Ibrat Dunyoni yangicha ko‘rish ehtiyoji



Download 59,29 Kb.
bet12/20
Sana26.03.2022
Hajmi59,29 Kb.
#511858
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
2 5436235094043923914

Umarali NORMATOV: — Siz juda muhim bir masalani o‘rtaga qo‘yayotirsiz: haqiqatan ham she’riyatda yangilik yaratgan shoir o‘z davrining jon tomiriga qalb qulog‘ini tutib turgan va unga to‘g‘ri tashhis qo‘ya bilgan ijodkordir. Bizda modern she’riyatni mavhum, zamondan, zamona muammolaridan ajralib qolgan, shunchaki asov kayfiyat, tuyg‘ularning asov ifodasi, anchayin bir eksperiment, so‘z o‘yinlari, shaklbozlik, deb qarash udumga aylangan. Sirtdan qaraganda shunday. Shunday deyishga asos beradigan modern she’rlar ham yo‘q emas. Ammo chin modern iste’dod egalari bisotida noyob iste’dod mahsuli bo‘lgan modern asarlar mohiyati, ruhiga teranroq kirib borganingiz sari o‘zgacha holni ko‘rasiz: ulardagi zamon ruhi, dardi ba’zi oshkora, sof ijtimoiy yo‘nalishdagi she’rlardan ko‘ra kuchliroq va teranroqdir. «Izohsiz lug‘at» yoki Faxriyor dostonlarini bir eslab ko‘ring-a… Ularni yaxlit holda XX asr odamining, aniqrog‘i, asr oxiriga kelib o‘zligini anglay boshlagan ma’nisiz o‘tgan hayot yo‘lini shafqatsizlarcha tanqid elagidan o‘tkazayotgan adashgan avlodning arzi holi, afsus nadomatlaridir.
Qiziq hol, «Ayolg‘u» kitobini sinchiklab varaqlasangiz, «sof modern» bitiklardan sekin-asta, bosqichma-bosqich an’anaviylik tomon og‘ishni kuzatasiz. «Izlam» sarlavhali «Rumiyona» deya izohlangan she’rda bu jarayon go‘yo o‘z intihosiga yetgandek tuyuladi… Asov tuyg‘ular endi tartibga – muayyan tizimga tusha boshlaydi, tinish belgilar o‘z joyini topadi. Biroq ruh-ichki mohiyat, dunyoni yangicha ko‘rish, butun murakkabligi, chigalliklari bilan idrok etishga bo‘lgan mayl-ishtiyoq o‘zgarishsiz qolaveradi. Muhimi shu!
Ulug‘bek HAMDAM: — Abduvali Qutbiddinning «Izohsiz lug‘at» deb nomlangan dostoni ham siz aytgandek, dunyoni boshqacha, o‘ziga xos tarzda badiiy idrok etishning mevasidir. Dunyoda azal-azaldan ikki buyuk Kuch bor, dunyo azal-azaldan shu Kuchlarning orasida taqsimlab olingan. Birining ismi – Oq, ikkinchisining esa – Qora. Ismlarning boshqacha talaffuzi ham mavjud: Ezgulik va Yovuzlik, Ma’rifat va Johillik, Malaklik va Shaytonlik, Ozodlik va Tutqunlik, Ruh va Jism (Nafs)… Shoirning pirovard maqsadi go‘zallik yaratish bo‘lsa-da, o‘rni kelganda baribir, Ezgulik va Ma’rifat, Halollik va Shafqatlilik… yonida, ular bilan bir safda turib kurashadi. Chunki uning yaratilishi shunday. Shoir dunyoda oq rangning ko‘p bo‘lishi, g‘olib bo‘lishining tarafdori. Agar qora rangning hissasi ko‘payib, atrofni Yovuzlik, Jaholat, Tutqunlik, Nafs kabi balolar qoplay borsa, shoirning bag‘ri ulkan jang maydoniga aylanadi. Shaxsan uning «mushugini birov «pisht» demasa-da», hassos qalbi dunyo muvozanatiga putur yetganidan nihoyasiz iztiroblarga tushadi… Nazarimda doston ayni shu zaminda dunyoga kelgan.
Dostonning «Izohsiz lug‘at» deb nomlanishining siri ham ehtimol yuqorida aytganimiz – dunyoning azaliy holi – Oq va Qora kuchlarning mangu ziddiyati va bu kurashda odamzodning «Oq» rang tomonida turishi, tura olishi zarurligi, shartligiga ishora borligida, deb o‘yladim. Ma’lumki, lug‘at kishilik turmushida nimaning (so‘zning) nima (ma’no bildirishini)ekanligini ajratib berishga yordam beruvchi bir ko‘rsatma kitob. Izohli lug‘at masalaga yana-da oydinlik kiritadi, so‘z ma’nisini «chaynab og‘zimizga solib qo‘yadi». Endi «Izohsiz lug‘at» degani nimasi?.. Bu — bor-yo‘g‘i so‘z o‘yinidan yo oliftagarchilikdan iborat mayl emasmi? — deganga o‘xshash fikr ham keladi o‘yga. Biroq dostonning asosida turgan o‘sha ikki azim Kuchlar qismatini eslasak, nomlanish mantiq va mazmun kasb eta boshlaydi: izohsiz lug‘at, ya’ni izohga hojat yo‘q! Dunyo dunyo bo‘libdiki, dostonda tilga olingan Kuchlar va ularning omonsiz jangi bor. Dunyo deb atalgan kitob shu ikki so‘zdan iborat: Oq va Qora! Biroq ularga izoh berilmagan, izohni har bir kishining o‘zi yozadi, kimning qismatiga oqni ta’riflash, kimnikiga qoraning sharhini bitish tushadi. Shunga qaramay, shoir baribir o‘z tanlovini izhor qilib ketmoqda:
Barmog‘im qaboqqa qo‘ydim, o‘rtandi,
Emrandim, nigohim tindi, aylandi.
Bildim, a’zoyi badanim hayot shirasidan.
Hamshiram – turna,
Qondoshim – jayron,
Jigarim – arg‘uvon.
Xonu turobdanman, inim – qumursqa, og‘am – ot,
Bildim – odamiyzodman,
Odamiyzod…
So‘nggi «Bildim — odamiyzodman, Odamiyzod» degan misra shoirning o‘sha mangu kurashda qaysi tomonda ekanini bildiradi… Chunki odamiyzod bo‘lish oson emas, buning uchun kishi «Qora»ning lazzat-farog‘atidan voz kechib, «Oq»ning zahmatlariga bardosh berishi shart!..

Download 59,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish