Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet1/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914


Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji (Umarali Normatov va Ulug‘bek Hamdam suhbati)
(O‘zbek modern she’riyati, umuman modernizm xususida suhbat)
Umarali NORMATOV: — Ulug‘bek, siz ham she’riyatshunos, ham shoir sifatida bugungi milliy she’riyatimizdagi jarayonlardan, qolaversa, zamonaviy jahon she’riyati, she’riyat ilmi haqidagi yangiliklardan yaxshi xabardorsiz. Oybekning zamonamizga hamohang «ko‘ngil she’riyati»ga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyangiz, hozirgi yosh shoirlar izlanishlariga doir matbuotdagi chiqishlaringiz adabiy jamoatchilikka ma’lum. Keyingi paytlarda marhum shoirlar Asqad Muxtor, Shavkat Rahmon, Muhammad Yusuf ijodiga oid tadqiqotlar olib bordingiz, bugungi milliy she’riyatimiz muammolari xususida doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlayotirsiz. Ayni chog‘da «Tangriga eltuvchi isyon» deb atalgan kattagina she’riy kitob chop ettirdingiz… Bilaman, she’riyat dunyosida yurgan bir yosh ijodkor sifatida bugungi she’riyat xususida hali qog‘ozga tushmagan gaplaringiz, o‘y-mushohadalaringiz ko‘p. Keling, hozir ko‘pchilikni qiziqtirayotgan masala — keyingi o‘n yil mobaynida muayyan adabiy hodisa tusini olgan o‘zbek modern she’riyati, uning jahon modernistik oqimi bilan mushtarak va ayri jihatlari xususida suhbatlashsak. ,
Ulug‘bek HAMDAM: — Umarali aka, nazarimda har qancha sodda tuyulmasin, baribir bir savol hamma zamonlar uchun qaysidir darajada muhim bo‘lib kelgan, hamma zamonlar unga u yoki bu tarzda javob berishga uringan. Savol taxminan shunday: «Umuman, she’r nima? Uning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati nimalardan iborat?..» Javob ming yillardan beri qidiriladi. Javob topilmaydi emas, topiladi. Biroq vaqt o‘tgani sayin javoblarning ohori to‘kiladi. Yangi davr, yangi kayfiyat tug‘ilishi bilan esa ohori to‘kilmagan javoblarga ehtiyoj seziladi. Aslida yangi javobning mohiyati eskisidan hech qancha farq qilmaydi, hamma gap shundaki, javobni har bir davr o‘z tushunchalari, belgilari bilan bezaydi. Chunonchi, Aristotel o‘z davrida poeziyaning mohiyatida «katarsis», ya’ni poklanishga intilish mavjud degan bo‘lsa, XX asrga kelib, uning yoniga, masalan, she’r kishini yolg‘izlikdan asraydi yoxud insonning ruhiy muvozanatga erishuvida yordamchi bo‘ladi, deganga o‘xshash yorliqlar qo‘shib qo‘yildi. Chunki aynan XX asrga kelganda inson o‘z yolg‘izligini teranroq his qila boshladi-da. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, qaysi asrdayu qaysi davrda qanaqa o‘y-dard bo‘lsa, san’at (she’riyat) ham shuni ifoda etadi. Alal-oqibat har bir davr san’at (she’r) ni o‘ziga qarab turgan qirrasining ismi bilan atay boshlaydi. Vaholanki, san’at ko‘p qirralidir. Shunday emasmi?..

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish