Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet2/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Umarali NORMATOV: — She’rga qarash davrga qarab yangilanib boradi, degan fikrga qo‘shilaman. Shu bilan birga har bir izlanuvchi shoirning umri davomida she’rga qarashi betinim o‘zgarib, yangilanib borishi ham mumkin. Uzoqqa bormay, o‘z milliy shoirlarimiz ijodiy tajribasidan bir misol keltiray. XX asr o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir Asqad Muxtor 1965 yili shunday yozgan edi: «She’r turmush o‘chog‘idan olingan lahcha cho‘g‘, u hayotiy epizodga asoslangan, syujetli bo‘lishi kerak, deb she’rning bo‘lak turlarini tan olmay, ancha yil yurdim; she’r yalt etgan oniy tuyg‘u, zavq-shavq tug‘yoni, uni faqat muzika janrlari bilan qiyos qilish mumkin, degan ruhda ham ancha vaqt ishladim; she’r hayot falsafasining essentsiyasi, fikr, fikr, fikr! Fikrsiz poeziya yo‘q, deb anchagacha biryoqlama, ratsionalistik she’rlar yozdim…»
Shoir davom etib: «Bu to‘lg‘onishlar menga ba’zan ziyon, ba’zan foyda qildi. Lekin bir narsada fikrim sira o‘zgargani yo‘q: she’r – zaruriyat, shoirga ham, she’rxonga ham… She’r odamning yashashi uchun, kurashishi, ulg‘ayishi uchun zarur», deydi.
Paradoksni qarangki, san’atning, jumladan, she’riyatning ko‘pqirrali ekanligini deyarli barcha shoirlar, she’rshunoslar e’tirof etadi. Biroq san’at asarining, she’rning mafkuraviy jihatiga kelganda darhol cheklanish – chegaralanish boshlanadi. Mafkuraviy yondoshuv ustivor bo‘lgan XX asr adabiyotida, xususan o‘zbek she’riyatida bu hol juda chuqur va mudhish asoratlar qoldirdi. Ayniqsa, she’riyatdagi yangicha, noan’anaviy izlanishlarga, modernizmga munosabatda bu juda yaqqol ko‘rindi.
XX asr boshlarida shakllana boshlagan yangi o‘zbek adabiyoti asosan, ma’rifatchilik realizmi, umuman, realizm ko‘rinishida, aniqrog‘i, XX asr jahon, birinchi galda Ovrupa realistik adabiyoti tajribalari yo‘lidan bordi. Shunisi qiziqki, 20-yillardayoq Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, Hamza singari peshqadam o‘zbek adiblari ijodida XX asr jahon adabiyoti adabiy tafakkuridagi eng yangi jarayonlarga ohangdosh xususiyatlar, aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, modernistik oqim-yo‘nalishlar belgilari namoyon bo‘la boshladi. Bu tasodifiy emas. Bu davrga kelib o‘zbek adiblari jahon adabiyotidagi yangi jarayonlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bunday tanishuv xilma-xil yo‘llar orqali amalga oshdi. Eng muhimi, qator adiblarimiz o‘sha qizg‘in yangi jarayonlar yuz berayotgan, ular haqida jo‘shqin bahs-mulohazalar ketayotgan yurtlarda yashab, o‘qib, ishlab, o‘shanday yangilanishlarning guvohi, hattoki ishtirokchisiga aylangandilar: Fitrat avval Turkiyada, keyin Moskva va Leningradda bo‘ldi, Hamza haj safari bahonasida ko‘plab mamlakatlarni kezdi, Qodiriy bilan Cho‘lpon bir necha yil Moskvada yashadi, Oybek Leningrad ta’limini oldi, Qodiriy, ayniqsa, Cho‘lponning Moskva taassurotlari, u yerdagi ma’naviy-adabiy hayotga doir maqolalarini, ulardagi nozik kuzatishlarini, Oybekning Neva bo‘ylarida tug‘ilgan lirikasini eslang. Bular shunchaki bir taassurot, qaydlar emas, balki yorqin iste’dodlar ko‘nglida kurtak yozayotgan yangicha adabiy mayllar, badiiy-estetik printsiplarning nishonalaridir. O‘sha kezlardayoq ular yaratgan asarlarda zamonaviy Ovrupa adabiyotidagi yangi adabiy-badiiy oqimlar, ularga xos eng «yangi priyomlar» u yoki bu ko‘rinishda namoyon bo‘la boshladi. Modernizm san’ati, adabiyotiga oid futurizm, simvolizm, ekspressionizm singari qator tushuncha, atamalar tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. Fitrat 1926 yili chiqqan «Adabiyot qoidalari»da ularning ayrimlarini o‘zicha sharhlashga harakat qildi. Bugina emas, «so‘nggi priyomlar», she’riyatdagi simvolizm masalalarida qizg‘in bahslar boshlandi. Xususan, Cho‘lpon bilan Qodiriy bu muammoga o‘z davrida naqadar teran, oqilona, xayrixohlik bilan yondoshganliklarini bilamiz. «Ko‘ngil yangilik qidiradir», «Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz» — bu so‘zlar Cho‘lpon bilan Qodiriyning adabiy-badiiy manifestlari edi. Hatto Qodiriy Ovrupa tushunchasidagi an’anaviy yo‘lda bitilgan «O‘tkan kunlar»ga «so‘nggi priyom»larning ba’zilarini ertaroq kiritganini aytadi. Romandagi Zaynab, Xushro‘y xarakteri, ruhiyati tasvirida, Otabekning «Xo‘ja Ma’oz» mozoridagi tungi kechinmalari, Kumush qabri qoshida Zaynab bilan so‘nggi uchrashuvi ifodasida imo-ishoralarga, sir-sehrga mo‘l, g‘aroyib yangicha talqinlarga duch kelamiz. Adibning keyingi yirik asarlari «Mehrobdan chayon», ayniqsa, «Obid Ketmon»da tanqidchilikda ta’kidlanganidek, jahon zamonaviy yangi adabiyotiga xos izlanishlar, «so‘nggi priyom»larning talay belgilari, ya’ni ichki monolog, ichki psixologik tahlil, shaxsning ichki shakllanishi, shaxs tabiatining sirli-sehrli nag‘malari, syujetning «istalgan» yerda boshlanishi va «istalgan» yerda tugashi, kutilmagan yangi voqea chiziqlarining kurtaklanishi kabi ekspression holatlarni kuzatamiz.
Fitrat, Cho‘lpon, Oybek va 20-yillarda ular izidan borgan qator iste’dodli shoirlar she’riyati yaxlit holda bizda Ovrupa yangi adabiyotiga hamohang simvolizm adabiy hodisa darajasiga ko‘tarila boshlaganligini tasdiqlaydi.

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish