Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet18/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Ulug‘bek HAMDAM: — Bugungi o‘zbek modern she’riyatida va umuman, o‘zbek adabiyotida «katta burilish» – ta’siri nafaqat san’at doirasida, balki jamiyat miqyosida kutiladigan voqealarning deyarli sodir bo‘lmayotgani yuqorida u yoki bu munosabat bilan aytilib o‘tgan sabablarga bog‘liq ekanidan tashqari, yana ikki ulkan omilga ham aloqadorligini ta’kidlash lozimga o‘xshaydi. Birinchisi, tashqi omil – jamiyat hayotining keyingi 10-15 yil mobaynida ko‘pqatlamli, ko‘pqiyofali mazmun kasb etishi oqibatida muayyan ijtimoiy-iqtisodiy-ma’naviy toifaga mansub kishining o‘z qatlami darajasidagi ehtiyoj va qiziqishlarining shakllanganligi hamda adabiyot-san’atning ko‘p hollarda mazkur ehtiyoj va qiziqishlar ro‘yxatidan «tushib qolayotganligi» bilan izohlanadi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, garchi «adabiyot odamlari» orasida modern kayfiyat kechagi kunga nisbatan bir qadar barqarorlashgan esa-da, modern she’r muxlislarining soni baribir, judayam ozchilikni tashkil qiladi. Raqamning «kambag‘alligi» modern she’rni tushunish o‘quvchidan xos bir adabiy tayyorgarlik, xos bir badiiy did taqozo etishiga ham bog‘liq, albatta. Hatto aytish mumkinki, adabiyot-san’atga qaysi bir jihatdan bevosita aloqasi bo‘lgan o‘quvchigina bugungi modern she’rning chin muxlisi. Odatda, talabning cheklanganligi taklifning kamtaronaligiga, yetarli miqdorda ommaviylashmasligiga olib keladi.
Ikkinchisi ichki omil bo‘lib, shoir shaxsi, bu shaxsning qismati bilan bog‘liq faktordir. Shoir bo‘lib tug‘iladilar, degan naql yuradi. Bu gapda hikmat bor. Chunki shoirlik, bu — haqiqatan ham qismat. Kishi shoirtabiat bo‘lib tug‘ilishi va andak adabiy ta’lim orqasidan binoyidek she’rlar mashq qilishi, hatto el og‘ziga tushishi mumkin. Aslida shunday shoirlar ham kerak. Hammaning birdek «daho» bo‘lishi mumkin ham, shart ham emas. Biroq san’atda navoiylar bu tariqa paydo bo‘lmaydi. Navoiylarga fitratining shoirtabiatliligidan tashqari qismatining ham ayricha — chinakam ijodkornikiga monand bo‘lmog‘i zarur. Ulug‘ dard, mislsiz muhabbat, taskinsiz ulkan yo‘qotishlar, azim ruhiy evrilishlar, tuganmas iztiroblar… mana nimalar havodek kerak Katta Shoirga, Ulkan San’atkorga!.. Biroq kechirasiz, bu yog‘i endi peshona… Odam buyurtma berib baxtsiz bo‘la olmaydi, ataylab o‘zini-o‘zi ruhiy qiynoqlarga, iztiroblarga, o‘pqondek yutib kelguvchi dard-munglarga giriftor eta bilmaydi… Qismat… Shuning uchun ham oramizda iste’dodlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, daholar kamyob… Iste’dodning daho san’atkorga «aylanmog‘i» uchun ana shu do‘zaxiy azoblarni kechib o‘tishi va eng muhimi, tegirmondan butun chiqmog‘i shart! Ha-ha, shuncha evrilishlardan so‘ng ham botinida o‘z insonlik sha’nini butun saqlab qololgan iste’dodgina yana bir qadam ilgari tashlaydi – Ulkan San’atkorgina yozishi mumkin bo‘lgan durdonalarni yarata boshlaydi. Mana, nima uchun hammamiz binoyidekmiz-u, oramizda navoiylar ko‘rinmaydi…
Jubert yuqorida eslangan kitobida Masset ismli muallifning 1835 yilda yozilgan «May kechasi» deb nomlangan she’rini keltiradiki, nazarimda u ruhan aytilganlarga monand tushadi:
Ishq to‘la ko‘ksidan oqar edi qon:
Dengizlar ustida behuda uchdi,
Sohillar bo‘sh edi, bo‘sh edi ummon.
Nihoyat panjasin ko‘ksiga sanchdi…
Keltirdi yuragin polaponlarga.
Toshga yastangancha ojiz saqoqush
Bo‘lasha boshlarkan so‘ngra parchani,
Ulug‘ muhabbat-la qismat achchig‘in
Bostirib qo‘ygandek sezardi o‘zni.
Va qonli to‘shiga boqardi bot-bot
Zavqdan va shafqatdan, dahshatdan sarxush…
(tarjima bizniki — U.H.)
Yana-da ko‘p iztirob chekib yashagan shoir ham o‘z hayotini asarlar tariqasida qonga tashna o‘quvchilarga mana shu tarzda arg‘umon etadi, deydi frantsuz olimi she’rni tahlil etarkan. Albatta, bu misolda kimdir ortiq darajadagi mubolag‘ani ko‘rar, kimdir boshqa fikr aytar, lekin, nima bo‘lgandayam haqiqiy shoir-ijodkor taqdiri ba’zan chindanam saqoqush qismatini yodga soladi. Shu ma’noda oramizdan navoiylarning potrab chiqib turmaganining sabablaridan biri — saqoqushning achchiq qismatidek qismatni kamdan-kam, noyobdan-noyob ijodkor o‘ziga ravo ko‘rishidadir. Bas, shunday ekan, haqiqiy shoir, umuman, san’atkor bu — avvalo, Ulug‘ Dardmandki, men unga havas qilishdan, sharafiga sanolar o‘qishdan oldin dardiga Yaratgandan shifo tilagan bo‘lardim. Ha, chinakam shoirlar (e’tibor bergan bo‘lsangiz, butun suhbatimiz davomida men «san’atkor», «ijodkor», «shoir» so‘zlari oldiga «chinakam», «haqiqiy» degan sifatlarni bot-bot qo‘shib qo‘yishga majbur bo‘ldim, o‘ylaymanki, izohga hojat yo‘q!) oramizdagi eng kasalmand, «sog‘lar orasidagi nosog‘» kishilarkim, ularning dardi haqiqatan ham olamning dardi, odamning dardidir. Ularga hasad qilish esa, ko‘rinadiki, har qanday sog‘lom mantiqdan yiroq axmoqona va razilona ishdek tuyuladi menga.

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish