Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet9/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Ulug‘bek HAMDAM: — Noan’anaviy she’riyat bizda osonlik bilan o‘ziga yo‘l topayotgani yo‘q. Ehtimol, noan’anaviy hodisalarning, yangi, hali «yurilmagan» yo‘llarning ilk taqdiri hamisha ham shunday bo‘lar. So‘ngra esa ko‘nikish, qabul qilish va hatto mehr qo‘yish degan bosqichlar kelar. Axir, 70-yillar avlodining noan’anaviy she’rlarining ayrimlarida bir qadar sun’iylik sezilib qolishi barobarida kunimiz yoshlarining modern izlanishlarida tabiiylikni kuzatish mumkin-ku! Va shu holning o‘ziyoq «yangi yo‘l»ning tobora «yoyila boshlagani»dan dalolat emasmi? Shoirlik da’vosi bor talabalarimdan biri aytib qoldi: «Men an’anaviy she’riyatdan, uning an’anaviy va hatto bir qadar jo‘n ifoda tarzidan hayajonga tushmay qo‘yganman. Qaytaga, masalan, «Ko‘zlarimda ikkita shovqin» deganga o‘xshash misralarni o‘qib qolgudek bo‘lsam, borlig‘im titrab, she’r ruhiga g‘arq bo‘laman. Bilasizmi, men o‘sha ikkita shovqinning nima ekanligini biladigandekman, ular mening botinimda yashayotgandek bo‘laveradi».
Yoshlar izlanishlarida ajdodlarning qadim navosi — ohangdorlik, musiqiylik, qochirimlarga boy she’riyatdan uzoqlashish mavjud. Ammo, qizig‘i shundaki, bu ish atay qilinmayotir. Aksincha, yoshlar yozmoqchi bo‘lgan she’rlar negadir o‘zga ohanglarda — 70-yillar avlodi o‘z vaqtida o‘zbek she’rxonlariga singdirtirolmay qiynalishgan pardalarda, hatto yana-da balandroq pardalarda yangrayotgandek. Albatta, ularning aksarida ijtimoiy dardning sayozligi, hatto tasvirlanayotgan o‘ta intim kechinmaning ham bachkanaligi bor gap. Ayniqsa, barmoqda ham bemalol ifoda qilish mumkin bo‘lgan kechinmalarni ortiq darajada «modernlashtirish»ga urinish mavjud. Qofiya va vazndan voz kechib, fikr va tug‘yoningni sal «chalkashtirib», murakkabroq qilib yozsang bas, «modern she’r» tayyor, deganga o‘xshash noto‘g‘ri tushuncha borligini goho sezib qolgandek ham bo‘lasan. Biroq, baribir, ular she’riyatini diqqat bilan kuzatar ekanmiz, amin bo‘lamizki, o‘zbek she’riyati badiiy tafakkur tadrijida yangi sahifa ochilib kelayotganining guvohi bo‘lamiz. Chunki biz istaymizmi-yo‘qmi, ular dunyoni boshqacha ko‘rayaptilar. Aslida san’atdagi barcha yangiliklar aynan shundan boshlanadi. Bu yaxshi, ammo natijaga hali bor. Hali yoshlar she’riyati tugallanmagan, harakatdagi jarayon. Binobarin, ularning she’riyatimizdagi jiddiy o‘rni haqida gapirishga ancha fursat bor. «Hali oldindadir go‘zal kunlarim, Hali lab tegmagan qadahlar oldda» degani kabi Abdulla Orif, ularning she’riyatimizda ro‘yobga chiqarishi lozim bo‘lgan ishlari haqiqatan ham oldinda. Chunki haqiqiy modern she’r tili – poetik tili hali hech bir shoirda to‘laligacha shakllanib ulgurgan emas. Biz ko‘pincha u yoki bu modern shoirning u yoki bu she’ridan bir parchani olib, uni o‘zimizcha sharhlaymiz. Nazarimda biz shu o‘rinda she’rdagi ma’niga ko‘proq asir bo‘lamiz, ajab emaski, ushbu suhbatimizda ham shu ruh yetakchilik qilayotgan bo‘lsa… Chunki biz shunga ko‘nikkanmiz. She’rdagi ma’nini qo‘l bilan tutish she’rning san’at asari sifatidagi go‘zalligini tutishdan chandon yengildir. Bizda modern she’r hali san’at asari sifatida o‘zining qiyomiga yetgani yo‘q. Biz hozirgacha o‘z nazarimizdagi modern she’rda faqat shakl farqliligini, ifoda o‘zgachaligini ko‘rayapmiz, xolos. An’anaviy she’riyatimiz 60—70-yillarda Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon kabi shoirlar ijodi misolida o‘zining yuksak cho‘qqisiga chiqqandi. Lekin modern she’rimiz hali hatto Oybek yetib borgan manzillarga qadar ham kela bilgani yo‘q. Takror aytaman, bu o‘rinda men she’rga fikr aytish vositasi deb emas, balki san’at asari, go‘zallik ilohasi sifatida qarayapman.

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish