Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet6/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Ulug‘bek HAMDAM: — Darhaqiqat, g‘alati hol, paradoks. Fojia, tushkunlik, o‘lim kabi tushunchalar hayotda ijobiy ma’noga ega emas. Biroq bu mavzularda yaratilgan badiiy durdona asarlarni sevib o‘qiymiz, ular necha asrlardan buyon odamlarni hayajonga solib keladi.
Umarali NORMATOV: — Balli! Absurd bobida ham ayni shunday. Absurd bu — ko‘hna dunyo, hayot, yashashning ma’nosi haqidagi o‘ziga xos mushohadalar majmuasidir. Absurd asar odat tusiga kirgan hayotiy hodisa, jarayonlarni yangicha idrok etishga, bahsga undashi bilan qimmatlidir. Absurd asar aslo befarqlik, loqayd munosabat emas, balki fikrdagi, qalbdagi tug‘yon-isyon mahsulidir. Absurd ijod sohibi va nazariyachisi Kamyuning «Absurd bu — o‘z cheki-chegarasini anglaydigan aql-idrok», «Men fikrdan nimani talab qilsam, absurd ijoddan ham ayni shuni — isyon, erkinlik va rang-baranglikni kutaman» degan so‘zlarini unutmaylik!
Nahotki XX asr absurd adabiyotining yuzlab nodir namunalari, jumladan, ona tilimizga allaqachon tarjima qilingan, kitob bo‘lib chiqqan, bugungi kunda maktab o‘quv dasturiga kiritilgan «Begona», «Vabo» asarlari jamiyatda ana shu asarlarga umuman estetik talab bo‘lmagan paytda, ijodkorda esa «ehtiyoj farzandi» tug‘ilmaganda yozilgan bo‘lsa?! B.Sarimsoqov da’vo qilganidek, absurd adabiyot «muayyan g‘oya tashimaydigan adabiyot» ekan, nega bu adabiyotning ulkan namoyandasi va nazariyachisi A. Kamyu o‘z davrida «Ovrupa vijdoni», «Aqllar hukmdori» degan nom oldi? Olim «ma’nisizlik»da, «loqaydlik»da ayblagan oqimga mansub adib insoniyat oldiga bugungi kun muammolarini butun keskinligi bilan qo‘yuvchi adabiy asarlarining ahamiyati uchun nufuzli xalqaro «Nobel» mukofoti bilan taqdirlangan edi-ku!
Ulug‘bek HAMDAM: — Fikringizga qo‘shilaman. Biroq Bahodir akaning o‘zbek adabiyotida absurd asar yaratilgan emas, buning uchun bizda zamin-muhitning o‘zi yo‘q, degan gaplari har qancha munozarali bo‘lmasin, baribir muayyan asosga egadek tuyuladi. Ayniqsa, bu gap sobiq sho‘ro davri o‘zbek adabiyotiga tadbiqan olinganda yana-da ishonarli jaranglaydi. Chunonchi, A. Qahhorning siz aytgan asarlarining absurd adabiyot namunalari deya to‘la aminlik bilan aytish biroz bahstalab. Chunki u asarlarda absurd ruhni, kayfiyatni «tug‘ib beradigan» voqelikning ayrim parchalari chindan ham tasvirlangan, lekin nazarimda asarning chinakam absurd adabiyot namunasiga ko‘tarilishi uchun unda aks etgan absurd voqelik asar muallifi tomonidan to‘la idrok etilgan, anglangan bo‘lishi shart. Sho‘ro davrida ijod qilgan shoir va adiblarimizning hech birini, fikrimcha, tom ma’noda absurd ijodkor deya olmaymiz…

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish