Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet10/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Umarali NORMATOV: — Yoshlar she’riyati tugallanmagan, harakatdagi jarayon, binobarin, ularning adabiyotdagi o‘rni haqida gapirishga ancha fursat bor, deysiz. Bu, bir jihatdan, to‘g‘ri. Ayni paytda ular haqida gapirish, bahslashish uchun bugun ham yetarli asos, ham katta ehtiyoj bor. 70—80-yillarning muayyan sintezi va 90-yillar yangicha she’riyatimizning debochasi sanalmish Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug‘at» dostoni, Faxriyorning «Ayolg‘u», Bahrom Ro‘zimuhammadning «Kunduz sarhadlari» kitoblari, bu shoirlarning o‘nlab safdosh va izdoshlari ijodisiz, ayniqsa,«Muchal yili», «Yoziq»dek dostonlarsiz keyingi o‘n yillik o‘zbek milliy she’riyatini aslo tasavvur qilish mumkin emas.
Ulug‘bek HAMDAM: — Albatta, shubhasiz. Biroq men andak boshqa jarayon haqida fikr yuritayotgan edim. Bahs yuritayotganimiz modern she’r o‘z bo‘y-bastini asosan, 70-yillardan bu yonda ko‘rsatayotgan va kunimizga kelib uning ishqibozlari, haqiqiy jonkuyarlari ko‘payib borayotgan ekan, demak, u tobora pishib-shakllanmoqda. Bas, shunday ekan, bu she’riyatning «oltin davri»ga ajab emaski, endi kirib kelayotirmiz. Tarixdan misollar: asr boshlaridan ibtido olgan barmoq vaznidagi o‘zbek she’riyati eng go‘zal namunalarining ko‘pchilik qismi 60—70-yillar she’riyatiga to‘g‘ri kelganligini o‘ylab ko‘rsak, ayon bo‘ladiki, qariyb yarim asrlik vaqt bejiz ketmabdi. Bu yillar mobaynida o‘zbek she’riyati badiiyat bobida, san’at bobida izlanibdi, pishibdi. Yoki yana boshqa bir misol: Navoiy ham yo‘q yerdan bino bo‘lgan emas, balki ungacha ham Lutfiy, Atoiy kabi o‘nlab shoirlar turkiyda ash’or bitib, tilning, nazm tilining, tashbeh va ramz tilining shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Agar bu borada ham Navoiy birinchi bo‘lganda, ehtimol uning ko‘p fursati va emagi salaflar amalga oshirgan «qora ishlar»ga sarf bo‘lib, badiiy durdonalarining soni va sifatiga putur yetgan bo‘larmidi… (Shu ma’noda o‘zbek modern she’riyati hatto shu bugungi holida ham ko‘pso‘zlilikdan, olifta va bachkana tuyg‘ularu «burama» fikrlar yaltiroqliligidan, tafakkurning hissiz o‘yinlaridan holi emasligidan ko‘z yummaslik lozim. Ammo ishonamanki, u o‘z rivojlanish yo‘lida bunday qusurlardan forig‘ bo‘lib, yuksak badiiy tiniqlikka erishadi. Necha yuz yillardan beri yashab kelayotgan va bugun ham muhib qalblarga o‘z titrog‘ini solayotgan yapon xokku va tankalarining siri-asrori haqida bir mulohaza yuritsak, men aytayotgan fikrning ma’nisi yanada oydinlashadi.) Shundan ham ko‘rinib turibdiki, dunyoda biron shaxs va uning biron-bir ishi o‘z — o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, aksincha, hamisha tarixdan, salaflardan (hatto u salaflarga sira «o‘xshamasa» ham) o‘rganiladi. Xuddi shunday bugun biz yangicha, modern she’r, deb atayotganimiz ham hali shakllanish bosqichida, bas, uning ham mevalari larzon-larzon pishgan, hosildor fasliga nasib qilsa, endi kirib kelamiz. Ayni chog‘da ta’kidlab aytish joizki, turli xil ko‘rinishdagi modern yoki modern realistik she’rning yaxshi-yaxshi namunalarini o‘sha Asqad Muxtorning «99-miniatyura»sidan, o‘sha Rauf Parfining «Sabr daraxti»ga kirgan «uchlik»laridan, 70-yillar avlodi shoirlarining unumli tajribalaridan tortib to shu kunda faol ijod qilayotgan Bahrom Ro‘zimuhammad, Abduvali Qudbiddin, Faxriyor kabi shoirlar ijodlaridan topish mumkin. Shermurod Subhon, Olima Nabizoda, Go‘zal Begim, Dilrabo Mingboyeva, Oydin kabi o‘nlab yosh ijodkorlarning o‘z ilk mashqlarini aynan modern ohanglarda e’lon qilayotganliklari ham modern she’r haqidagi asosiy bahs-munozaralar hali oldinda ekanidan dalolat beradi…

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish