Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Egallash  tushunchasi va uning turlari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

2-§. Egallash  tushunchasi va uning turlari
Qadimgi Rim quldorlik davlatida «egalik qilish» tushunchasi
amaliyotda ko‘pincha «mulk» atamasi yoki tushunchasi bilan bir
ma’noda qo‘llanilsa ham, Rim fuqarolik huquqi va hozirgi zamon
fuqarolik huquqida ikkalasini bir ma’noda tushunmaslik lozim.
Chunki, Rim huquqshunoslari egalikni «men mulkka egaman»
so‘zi orqali, mulkni esa «mening mulkka egalik huquqim bor»
degan ta’riflar bilan ajratganlar.
Egalik qilish — bu ashyo ustidan faktik holatda hukmronlik
qilish demak. U mulk huquqining kelib chiqishi uchun asos bo‘lib,
bir joyga joylashish, o‘troq bo‘lib qolish, egasiz bo‘lgan ashyoni,
predmetni yoki o‘tloq, yaylovni egallab olish tushunilgan.


97
Rim huquqida «ager publucus» degan tushuncha bo‘lib,  u
«umumiy joy», hamma teng foydalanishi mumkin bo‘lgan yer,
boshqa shaxslar tomonidan egallanib olinmagan joy sifatida
tushunilgan.
Qadimgi Rus tarixchilari «Kiyev haqida»gi yozma asarlarida
Kiyevning o‘z urug‘lari bilan Dnepr daryosining yonbag‘irlaridagi
toqqa  ko‘chib kelib joylashib qolganligi va shu tariqa Kiyev
shahrining vujudga kelganligini misol  qilib, egalik tushunchasini
«egasiz joyni o‘zlashtirish, o‘sha joyda o‘tirib qolish, o‘troq bo‘lish
yoki joylashib olish» degan ma’no bilan bog‘laydilar.
Egalik qilish institutining vujudga kelishini mashhur huquq-
shunoslardan biri yurisprudensiyaning atoqli olimi Labeon (mil.
avv. 45—10-y.) rim huquqida egalik tushunchasini «o‘tirmoq»,
«joylashib qolmoq», «o‘troq hayot kechirmoq» degan so‘zlar bilan
«egasiz bo‘lgan joyni ishg‘ol qilmoq yoki egallab olmoq» asosida
ta’riflagan. Demak, egallash — bu ashyoni real ravishda egallab
olib, uning ustidan hukmronlikni amalga oshirish degan ma’noni
anglatgan.
Qadimgi Rim  va unda yashab turgan  jamoa  uchun doimo yer
yetishmasdan, tanqis bo‘lib kelgan. Shu bois ular doimo o‘zlash-
tirilmagan yerlarni urushlar orqali yerga, hududga ega bo‘lishga
ko‘proq intilganlar.
Mashhur huquqshunos Sitseronning ta’kidlashicha, XII jad-
val qonunlarida, egasiz bo‘lgan joylarni, hech kim yashamay-
digan qir-adirlarni egallab olishga da’vat etib, hatto ikki yil davomida
insofli ravishda yerni, joyni egallab olgan shaxs sivil (fuqarolik)
huquqiga asosan, egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat
ikki yil muddat asosida belgilangan va muddatning o‘tishi bilan, u
shu mulkning egasi ya’ni, mulk huquqining subyekti bo‘lib tanil-
gan, hamda uni qonuniy asosda mustahkamlab bergan.
Fuqarolik huquqida asosan egallash deganda, avvalo ashyoni
egallagan shaxs, mustaqil shaxs bo‘lishi — persona sui juris  talab
etilardi.  Agar u shaxs mulkiy huquq va muomala layoqatiga to‘liq
ega bo‘lsa, va uni egallash, hamda faktik hukmronlikni amalga
oshirish maqsadini o‘z harakatlari bilan tasdiqlasa, u egallash
interdiktlari himoyasiga va qo‘riqlash munosabatlariga ega bo‘ladi.


98
Fuqarolik egallash, eng avvalo, o‘zi uchun o‘zining ismiga, to‘liq
ishonch  asosida, ya’ni mulk huquqining subyekti bo‘lishini e’tirof
etishni ham o‘z ichiga olgan.
Rim huquqshunoslari ashyolarni egallash va ularni ushlab
turishning bir-biridan farqini to‘liq anglab, ularga nisbatan har
xil huquqiy holatlarni  qo‘llaganlar.
Rim davlatining fuqarolik huquqiy munosabatlarida egallash
tushunchasi ikki qismga bo‘lingan:
1) mulkni jismoniy  asosda egallash;
2) mulkni ma’naviy asosda egallash.
Rim huquqida jismoniy asosda egallash — corpus  possesiones,
ma’naviy asosda egallash esa — animus possesiones  deb atalgan.
Jismoniy asosda egallash deb, uni fizik (gavdasini jismini)
yoki faktik holatda egallashga aytilgan.
Ma’naviy asosda egallash deganda, ashyoni o‘z erki va xohishi
asosida shu mulkka egalik qilish tushunilgan. Lekin barcha egallashlar
ham fuqarolik egallashga o‘xshab huquqiy munosabatlarni keltirib
chiqarmaydi. Egallashga o‘xshab ketadigan, ammo egallash kabi
o‘xshash harakatlar sodir etilsa-da, lekin huquqni himoya qilish
va qo‘riqlash munosabatlarini interdiktlarni qo‘llash kabi xusu-
siyatlarni  keltirib chiqara olmaydigan element — ushlab turish

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish