shu ashyolar, ya’ni daraxtlar, bog‘lar,
qo‘y-qo‘zilar, qoramollar kimga tegishli bo‘lsa, o‘sha shaxsning
hukmronligida bo‘lib, shu shaxs tomonidan belgilangan.
Rim huquqida, ayniqsa, ashyoviy huquqiy munosabatlarga
kirishayotgan paytda ashyoning huquqiy holati, ya’ni fuqarolik
muomilasidan chiqarilgan yoki chiqarilmaganligini aniqlab olish
lozim. Chunki shunday ashyoviy obyektlar borki, bu munosabat-
lar fuqarolik huquqiy munosabatlarida yoki aynan fuqarolar
o‘rtasida shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fuqarolik huquqiy
munosabatlarning obyektlari xususiy mulk bilan bog‘liq ashyolar
bo‘lib, ko‘pchilik holatlarda fuqarolarning o‘rtasida hamda fuqarolar
va yuridik shaxslar o‘rtasida ham qo‘llaniladi.
Ashyolarning muomiladan chiqarilgan yoki muomiladan
chiqarilmagan-ligiga qarab huquqiy rejim qo‘llaniladi. Muomiladan
chiqarilgan ashyo-larga davlatning o‘ziga xos mulklari, shahar
mulklari, Rim davlatining hududlari va boshqa mulklar kiritilgan.
Bu mulklar yoki ashyolarning ko‘proq boshqa ashyolardan farqi,
tabiiy asosda vujudga kelgan hamda maxsus vazifalarni amalga
oshiruvchi mulklardan iborat bo‘lgan.
Imperator Yustinian institutsiyalarida ham bu ashyolarga katta
e’tibor qaratilgan. Sinfiy davr huquqshunoslari hatto tabiat tomo-
nidan yaratilgan ashyolarning mavjudligini va ulardan barcha Rim
fuqarolari teng asosda foydalanishi mumkinligini e’tirof etib, ularni
quyidagilardan iborat deb hisoblaganlar:
— havo qatlami;
— oqar suvlar;
— dengizlar va ularning ichidagi jonivorlar;
— boshqa boyliklar.
Ommaviy huquq asosida vujudga kelgan ashyolarning egasi
butun Rim xalqi hisoblanib, bularga civitas (shaharlar mulki) —
daryolar, yo‘llar, stadionlar, konsert zallari kirgan hamda ulardan
butun Rim xalqi foydalangan.
Bundan tashqari, diniy yoki alloh bilan bog‘liq mulklar ham
bo‘lgan, biroq ular fuqarolik huquqiy munosabatlarining obyekti
96
bo‘lib hisoblanmagan. Alloh huquqlari xramlar, masjidlar, diniy
munosabatlarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan predmetlar,
ashyolar, qilxonalar hamda alohida shaxslarni, ya’ni oliy mansabli
magistrlarni, davlat rahbarlarini, payg‘ambarlarni, hurmat
qozongan shaxslarni dafn etadigan joylar muqaddas deb tan
olinib, alloh va uning yerdagi vakillari tomonidan himoya qilingan.
Ashyolarga bo‘lgan huquq turlari quyidagi:
— egalik qilish huquqi;
— mulk huquqi;
— boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquqlardan tashkil topgan.
Rim davlatida ashyolarga bo‘lgan huquq bir necha turlarga
bo‘lingan bo‘lib, ularning birinchisini egalik qilish huquqi tashkil
etgan va u xususiy mulk munosabatlarining asosi hisoblangan. Sinfiy
davr Rim huquqshunoslari egalik qilishni ashyolarga bo‘lgan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukmronlik qilish, ya’ni hech kimning yorda-
misiz, mustaqil asosda ularni egallab olish deb tushunganlar .
Ashyolarga bo‘lgan huquq to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zida bo‘lmas-
dan, balki boshqa shaxsga taalluqli mulkdan foydalanish,
boshqalarning mulkiga bo‘lgan huquq deb atalgan. Uni
huquqshunoslar iura in re aliena boshqalarning mulkiga bo‘lgan
huquq deb e’tirof etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |