Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet7/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Umarali NORMATOV: — Bu fikr ham munozarali. Hatto absurd asarning ahamiyatini har jihatdan himoya qilib chiqqan Jabbor Eshonqulov «Voqelik va xayolot» sarlavhali mazmundor maqolasida (O‘z AS, 2002 yil, 12 iyul) «absurd asar absurd ijodni talab qiladi», «absurd ijod yo‘q joyda absurd asar ham bo‘lmaydi» deydi. To‘g‘ri gap. Biroq bunday qarash biroz aniqlik kiritishga muhtoj. Absurd adabiyot nazariyachilarining fikricha, absurd ijodga mansub bo‘lmagan adiblar bisotida ham absurd g‘oyasi, tuyg‘usi, absurd qahramon qarashi, absurd muammosi qo‘yilaverishi mumkin. Masalan, F. Kafka absurd ijodkor emas, lekin bu buyuk adib asarlarida absurd problemasi butun keskinligi bilan yoritilgan. Bugina emas, jahon adabiyotidagi Gogol, Dostoyevskiy singari daho realist yozuvchilar ijodida ham ayni shu holni kuzatish mumkin. Shuningdek, absurd doirasi ham nihoyatda keng. Sizif haqidagi rivoyatda namoyon bo‘lgani kabi keng qamrovli azal va abadga daxldor ma’nolarni tashuvchi asarlar bilan barobar, oddiy kundalik real voqea-hodisalar qalamga olingan asarlarda ham bu tuyg‘u, g‘oya namoyon bo‘laverishi mumkin. Biz har-xil maqomga solib, tortishib, chalkashtirib yurgan absurd tushunchasi mohiyatini Kamyu Sizif haqidagi qadimgi mif misolida sodda va lo‘nda qilib ochib bergan. O‘sha asotirga ko‘ra bu foniy dunyoning hoyu havaslariga mukkasidan berilib ketgan Sizif og‘ir jazoga — poyoni yo‘q samarasiz mashaqqatli mehnatga mahkum etiladi: u ulkan xarsang toshni tog‘ cho‘qqisiga ne-ne azoblar bilan dumalatib chiqadi, endi yetdim deganida bu tosh orqaga — pastga dumalaydi. Sizif bunday samarasiz mashg‘ulotni uzluksiz davom ettiradi. Kamyu Sizifni absurd qahramon deb ataydi. Sizifning mangu besamar mehnati, fojeiy qismatini eslatadigan hodisalarni bu foniy dunyoda hamma zamonlarda, har qadamda uchratish mumkin. Adib umr bo‘yi mehnat qilayotgan hozirgi ishchilarning qismati absurd bobida Sizifnikidan kam emasligini ta’kidlaydi.
Ana shu qarashlarga tayanadigan bo‘lsak, XX asr o‘zbek adabiyotida, xususan, Cho‘lpon, Qahhor ijodida, 80-yillar oxiri va 90-yillarda paydo bo‘lgan o‘nlab she’r, doston, hikoya, romanlarda absurd tuyg‘usi, g‘oyasi, absurd qahramonni eslatadigan talay personajlar mavjudligi sirayam ajablanarli emas. A. Qahhorning o‘tmishdan olib yozgan hikoyalari, «Sarob» va «O‘tmishdan ertaklar» asarlari bu jihatdan yangi o‘zbek adabiyotida noyob hodisa. Qahhor ijodida absurd talqinning mavjudligi xususida so‘z ochish B. Sarimsoqov da’vo qilganidek, uni realizmga zid «ma’nisiz adabiyot» botqog‘iga tashlash emas! Qahhor asarlarida absurd xususiyatlarining mavjudligini e’tirof etish aslo bu ulug‘ adibning realizmdan chetlatish degani emas! Kamina qalamiga mansub «O‘tmishdan ertaklar» va absurd» maqolasida Qahhor asarlaridagi absurd alomatlari realizm an’analari zaminida shakllangan, mustabid mafkura sinfiylik tushunchalari g‘uborlaridan xoli bo‘lmagan betakror adabiy hodisa ekani aytilgan. Shuningdek, «Lolazor», «Otamdan qolgan dalalar», «Tushda kechgan umrlar», «Olabo‘ji» kabi realistik romanlardagi bir qator personajlar qismatida absurd muammosining qo‘yilishi zamonaviy jahon adabiyotidagi mavjud tajribalarga aynan mosdir.
E’tirof etish kerak, absurd, ekzistentsializm, umuman modernizm muammolarini, xususan ularning milliy adabiyotimizdagi ko‘rinishlarini o‘rganish, talqin etishda hali tajriba kamligi uchun qator qiyinchilik va chalkashliklar uchramoqda. Ularni ro‘kach qilib bu jiddiy muammodan yuz o‘girishga qaratilgan da’vatlar, cho‘chitishlarni tushunish qiyin. Bunaqa da’vat, cho‘chitishlar zamon ruhiga zid! Absurd tasvir san’at va adabiyotdagi o‘nlab, balki yuzlab talqinlarning biri. Uni xushlamaslik, unga qo‘shilmaslik, u bilan bahslashish mumkin, biroq uni butunlay rad etish ziyoli, olim odamning ishi emas!
Kishini quvontiradigan holat shundaki, so‘nggi yillar adabiyotshunosligida XX asr o‘zbek adabiyotini o‘rganish, talqin etishda aqidaparastlar mezonlaridan qochib yangicha yo‘llar qidirish mayli kuchayib bormoqda. Bu yo‘llardagi dastlabki izlanishlar, yangicha kuzatish, tahlil va talqinlar, umuman XX asr o‘zbek adabiyoti, uning jahon zamonaviy adabiyotida tutgan o‘rni xususidagi tasavvurlarimizni xiyla boyitmoqda. Ayniqsa, milliy adabiyotimiz nodir namunalarining jahon zamonaviy adabiyoti, jumladan, modernizm durdonalari bilan qiyosiy tahlil va talqinlari kutilmagan xulosalar chiqarish uchun izn va asos bermoqda.
Shaxsan men ham A. Qahhorning «Sarob» romanidagi bosh personaj tasviri va talqini ko‘p jihatdan Kafkaning «Jarayon»iga yaqin turishi, bu romanda shuningdek, «O‘tmishdan ertaklar»da ekzistentsializm, absurdizm xususiyatlari mavjudligini isbotlashga harakat qilganman.
Јaroyib hol: bir asrda jahonning turli nuqtalarida, turli xil sharoit va milliy zaminda, turli tillarda dunyoga kelgan san’at namunalarida bu xil mushtarak jihatlarning mavjudligi sababi, ildizi qayerda? Ko‘lamli, teran tadqiqotlarga arziydigan mavzu! Ehtimol hozircha bu boradagi mavjud kuzatish, mulohazalar ayrim hamkasblarimizga g‘ayritabiiy tuyulishi mumkin, lekin shu xil fikrlashga, bahsga undaydigan ilmiy faraz, versiyalarning o‘rtaga tashlanayotganligining o‘zi quvonchli hol! Taraqqiy etgan mamlakatlarda ilmiy faraz, yangicha g‘oyalarning qadr-qimmati fundamental tadqiqotlarnikidan kam emasligini unutmaylik.

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish