Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

Sine manu nikohida esa er-xotinlar alohida bo‘lib, hatto
oddiygina asosda mulkni boshqarish ham xotinining roziligiga binoan


83
amalga oshirilib, er-xotinlar o‘rtasidagi munosabat topshiriq
berish shartnomasi orqali turmushga tatbiq etilardi.
Nikoh munosabatlari asosida xotin o‘z uyidan olib kelgan
ashyolarini, uy boshqaruvchisi va boshqa shaxslar tomonidan
berilgan, hadya qilingan mulklar «to‘y sovg‘asi»dek er-xotinning
oilaviy hayotidagi moddiy qiyinchiliklarini yengillashtirish maqsa-
dida ishlatilardi.
Respublikaning ilk davrida cum manu asosida tuzilgan nikohlarda
«to‘y sovg‘asi»ga huquqiy holat o‘rnatilmagan bo‘lib, u xotin
tomonidan olib kelingan mulklar qatoriga, ya’ni erning mulki
tarkibiga kiritilgan.
Sine manu nikohi asosida olingan yoki xotini va boshqa shaxslar
tomonidan berilgan mulklarga boshqacha huquqiy rejim o‘rnatilib,
agar nikohdan ajralish yoki erning vafoti bilan bog‘liq munosabat
kelib chiqsa, barcha olingan «to‘y sovg‘alari»ni og‘zaki kelishish
asosida er tomonidan qaytarib berishni o‘z zimmasiga olgan.
Agar asossiz nikohdan ajralishga xotin sabab bo‘lgan bo‘lsa,
pretor tomonidan da’vo qo‘zg‘atilib, mulkning ma’lum bir qismini
erga qaytarib bergan va bunga asos xotin kishining aybi, ya’ni
nikohdan ajralish sababi ko‘rsatilgan.
Rim davlatining rivojlanish tarixining I—III asrlari mobaynida
«to‘y sovg‘alari» alohida huquqiy tartibga solingan, ya’ni nikoh
davomida er barcha mulklarning egasi hisoblangan va mulkni tasarruf
qilishni ham amalga oshirgan. Lekin xotinning manfaatini e’tiborga
olgan holda, imperator Avgust tomonidan qonunlar qabul qilinib,
xotin kishining roziligi bo‘lmagan taqdirda unga taalluqli bo‘lgan
yerni (yer uchastkasini) tasarruf qilish huquqi taqiqlangan.
Hatto «to‘y sovg‘alari» ni qaytarib olish uchun xotin-qizlar
da’vo arizasini berganlar va bu ariza «to‘y sovg‘asini» qaytarib
berish to‘g‘risida deb atalgan. Er «to‘y sovg‘asi» dan bolalarini
o‘ylagan holda (chunki ko‘pincha bolalar er kishida qolardi) ma’lum
bir qismini olardi hamda harakat qilingan summalarni jarima
asosidagidek ushlab qolardi.
Imperator davrida «to‘y sovg‘asini» olgan er o‘z xotinining
hisobiga (o‘z oilasiga) hadya sifatida ma’lum sovg‘alarni, mulk yoki
ashyolarni bergan. Dastlabki paytda bu hadyalar nikohga qadar


84
amalga oshirilgan bo‘lsa (chunki er-xotin bir-biriga biror mulk
hadya qilishi mumkin emas edi) keyinchalik nikoh tuzish huzurida
hadya etishga ruxsat etilgan va bu mulklar erning mulki hisobiga
o‘tkazilgan, biroq erning aybi bilan nikoh bekor bo‘lsa, bu mulk
xotiniga to‘liq o‘tkazilgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish