Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet13/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Umarali NORMATOV: — Abduvalining bu asarini nazarimda 90-yillarda yaratilgan ko‘plab yaxshi-yaxshi modernistik ruhdagi dostonlarning o‘ziga xos debochasi, deyish mumkin.
Ulug‘bek HAMDAM: — Umarali aka, umuman o‘zbek she’riyatidagi tub modern burilishlar qayerdan va qanday boshlandi? – degan savol meni o‘ylatadi. Albatta, o‘zbek she’riyatida yuz bergan chin ma’nodagi yangilanishni ancha ilgaridan, XX asr tongotaridan, xususan, Cho‘lpondan deya olmoqlik ham haqiqatga zid emas. Hatto XX asr ikkinchi yarmi va ayniqsa, kunbotarida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar natijasida shaklan an’anaviy, ya’ni aruziy, mazmunan esa noan’naviy ijtimoiy lirikaning paydo bo‘lganligi ham fakt, bor narsa. O‘sha Muqimiyu Furqat, Ibratu Ajziy, Avaz O‘taru Maxmur, Turdi va hokazo o‘nlab shoirlarimiz ilk bor g‘azalda ijtimoiy mavzularni kuylamadimi? Va bu shoirning badiiy tafakkur tarzidagi tubdan o‘zgarish kechayotganidan dalolat emasmidi?.. Biroq baribir, butun intilishlarning natijasi, hosilasi bu – Cho‘lpon bo‘ldi. (Rus she’riyatida Pushkin shunday «hosila»dir. Jukovskiy va Derjavin, Delvig va Baratinskiy, Yazikov kabi o‘nlab o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan shoirlari intilgan cho‘qqi faqat Pushkin tomonidan zabt etilgandi.) Albatta, Fitrat bor edi, Hamza va Elbek bor edi, biroq XX asrning tom ma’nodagi yangi she’riyatining o‘ta muvaffaqiyatli ibtidosi, baribir, Cho‘lpon nomi bilan bog‘liq ekanini tan olishdan o‘zga chora yo‘q. Chamasi, 10 yillar burun bir suhbatda taniqli adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqulov Cho‘lponni yangi o‘zbek she’riyatida tutgan o‘rni to‘g‘risida gapiraturib, agar XX asr o‘zbek poeziyasini bir azim daraxtga mengzasak, Cho‘lpon, shubhasiz, uning o‘zagidir, degan fikrni bildirgan edi. Chunki, XX asr o‘zbek she’riyatiga neki xususiyat aloqador ekan, deyarli barchasini Cho‘lpondan topish mumkin. Hatto bugun qaysidir ma’noda rusm bo‘layotgan modernistik ohanglar – dunyoni boshqacha, butunlay kutilmagan tomondan idrok etish ham bor unda. Oybekday dilbar shoir «ko‘ngil lirika»sini, Hamid Olimjondek xalqona ohang ustasi she’rlarini, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi kabi hassos shoirlarimizga xos tuyg‘u nozikligini, hatto Abduvali Qutbiddindek o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos ovoz sohibi poeziyasini yodga tushiradigan she’rlarni Cho‘lpon she’riyatidan o‘qish mumkin. Cho‘lponning «Lekin shu’lalar Singib boralar Oqshom to‘r solar» («Ko‘klam yomg‘iri»), «Na uchun yaproq Choyshab yoymaydir… («Ko‘klamdan xabar»), «Qor parchalari To‘kilgan sadaf, Yonar yiltillab Oy kechalari» («Bu yerning qishi») kabi serramz oltin misralari Oybekning «Kunduz», «Tong», «Dengizda oqshom», «Qishki oqshom», «Erta bahor» kabi o‘nlab simvolizmning go‘zal namunalari hisoblanmish she’rlari bilan ruhiy «qarindosh»dir.
Cho‘lponning 20-yillarda yozilgan «Sochilgan sochingdek sochildi siring» deya «S» tovushiga urg‘u berib va bu urg‘u orqali ham ma’noni kuchaytirishga, ham she’r maydoni ichra tovush o‘yini yasashga erishgan misrasi keyinroq, 57-yilda Erkin Vohidov tomonidan yaratilgan «Qaro qoshing, qalam qoshing» deb boshlanuvchi ajoyib she’rning XX asr o‘zbek poeziyasidagi dastlabki muvaffaqiyatli namunasidek tuyuladi. Yoxud:
Bulutlar turgan joylarida qotib qoladirlar,
Gulduraklar dam chiqarmasdan nafas oladirlar.
Chaqmoq toshini bag‘riga berkitadir,
Nay kamalak o‘qlarini ataylab chikkitadir…
Va yoki:
Bulut – kampir elagini ko‘tarib
Suprasini yoymoq uchun boradi, —
kabi misralari Abduvali Qudbiddin tashbehlarini va umuman, bu shoirning dunyoni badiiy idrok etishidagi ayrim xususiyatlarini (chunonchi, olamni kutilmagan, noan’anaviy tashbehlar orqali idrok qilishini) yodga tushiradi. Qolaversa, Cho‘lpon she’riyatida yana shunday ohanglar borki, ular keyingi avlod shoirlari tomonidan haligacha maromiga yetkazilib kuylanmagan, desak mubolag‘a bo‘lmas.
Shu ma’noda aytish kerakki, she’riyatimizdagi bugungi modernistik intilishlarda ko‘pincha ohang mensilmayotganining guvohi bo‘lmayapmizmi? Bu o‘rinda ohangni faqat bir xil miqdordagi ritmlar yig‘indisi yo qofiyadan iborat deb tushunmasligimiz lozim. Men tuyg‘u ohangini nazarda tutayapman. Har qanday yaxshi she’r ana shu ohangdan istisno emas. Ayniqsa, noan’anaviy, bugun biz modern deya e’tiborlarga havola etayotganimiz she’rda ichki tuyg‘u ohangi bo‘lmas ekan, u hech nimaga arzimaydi…
Oybekning 20-yillarning oxiri va 30-yillarning avvalida yozgan simvolistik she’rlarini alohida urg‘ulab o‘tishni istar edim. Shoir «Ko‘ngil she’rlari»ning aksari juda jozib tuyg‘u asosiga qurilganki, ularni ko‘nikilgan usullarda birdaniga va birvarakayiga tahlil qilib tashlash va bundan zavq olish g‘oyat mushkul. Bunday she’rlar ramzlarga qorishgan, ramzlarga aylangan tuyg‘u tilini nozik tushunishni taqozo etadi. Hatto bu ham kamlik qiladigandek: o‘quvchi o‘z muhitidan qabul qilib olgan va badiiy tafakkurida me’yorlashgan, qat’iylashgan ayrim dogma nuqtai nazarlar qafasini parchalab tashlab she’rni o‘qishga tutinmog‘i lozim. Shundagina balki omad kulib boqar: san’at asari o‘z bag‘rini ochar… Ehtimol, shundagina modernizmning san’at asarini Aristotel aytganidek, tabiatga taqlid va undan olingan nusxagina deb emas, balki tabiatga, voqelikka muqobil, u bilan baravar bellasha oladigan o‘zga bir muvoziy voqelik, deyishi ma’nisini tushunib borarmiz…

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish