Savollarga javoblar



Download 10,26 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi10,26 Kb.
#85694
Bog'liq
nilu zam. oʻz.ad


Savollarga javoblar:



Soʻnggi ikki yilda Ulugʻbek Hamdamning “Yangi inson” dostoni, “Toʻlin oy qissasi” hikoyasi, moʻjaz “Naʼmatak” romani bosildi. Har bir asarning oʻz qiyofasi, janri bor. Ulardagi yetakchi belgi – ijodiy izlanish: bashariyat va men; avlodlararo munosabat singari savollarga javob topishdan iborat. Ammo “Naʼmatak” romanmi, degan savol tugʻiladi. Besh betlik roman – “Naʼmatak”da (“Sharq yulduzi” jurnali, 2013 yil, 3-son) ikki juft oshiq, oltita ota-ona obrazini yaratadi. Sakkiz-oʻn chogʻli qahramonlarga ism berish qiyin emasdi. Ammo adib birinchi, ikkinchi avlod, deb atashni maʼqul, deb biladi. Voqea qayerda-qachon boʻlgani nomaʼlum. Uch avlod vakillari, deyilgan. Demak, 70-75 yillik voqealar qamralgan. Ammo I va III avlod tili, kiyinishi haqida gap yoʻq. Roman tili oʻta siqiq desangiz ham, xato boʻladi. Toʻgʻri, roman yangi, izlanishdagi janr. Oʻzbek kitobxoni A. Qodiriy, Choʻlpon, Oybek, L. Tolstoy, G. Markes, M. Sholoxov, Ch. Aytmatov, P. Qodirov, F. Dostoyevskiy, O. Yoqubov, Paulo Koelo singarilar romanlarini oʻqigan. Roman hajmi hech qachon chin kitobxonni choʻchitmagan. Aksincha, romanni oʻqib tugatgan kitobxon maʼnan-qalban boyiganini his qilgan. Roman qalbga singib boradigan malham. Aqlni oʻtkir qiladigan muqaddas tomchi, koʻzni nurafshon aylaguvchi tilsim – oynak.Jondan kechmasang jonona, toqqa chiqmasang doʻlona qayda, degan gap bor. Vaqtni tejash uchun hajmdor romanlarni oʻqishdan voz kechish toʻgʻri emas. Har bir yozuvchi roman janri ustida eksperiment qilishga haqli. Ulugʻbek Hamdam roman-eksperimentida maʼlum syujet-kolliziya, kulminatsiya, yechim bor. Ikkinchi avlod yetakchilari yovlashadi: biri darrov vafot etadi, ikkinchisi avaxtada sil kasaliga yoʻliqib oʻladi.Men romandagi Naʼmatakda qat-qat mazmunni koʻraman. Ustoz Oybek “Naʼmatak” sheʼrida qoya tepasida koʻkargan, har bahorda mehr (quyosh)ga bir savat gul tutib turadigan daraxtni ulugʻlagan edi. Ulugʻbek Hamdam romanida dala hovlidagi oʻsimlikni, ikki qoʻshni aro ahillik va dushmanlik guvohi boʻlgan sertikan daraxtchani koʻrsatadi. Naʼmatak – kamtaru kamsuqumlik ramzi. Uning mevasini hech kim terib olmasdi, qor ostida qolib ketardi. Vaholanki, tabiblar naʼmatak donini ming dardga davo ekanligini doim tayinlaganlar. Birinchi avlod naʼmatak bois apoq-chapoq boʻlib ketdi. Ikki oila farzandlari oila qurdilar, ikki oʻgʻil, ikki qizli, oʻn bir nabirali boʻldilar. Ikkinchi avlod vakillari naʼmatak talashib yovlashib, yuz koʻrmas boʻldilar. Nafaqat – naʼmatak butalari, balki hovlidagi daraxtlar qirqib tashlana boshladi. Alal-oqibat ikki oila qariyalari hayvonlashdilar. Ikki uydan ikki oʻlik chiqdi. Yillar oʻtib, naʼmatak novdaladi, gulladi. Ikki oilaning qizi-oʻgʻli naʼmatak ostida dil rozini aytdi. Yangi oila poydevori qurila boshladi.Romanning oʻq ildizi naqoratda aniq seziladi: Qanday koʻz-la boqsa, odam olamga Shunday javob aylar olam odamga. Moʻjazgina asarda naqorat toʻrt bor takrorlanadi.Olam va odam munosabati – mangu muammo. Odam bor, yoqavayron boʻlib jiqqa musht boʻladi. Odam bor, kechirimliligi, yoqimtoyligi bilan olamga, hatto Xudoga yoqadi. Odam bor, na olam, na jamiyat bilan ishi yoʻq, loqayd. Olamni suv olsa, toʻpigʻiga chiqmaydi. Ulugʻbek Hamdam nabototning kamsuqum daraxti Naʼmatakni, har oyda qayta tugʻiladigan oyni, mangu ummonlar, viqorli togʻlarni ulugʻlaydi. Odam – omonat: dunyoning bu eshigidan kiradi, narigisidan chiqib ketadi. Ammo yer sayyorasining ustuni boʻlgan kuchlar mangu qoladi.

Odamning borligi, boyligi oʻzida: u yaxshi-yomon qilgʻiliqlarga qalbidan javob topadi. “Naʼmatak” mini-romanida uch avlod baxti va baxtsizligi, hayotning mangu oqimi tasvirlangan. Bu asar yoshlar orasida obroʻ topar, oʻqishli roman boʻlib qolar. Men kichkinagina roman yozgan adib izlanishi, jasoratiga tan beraman. Lekin roman oʻziga xos maʼnaviy kuch, betakror dunyo. Mashhur romanlar mutolaa qilingach, uning (shartli qilib aytilganda) DNKsi yuqadi. Qalbga tushgan roman endi sizniki, maʼnaviy-ruhiy boyligingiz. Kitobxon kitob olamiga kirish uchun, syujet, konflikt, kompozitsiya, til murakkabligi, badiiy konsepsiya, falsafani oʻzlashtirishi shart. Bularsiz roman kitobxonga “yuqmaydi”, DNKsini ishonib topshirmaydi. Tarix guvoh: zurafolar ruboiyni anglash uchun qanchalar bahs qilishgan. Hanuz doston, gʻazal sharhi kitobxon ruhini harakatga keltiradi. Ulugʻbek Hamdamdan taʼsirlanib boshqalar ham mini-roman yozar. Lekin minimi, keng qamrovlimi, roman qalbga tushishi, sira unutilmasligi kerak. “Naʼmatak” – yaxshi asar. Lekin u zinhor “Oʻtkan kunlar”, “Koʻhna dunyo” boʻlolmaydi. Buni U. Hamdamning oʻzi ham yaxshi anglaydi. U mini-romanini atayin ommaviy madaniyat kishilari, takasaltanglarga oʻrnak boʻlsin, deb yozgandir. Ehtimol, mini-romanning “joni”, DNKsi aniqroq yoritiladigan koʻrinishlarini kashf etish kerakdir. Ulugʻbek birinchilardan boʻlib qisqa roman namunasini yaratdi. Bu jabhadagi izlanishlar davom etishi lozim. Boshlangan xayrli ish zinhor yarim yoʻlda qolib ketmaydi. Ijodiy izlanish – yozuvchining doimiy yumushi boʻlmogʻi joiz. Izlanish boʻlmasa, hech qachon yetuk asar yaratilmaydi. Abdugʻafur RASULOV



Umuman olganda, Ulug’bek Hamdam o’z romanlarida nafaqat istiqloldavridagi O’zbekistonning, balki umuman inson hayotining o’ta muhim, hamma davrlar uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan masalalarini ko’tarib chiqdi. Bu uch romanda insonning ilohiy xilqat va Erning fuqarosi ekanligi, u o’z hayotini mana shu ikki hodisa uyg’unligida, muvozanatda tashkil qilishi lozimligi haqidagi haqiqat o’z ifodasini topgan.
Download 10,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish