Ibn Hazm, 10-asr olimi, Ispaniyada, Kordobadagi qo’lyozmalarga ko’ra



Download 37 Mb.
bet1/20
Sana28.06.2022
Hajmi37 Mb.
#715930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Fixed-Orig


Yettinchi bob

Yer aslida shu paytgacha ishonib kelingandek emas, u sferik shaklda…buni isboti sifatida quyosh har doim Yerdagi soyasiga vertikal turishini ko’rsatish mumkin.”


Ibn Hazm, 10-asr olimi, Ispaniyada, Kordobadagi qo’lyozmalarga ko’ra




Dunyo

Bugungi kunda ixtiyoriy odam bitta havo transportidan foydalanib, chiptaning puliga turli xil chet davlatlarga borib kelishi mumkin, lekin dunyo bo’ylab kezib yurish zamonaviy g’oya, fikr emas. O’rta asr musulmon olimlarida samolyot, tramvay, poyezd, avtomobil kabi transport vositalari yo’q bo’lishiga qaramay, ular bilim to’plash uchun, savdo-sotiq uchun, Makkaga haj ziyoratini ado qilish uchun sayyoh-ziyoratchi sifatida dunyo kezishga qiziqqanlar. Ular o’zlarining dunyosini kashf qilishgani bilan mashhur. Ularning tajribalari natijasida hozirgi kunda bizda o’rta asr olamini tasvirlab beradigan sayyohlik kitoblari mavjud.
Oltin davrning musulmon olimlari o’zlarini o’rab turgan atrof-muhitga aloqador bilimlarni kashf qilish uchun hisoblashlar, tajribalar, kuzatuvlar olib borishgan. Al-Beruniy Gelileydan 600 yil oldin Yer o’z o’qi atrofida aylanishi haqidagi teoremani, fikrni ilgari surgan, suv sathining ortishi va kamayib turishini ham izohlab bergan. Boshqa olimlar osmonning nega havorang, ko’kligi, kamalak qanday hosil bo’lishi, Yer belbog’ining uzunligi haqida yozib qoldirishgan. O’zaro aloqalar o’rnatish rivojlangan, ming yillar oldin, bir sultonning yangi uzilgan gilos yegisi kelib qoladi, bu haqida boshqa tanishiga xabar berish uchun kabutardan pochtachi, xabar tashuvchi sifatida foydalanish yo’lga qo’yiladi. O’tgan asrlar Al-Kindining birinchilardan bo’lib maxfiy kodlardan foydalanganligiga guvoh bo’lishdi, u urush paytida sirli xatlar yozishni boshlab berdi.






01 Yer shari


Yerning qiyshaygan, qimirlab, tebranib turadigan, suv va quruqlik bilan qoplangan,o’z o’qi atrofida aylanadigan va issiq jism atrofida elliptik orbita hosil qilib kezib yuradigan osmon jismi ekanligi haqidagi nazariyalarga ma’lum vaqtlar ilgari ahmoqona fikr kabi qaralgan. Asrlab qilingan ilmiy tadqiqotlar, kuzatuvlar natijasida bugun biz bilamizki, aynan o’sha fikrlar to’g’ri bo’lib chiqqan va o’z isbotini topgan.



Yana bizga ma’lumki, yerning ellipsimon orbita bo’ylab harakati quyoshdan yilning ma’lum qismida uzoqlashishi, va ma’lum qismida yaqinlashishini ta’minlaydi, bu esa o’z navbatida fasllar almashinuvini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, yulduzlar turkumining va burjlarning sekin g’arbga tomon harakatlanib yurishi ham shu jarayonlar natijasidir. Musulmon olimlar tengkunlik presetsiyasi haqida Ptolomeydan ko’ra aniqroq va mukammalroq
hisob-kitoblar olib borishgan. 10-asrning
mashhur astronomi Bag’dodlik Muham-
mad al-Battaniy yulduzlar harakati
66yilda 1gradusga yoki yiliga 54.55ʹ
ga o’zgarishini aytgan, to’liq aylani-
shi uchun esa 23841yil ketishini
hisoblagan. Ibn Yunus, 1009-yili
vafot etgan olim, 70yilda 1gradus
yoki yiliga 51.43ʹga o’zgaradi, bu
esa 25175yilda bir butun aylanib
chiqish degani, deb aytib ketgan. Agar
bu ma’lumotlarni zamonaviy tadqiqot
natijalari bilan solishtirsak, katta o’xshashlik-
ni ko’ramiz:yiliga 50.27ʹga siljiydi, umumiy ayla-
nib chiqish esa 25787 yilni talab etadi.
Fasllar almashinuvining asosiy sababi,yuqorida ta’kidlanganidek, yerning ellipsimon orbita bo’ylab harakatlanishi va o’z o’qi atrofida aylanishidir, masalan, janubiy yarimshar quyosh tomonga qarab burilsa,bizda yoz bo’ladi. Musulmon olimlar ham yil fasllari almashinuvining sababi o’laroq Yerning harakati ustida talay hisoblashlar va izlanishlar olib borishgan. Siljishning aniq burchagini kashf qilish Ptolomeydan keyingi asrlarda yashagan astronom va matematiklar orasidagi muhim vazifalardan biri bo’lgan. 10-asr oxirlarida, Tojikistonlik matematik va astronom al-Xo’jandiy meridianlarning ketma- ketligini kuzatish
maqsadida Tehron yaqinidagi Rayy shahrida
ulkan observatoriya barpo etgan. Bu bino
olimga yerning quyoshga bog’liq
koordinatalari o’qidagi siljishlarni
katta aniqlikda hisoblash uchun
yordam bergan. Ekliptikaga og’ish
burchagi hozirgi kun natijalariga
ko’ra 23°34', Xo’jandiyning
hisoblashiga ko’ra esa
23°32'19" bo’lgan ekan, olim
deyarli to’ppa-to’g’ri hisoblagan!
Bu ma’lumotdan foydalanib u yana
ko’plab shaharlarning kenglik va
uzunlik koordinatlarini topishga
harakat qilgan. Bu kashfiyotdan bir asr
avval xalifa Al-Ma’mun bir qancha musulmon olimlarni o’zining akademiyasiga Yerning aylana uzunligini o’lchash uchun yig’adi. Ular buni uddasidan chiqishadi, yer radiusi qiymatini ular 56,666 arab mili yoki 111,812 km deb hisoblashib, yer aylana uzunligi 40,253.4km ekan degan, xulosaga kelishadi.









Bugun, yer aylanasi uzunligining aniq sonlardagi qiymati ekvatorda 40,068.0, qutblarda 40,000.6km, ko’rish mumkinki, astronomlar javobga ancha yaqin kelishgan, hech qanday kompyuter va elektron hisoblash mashinalarisiz!
Al-Beruniy, 11-asrning qomusiy olimi, “Yer aylanasi uzunligini topishning boshqa usuli bor. Buning uchun cho’llarni kezib chiqish shart emas”, degan fikrini aytib o’tgan. U bunday hisoblash usulini yuqori saviyadagi, murakkab geodezik tenglamalar tuzib amalga oshirdi va hamma xulosalarini o’zining “Shaharlar koordinatlarini aniqlash kitobi”da yozib qoldirdi.
Len Berggen, Beruniyga zamondosh olim, shunday yozadi: “ 2 guruh sayohatchilarning cho’lli maydonlarni kezib o’lchagan hisoblashlarini Beruniy bir nechta matematik tenglamalar orqali topib qo’ygani uning o’zining yuragini ham mamnun etganiga hech qanday shubha yo’qdir”.
Beruniyning bu kitobi yer sirtini o’lchash uchun ham mukammal va sistematik yo’nalishlar bera olgan. Olim kenglik va uzunlik koordinatlarini, yerning shar shakliga o’xshashlik darajasini hisoblab bergan. Bu kishi o’z davrining daholaridan biri, u Galileydan 600yil oldin yerning o’z o’qi atrofida aylanishi haqida fikrini bildirib, uni muhokamasini ham qoldirgan odam.
Al-Beruniy kabi ko’plab bilimli musulmonlar , shu davrdayoq yerning dumaloq ekanigiga to’liq ishonishgan. Kordobadan olingan manbalarga qaraganda, Ibn Hazm, 10-asr olimi shunday degan: “ Yer aslida shu paytgacha ishonib kelingandek emas, u sferik shaklda…buni isboti sifatida quyosh har doim Yerdagi soyasiga vertikal turishini ko’rsatish mumkin.” Musulmon olimlarining afsona-yu to’qimalardan ko’ra tajriba va kuzatishlarni asos qilib, olamshumul tadqiqotlar qilishgani taqsinga sazovordir.






Download 37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish