Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

5-§. Vasiylik va homiylik
Rim davlatida (sui juris) o‘ziga-o‘zi xo‘jayin ya’ni, ozod
bo‘lgan Rim fuqarolari hamda shu davlat hududida istiqomat qilib
turgan shaxslar o‘zining kasalligi, nogironligi yoki boshqa holatlar
bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, o‘zining fuqarolik huquq layoqat-
larini amalga oshiruvchi shaxslarning yordam berishiga muhtoj
bo‘lganlar. Muomalaga layoqatsiz fuqaro shaxsini, uning qonuniy
huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun, shuningdek qonunda
nazarda tutilgan hollarda mulkiy huquqlarini qo‘riqlash, voyaga
yetmagan shaxslar, yengil tabiatli xotinlar, eri o‘layotgan paytda
vasiyatnomada xotiniga kim vasiy yoki homiy bo‘lishini tayinlab
ketgan holda — bu xotinga, aqli zaif bo‘lgan shaxslarga  vasiylik va
homiylik belgilangan.
Vasiyning vakolati o‘ziga-o‘zi xo‘jayin bo‘lgan shaxsning
kasalligi yoki boshqa holatlari tufayli, o‘z mulkini qo‘riqlay olmas-
ligi, boshqarishi yoki uni tasarruf eta olmasligi, uning jismoniy
yoki ma’naviy tomondan qilayotgan harakatlarini tushunib yeta
olmayotganligi sababli bu harakatlarni qonuniy asosda amalga
oshirishdan iborat bo‘lgan.


89
Ota hukmronligi institutining yaxshi ishlamaganligi, o‘z qo‘li
ostidagi shaxslarning huquqlarini himoya qila olmasligi ham vasiylik
va homiylikni keltirib chiqargan.
Vasiylik Gay institutsiyasi va XII jadval qonunlariga asosan,
xotinlar ustidan 25 yoshgacha, hatto vasiyatnomada to turmushga
chiqmaguncha degan so‘z va muddat bo‘lsa turmushga chiqqun-
gacha, ayniqsa xotinlar pul va ashyolarga o‘ch bo‘lganligi, ularning
tabiati yengilroq ekanligidan kelib chiqib vasiylik tayinlangan.
Vasiylik  (tutela) ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan
shaxslarga ham tayinlangan. Ko‘pincha u magistrat tomonidan
tayinlangan, ammo vasiy o‘zining kasalligi, yoshi, davlat xizmati
yoki harbiy xizmatlarini vaj qilib o‘z vakolatidan soqit bo‘lishi
mumkin bo‘lgan.
Vasiy faqat o‘z vasiyligida bo‘lgan shaxsning manfaatini ko‘zlab
harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan. O‘zining manfaati
uchun biror-bir harakat qilinsa yoki vasiylikda bo‘lgan shaxsning
mulkini, uyini yoki biror ashyoni sotib, vasiyligida bo‘lgan shaxsga
zarar yetkazgan bo‘lsa, da’vo qilish lozim bo‘lib, yetkazilgan
zarar to‘liq vasiydan undirib olingan.
Vasiyning burchi vasiyligida bo‘lgan shaxs tomonidan tuzilgan
shartnoma va majburiyatlarni tasdiqlash, shartnoma tuzish uchun
maslahatlar berish yoki oldindan kelishib olish masalalarini hal
qilishdan iborat bo‘lgan. Imperator  Sever (mil. avv. 195-yil) davriga
kelib, vasiy o‘z vasiyligida bo‘lgan shaxsning qishloq yerlarini yoki
shahardagi yerlarini sotish yoki garovga qo‘yishi to‘liq asosda man
etilgan. Undan tashqari, vasiy va uning homiyligidagi shaxslar
o‘rtasida nikoh tuzishlarga ham yo‘l qo‘yilmagan.
Rim davlati huquqi tarixida vasiylikdan tashqari homiylik ham
mavjud bo‘lgan.
Homiy  (cura) — voyaga yetgan shaxslar tomonidan o‘z
mulkini boshqara olmayotgan, aqli zaif, jismoniy tomonidan
kamchiligi bor shaxslar yoki qilgan harakatlarining oqibatini to‘liq
tushunib yeta olmaydigan shaxslarga tayinlangan. Homiy ko‘pincha
vasiy tomonidan o‘z vakolatini bajara olmaganligi yoki vasiyatno-
mada ko‘rsatilgan shartlarni, vazifalarni intizomsiz, yomon va lozim
darajada bajarmaganligi sababli vasiyning o‘rniga tayinlangan.


90

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish