Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet11/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Umarali NORMATOV: — She’riyat, umuman, adabiyot dunyosi qiziq. Aks holni kuzatish ham mumkin. Eng zamonaviy, «sof modern» she’r bag‘rida an’anaviy ruh kishi bilmas bir tarzda yashayverishi ham mumkin. Faxriyorning «Ayolg‘u» dostonidagi mana bu satrlarga quloq tuting-a:
Oylar cho‘kar falakdan jimir jimir jimirlab
Tog‘lar cho‘kar falakka g‘imir g‘imir g‘imirlab
Toshlar qilar kalaka qiqir qiqir qiqirlab
mening esa bo‘g‘zimda
uluv bordir bir ulim
hey tulugim hey tulum
hey tulugim hey tulum
Keyingi satrlarda xalqona taronalar ruhi sho‘x, o‘ynoqi va ayni paytda o‘kinch-armonlarga to‘la siniq, ajib bir ma’yus tuyg‘ular sadosi yana-da yorqinroq yangraydi:
ko‘ktangrining bog‘ida gullar unar noparmon
endi men bu gullarni izlab qaydan toparman
singan umidlarimning darvozasin yoparman
gulni izlab boradir
uluvlarim ul ulum
Hey tulugim hey tulum
hey tulugim hey tulum
Biroq o‘sha an’anaviy, xalqona ruh-ohang bilan yo‘g‘rilgan satrlar bag‘rida qad rostlab turgan lirik qahramon shoirning nigohi, tabiat manzaralarini ko‘rish, kuzatish, idrok etish tarzi tamomila yangicha, o‘ziga xos. Manzaralar harakati, aniqrog‘i, sassiz harakatlar shoir ko‘nglida g‘aroyib aks sadolar beradi, bo‘g‘zida bir ulum uluvga aylanadi, bu g‘aroyib uluv sadosi qulog‘ingiz ostida eshitilib turgandek bo‘ladi: bir qarasangiz aniq-tiniq, bir qarasangiz mavhum, sir-sehrlarga, qandaydir imo-ishoralarga to‘la asov ruhiy kechinmalar bizni muvozanatdan chiqarib, g‘alati holatga soladi. She’riy satrlardagi asov ruh hech qanaqa qoliplarga sig‘maydi, an’anaviy she’riy tizim talablarini, yozuv-imlo qoidalarini tan olmaydi, tinish belgilariga hojat qolmaydi. Mabodo satrlar mavjud qolip-qoidalarga solungudek bo‘lsa, aminmanki, ruhiy-hissiy tarovatini yo‘qotadi. Bu modern she’riyatning muhim belgilaridir.
Ulug‘bek HAMDAM: — Mening nazarimda yangi, modern she’r bu, avvalo, badiiy tafakkurdagi yangilanishdir. Aslo qofiyadan, ritmdan ongli ravishda voz kechish emas. Albatta, ana o‘sha yangilangan badiiy tafakkur mahsuliga yangi libos — yangi shakl kiydirish agar shoirga muyassar bo‘lsa, nur ustiga nur. Bo‘lmasa, bu shoirning aybi yo kamchiligi hisoblanmasligi lozim. Yangi shakl, ifoda zo‘r berish bilan emas, balki dunyoqarashdagi, olamni idrok etishdagi yangorish bilan, badiiy tafakkur tarzimizdagi, didimizdagi yangilanish bilan, demakki, ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-psixologik zamindagi ulkan siljishlar bilan dunyo yuzini ko‘radi.
Shavkat Rahmon she’riyatini olaylik. U an’ana zaminida yaratilgan yangi, original she’riyatdir. Bu she’riyatning an’anaga yaqinlik darajasi ancha yuksak bo‘lganidan bir qarashda ko‘p ham original she’riyat bo‘lib tuyulmaydi. Biroq adabiyot ilmi, badiiyat qonuniyatlari nuqtai nazaridan hijjalab o‘rganilganda, Shavkat Rahmon she’riyatining o‘ziga xosligi ochila boradi va u masalan, salaflar she’riyatidan qaysi bir jihatlariga ko‘ra ajralib turishining guvohi bo‘lamiz. Yoxud modernistik she’riyatimizning yirik vakillaridan biri Bahrom Ro‘zimuhammad va yoxud Faxriyor she’riyati biz ko‘nikkan an’anaviy lirikamizga nisbatan g‘oyat original ko‘rinmasin, ular ham o‘z an’anasiga ega. Boshqacha aytsak, bugun tobora kengroq yoyilayotgan modernistik she’riyatning dunyo adabiyotida, jumladan, o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni bor, u «havodan oziqlanayotgan gul» emas. Turkiy xalqlarimiz adabiyotini, qo‘lyozmalarni varaqlab ko‘rganimizda ham shu holga duch kelamiz: ajdodlarimiz aruzdan avval, hatto barmoqdan ham avval sochmalar shaklidagi erkin vaznlardan foydalanishgan ekan. Bunga birgina misol – Turkiyada chop etilgan «Chingizxonning maxfiy tarixi» nomli tarixiy asarga kiritilgan turkularni olib ko‘ring… Qolaversa, vaqt aylanishi bilan she’rning yangilanishi ham qonuniyat, axir. Yangi davr, yangi nasl kayfiyati… degandek. Tushunchalar, qadriyatlarning turlanishi bor… Shu ma’noda she’riyatda yangilik yaratgan shoir o‘z davrining jon tomiriga qalb qulog‘ini tutib turgan va unga to‘g‘ri tashhis qo‘ya bilgan ijodkordir, bor-yo‘g‘i — shu. Hodisani shishirib, unga ilohiy liboslar kiydirishga, shoirni salkam payg‘ambar atashga hojat yo‘q. Shu bilan birga uni kamsitishlik, «ha, endi bir shoir-da…» deya, ijodkorga mensimay munosabatda bo‘lishlik ham kam deganda madaniyatsizlikdir. Birgina fakt — haqiqiy shoirlik ko‘pchilik dardiga malham qo‘yishga urinish ekanligining o‘ziyoq ijodkorlikning qanday sharafli qismat ekanligidan shohidlik beradi..

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish