15-asrda Zheng He va uning askarlari sayohati davomida shunday xaritalar ishlatishgan, o’zlari ham chizishgan.
dengizchilar, ishchilar, tarjimonlar, askarlar, kosib-hunarmandlar, medbratlar va meteorologlar bo’lgan. 4-safarga Arabistondan va Qizil dengiz sohilidan 30,000kishini jalb qilishgan. Xitoylik kemasozlar shuni anglab yetishganki, hajmning gigantligi kemalar harakatini qiyinlashtiradi, shuning uchun ular “muvozanatdagi shturval”ni o’rnatishgan, bu moslama bilan esa o’zgarishlarni nazoratda ushlash ancha osonlashgan. Bugungi kun kemasozlari hali ham xitoyliklar temir ishlatmasdan 400 futdan oshiq uzunlikdagi kemani ushlab turuvchi asosni qanday qilib ishlab chiqishganini bila olmayapti. Ba’zilar bunday kemalar 1962-yillarda ham bo’lganini aytishadi, ammo Nankindagi Ming sulolasi portlaridan birining vayronasidan shturvalning qoldiqlari topilgan.
Xristofor Kolumb va Zheng Hening ekspeditsiya kemalari solishtirilgan rasm.
Shturval 36 fut uzunlikda edi, an’anaviy yelkanli kemaning qismlari o’zaro qanday proporsiyada bo’lishini hisobga olib, tadqiqotchilar shturval uchun 152metr (500fut)uzunlikdagi kema korpusi to’g’ri kelishini topishgan. Bunday keng joy juda katta hajmdagi kargo—ipak matolar, chinni, oltin va kumush jihozlar, mis qozon-tovoqlar,idishlar, temir aslahalar,paxta mahsulotlarini tashish uchun qo’l kelgan. Ular yana tirik hayvonlar—jirafa, zebra, “samoviy otlar”yoki “samoviy bug’u”, tuyaqush, suvsarlar ham tashishgan. Kemalar suzadigan suv tankerlaridan o’zlarining tryumlariga suvni o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lishgan; dengizchilar bayroq, fonus, qo’ng’iroq, pochtachi kabutar, bong urish va bannerlar orqali bir-birlari bilan aloqa o’rnatishgan. Ming safarlarining hisobchisi shunday degan: “Janubiy
Dengizda suzgan kemalar uylarga o’xshardi. Ular dengizga tushib, yoyilib suzishgani osmondagi bulutlarni eslatardi”, kemalarga “suzadigan ajdarho” laqabi ham berilgan, chunki “ko’rish”i uchun ularda ajdar ko’zlari naqshi chizilgan. Zheng Hening 7-dengiz sayohati oxirida Xitoy yengilmas, dengiz texnologiyasi
va kuchiga ega mamlakatga aylandi; Xitoy Afrikadan olib kelingan birinchi jirafa kabi ekzotik hayvon turlarining boshqa joylarda tanilishi ortidan ham ancha foyda ko’rdi. U boshlanishida Xitoy afsonalaridagi qilin, yakkashox hayvon bilan adashtirildi. Konfutsiylik ta’limotiga ko’ra, qilin cheksiz donishmandlik qobiliyatiga ega bo’lgan va uning odam yonida bor bo’lishi insonda saxiylik hissini uyg’otgan.
Zheng He uyga tomon jo’nagan payti 1433-yili Hindistonda vafot etadi. Uning vafoti va Konfutsiy filosofiyasiga ko’ra, Xitoy Imperatori dengiz orqali savdo-sotiqni to’xtatadi. Bundan keyin deyarli 100yil vaqt mobaynida, Xitoydan ko’p machtali kemalarni dengiz safariga qo’yish asosiy jinoyat hisoblangan. 1525-yili, Xitoy Imperatori qarori bilan hamma okeanga chiqa oladigan kemalar buzib tashlandi. Tarixdagi eng buyuk, 3500ta kemaga ega dengiz floti yo’q qilindi (hozirgi eng katta flot—AQSHniki, 300ga yaqin kemasi bor).
1985-yili, Zheng He safarining 580yillik yubiley marosimi bilan, uning qabri qayta tiklandi. Yangi qabr Nankindagi haqiqiysi ustiga qurildi, va islom dini an’analariga ko’ra rekonstruksiya qilindi. Qabr turgan joyga kiraverish Ming sulolasi paytidagi dizaynda qurilgan, ichkarisi esa bu kishining rasmlari va xaritalar suratlari bilan bezatilgan.
“ Biz tushunib yetdikki, okean to’lqinlari xuddi viqorli, ko’kka tutash tog’lar singari ulkan bo’ladi, biz uzoqlardagi varvarlarning yorug’lik nurlarining ko’k rangdagi jilvalanishiga yashiringan hududlarini ko’zimiz bilan ko’rdik, bizning suzishimiz bulutlar singari keng sath bo’ylab yoyilgan, kun va tun o’rin almashishlari tezlikda kechar edi, agar biz aholi, olomon yashaydigan joylarga qadam qo’ymoqchi bo’lsak, ko’ndalang vahshiy to’lqinlar zarbiga uchrardik”.
Do'stlaringiz bilan baham: |