Chapda: Xristofor Kolumb, o’ngda: Kolumbning kemasi, Santa Marianing nusxasi
Demak, kim edi o’zi Piri Reis aslida, uning xarita tuzish uchun qo’shgan hissasi nega ko’plab tarix kitoblaridan yo’qolib ketgan?
Piri Reis 1465-yili Gallipolida tug’ilgan, o’zining dengizchilik hayotini mashhur amakisi, Kemal Reis taklifi bilan 15-asr oxirlarida boshlagan. Piri Reis amakisi tomonda turib ko’plab dengiz janglarida ishtirok etdi, kema kapitani unvonigacha ko’tarildi, Ottoman flotini boshqarib, Qizil dengiz va Hind okeanida portugaliyaliklarga qarshi kurashdi.
Urushlari orasida, u Gallipoliga o’zining birinchi dunyo xaritasini tuzish uchun qaytadi, geograf bu xaritasini “Dengiz ilmi haqida kitob”ida( dengizchilar uchun yo’nalishlarni ko’rsatuvchi qo’llanma) keltiradi, ikkinchi xaritasi 1528-yili yaratiladi. Bu xarita yaratilguniga qadar, uzoq tanaffus paytida Piri Reis to’g’risida turli mish-mish, afsonalar tarqaldi; keyin dengizchi o’z faoliyatiga 16-asr o’rtalarida Qizil Dengiz va Hind okeanidagi Ottoman floti kapitani sifatida qaytadi. Piri Reis muhim dengiz jangini boy bergani tufayli Ottoman sultoni tomonidan o’z vazifasidan ozod etiladi .
“1001 kashfiyotlar” kitobidagi ko’plab ma’lumotlar singari, dengizchi ijodining ko’p qismi bugungi kungacha yetib kelmagan, buning bosh sababi balki Yevropa o’zining tarixigagina e’tibor qaratib, dramatik natija bilan tugagan okean sayohatlari, kashfiyotlar, iqtisodiy va hududiy imperiyalar bilan bo’lgan voqealarni yo’qotib yuborishganidir. Turk xaritalariga e’tibor kam qaratilgan, yoki ularni italyan xaritalari bilan adashtirib yuborishgan. Lekin aniq fakt shuki, turklarning tabiiy fanlardagi bilimlarni egallagan olimlari o’z davrining peshqadami bo’lgan. Piri Reisning 1517-yili Ottoman sultoniga taqdim etgan xaritasi orqali, biz yevropaliklarning uzoq dengiz safariga chiqishlaridan oldin ham turklarda Amerika va Afrikaga eltuvchi aniq yo’nalishli ko’rsatkichlar, manbalar mavjud bo’lganini anglashimiz mumkin.
Balki dunyoning eng ajoyib xaritasi Ali Makar Reis tomonidan 1567-yili tuzilgandir, bunday deyishga munosib sababimiz bor: bu xarita zamonamiz xaritalariga o’xshab, juda yaxshi aniqlikda yozilgan, va hududlarning mayda tafsilotlari ham ko’rsatilgan, biz uni ko’rib hatto Ali Makar Reis Yerni oydan turib kuzatgan, degan xulosaga kelishimiz ham mumkin.
Yana bir muhim xaritalardan biri norman qiroli RogerII uchun tuzilgan Al-Idrisiyning 70ta viloyatlar tushurilgan xaritasidir, u keyinchalik geografik atlasga aylandi. Uch asr davomida geograflar uning xaritalaridan hech qanday qo’shimchalar kiritishlarsiz, shunday ko’chirib, foydalanishgan. Bu buyuk olim haqida yanada to’liqroq ma’lumotni ayni bo’limning “Navigatsiya” qismida o’qishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |