14-asr, Ibn Xaldunning “Al-Muqaddima” kitobidan
15-asrgacha Ispaniya va Sitsiliya qo’ldan ketdi,qolgan qismlar salib askarlari va bosqinchi mo’g’ullardan saqlab qolindi, keyinchalik esa bu yerlarga Tumerlan hujum qilgan; Ibn Xaldun bunday janglarning vayronakor natijalariga guvoh bo’ldi. Uning ishi diplomat va sudya bo’lishni talab qilishiga qaramay, u o’zining akademik tadqiqotlarini tashlab qo’ymadi va o’zining dunyo tarixi haqidagi “Ilk va undan keyingi tarix arxivi va darslari kitobi”ni yaratdi. Asar “Al-Muqaddima” nomi bilan mashhur bo’ldi.
“Al-Muqaddima”—uzoq va sermahsul izlanishlar mevasi, butun dunyo haqidagi ulkan kitob. Ibn Xaldun tarix haqidagi kitob faqatgina bir qancha faktlar jamlanmasigagina emas, balki uni kim yozganiga, qaysi hududda va qachon yozilganiga, muallifning qay darajada odilligiga ham bog’liq ekanini amalda ko’rsatib bergan. Bu inqilobiy yondashuv va olimning yozishdagi metodlari hali ham zamonamiz tarixchilari tomonidan foydalaniladi. U tekshirib ko’rilmagan va to’liq bo’lmagan faktlardan umuman foydalanmagan. Bu yo’l bilan olimlikka qat’iy nuqtai nazar olib kirdi, bu shundan iborat edi: ma’lumotlar fakt sifatida qabul qilinishidan oldin, ular nimaga asoslanganini o’rganib chiqish kerak.
Ibn Xaldunning eng mashhur ishlari sivilizatsiya paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning tanazzuliga oid bo’lgan va ular ijtimoiy fanlar, sivilizatsiya va sotsiologiya ilmi rivojiga poydevor vazifasini bajargan. Olim sivilizatsiya va madaniyat qanday qilib o’zining inqiroziga sabab bo’lishini tushuntirib bergan; olimning aytishicha, bular ommaviy xavfsizlik va boshqaruv talabi sabab paydo bo’ladi, ijtimoiy aloqalar o’zining eng mustahkam paytiga kelganda eng yuqori nuqtaga chiqadi va jamiyatdagi nosog’lom muhit, korrupsiya, adolatsiz musobaqalar ko’payishi sababli guruhlararo qo’llab-quvvatlash va aholi o’rtasidagi aloqalar kuchsizlanishi bilan inqirozga yuz tutadi. Uning fikriga ko’ra, bunday parchalanishga olib keladigan kuchlarga qarshi yagona kurashadigan omil bu har bir xalqning keyingi avlodga qoldiradigan dinidir. Islom—hayotning hamma muammolariga to’liq javob beradigan, jamiyatda osoyishtalik muhitini yaratadigan din; u insoniyatning har bir so’roq-savoliga amaliy ravishda butkul asosli javob bera oladi.
Ibn Xaldun o’z davrining iqtisodiy masalalar bo’yicha yetakchi odamlaridan biri bo’lgan. Adam Smitdan bir necha asr oldin, u muvaffaqiyat qozonishning asosi mehnat ekanligini o’z xulosalarida keltirgan.
IBN XALDUN
Ibn Xaldun sudya, universititet olimi, diplomat bo’lgan, uning sotsiologiya, iqtisodiyot, savdo-sotiq, tarix, filosofiya, siyosiy fanlar va antropologiyada olib borgan ishlari mashhur. “Al-Muqaddima” yoki “Dunyo tarixiga kirish” nomli kitobi quvg’inda yurishga majbur bo’lgan, siyosiy jihatdan ozod bo’lmagani bois Fezdan qochib yurishga to’g’ri kelgan va Jazoirdan pana joy topgan paytida yozilgan. Birinchi jild islom jamiyatining chuqur va mukammal analiziga bag’ishlangan, unda islom jamiyatini boshqa xalqlar madaniyati bilan solishtirib, taqqoslab bergan va insoniyat sivilizatsiyasining ravnaqi va inqirozi sabablarini keltirgan.
Ibn Xaldun surati, unga zamondosh rassom tomonidan chizilgan
Bundan tashqari, u daromad qilishga yo’nalgan, kirim bo’ladigan aniq manbalar—qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va noaniq manbalar—xizmatkorlar va shaxsiy yollanma ishchilar borasida ham o’z fikrlarini bildirgan. Olimning bunday nuqtai nazar va dunyoqarashi, fikrlari bugungi kunda odatiydek tuyulishi mumkin, lekin 700yil oldin ular hayratomuz bo’lgan va o’z navbatida klassik iqtisodiyotga, ishlab chiqarish, talab va taklif, narxlar, foydalanish, iste’mol qilishga bog’liq sohalar rivojiga munosib poydevor bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |