Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet3/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Ulug‘bek HAMDAM: — Modernistik she’riyatning ilk kurtaklari XX asr boshlaridanoq nish bergan ekan, xo‘sh, nima uchun u yuzyillik mobaynida birdek taraqqiy etib bormadi? — degan savolning tug‘ilishi tabiiy. Avvalambor, bunday she’riyatning, umuman san’atning rivojlanishi uchun real ijtimoiy-psixologik sharoitning yetilgan bo‘lishi shart. Mana, siz aytgandek, Fitratu Cho‘lponlar Moskva, Leningrad, Istambul kabi peshqadam shaharlarda ancha muddat yashadilar, buning natijasida tug‘ilgan o‘zaro ta’sirlanish izsiz yo‘qolmagan, albatta. Aksincha, shoirlar ijodida eng yangi, hatto moderncha ohanglar paydo bo‘la boshlagan. Keyin-chi? Keyin nega u takomil etmadi?.. Chunki sobiq Sho‘ro davlati o‘zini tashqi dunyodan ajratib, ichkarida faqat siyosiy mafkura xizmatiga yo‘naltirilgan iqlimni vujudga keltirdiki, oqibatda adiblar ijod erkini, tafakkur erkini boy berib qo‘ydi. Dunyo ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-ma’naviy jihatdan ilgarib ketdi-yu, bu yerda turg‘unlik kayfiyati hukm surdi. Modern izlanishlar turg‘unlikning emas, balki faol harakatning mevasidir, axir!.. Albatta, A. Muxtor, R. Parfi va 70-yillar avlodi ijodlarida yangicha ohanglar, izlanishlar mavjud edi, biroq ular bugungidek keng va teran ma’no kasb etmagandi. Bugun biz o‘sha paytda ilgarilab ketgan dunyoning yetib borgan pog‘onasi mahsullari bilan tanishish imkoniga egamiz va sekin-astalik bilan bo‘lsa-da, tanishib borayapmiz. Bunday munosabat: ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, psixologik aloqa almashuv bizdagi insonlar dunyoqarashini ham tubdan o‘zgartirib bormoqda desak, mubolag‘a bo‘lmas. Natijada san’atu adabiyot odamlari orasida moderncha kayfiyat tug‘ilib ulgurdi. Mana nima uchun bugun qo‘liga qalam tutib, adabiyot olamiga «atak-chechak» qilib kirib kelayotgan yosh havaskorlar ham «moderncha» mashqlar qoralamoqdalar. Aslida bu ularning judayam ilgarilab ketganining emas, balki hamma zamonlarning ijodkorlari kabi bor-yo‘g‘i o‘z davrining, o‘z zamonasining farzandi ekanliklari bilan bog‘liq g‘oyat normal holatning mahsulidir. Shu bilan birga alohida ta’kidlab aytish joizki, 80-yillarning o‘rtalarigacha, yanayam aniqrog‘i, jamiyatda ulkan o‘zgarishlar yuz bergungacha yozilgan modernistik she’rlar mualliflari kayfiyatlarida, ha, chindanam umumiy kayfiyatdan ilgarilab ketish bor edi. Buni tan olish kerak. Bugungi kunimizda modernizm xususiyatlari umumiy kayfiyatga aylanib bormoqdaki, endi bu yo‘lda ijod qilish bilangina «faxrlanib» bo‘lmaydi, endi yuksak san’at asarlari yaratishgina ijodkorni «qutqarishi» mumkin.

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish