Ibn Hazm, 10-asr olimi, Ispaniyada, Kordobadagi qo’lyozmalarga ko’ra



Download 37 Mb.
bet2/20
Sana28.06.2022
Hajmi37 Mb.
#715930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Fixed-Orig

Yil fasllari o’zgarishi
Kuzgi tengkunlik





Yil fasllarini
kuzatish musulmon
olimlarini Yerning
qay darajada egilib
aylanishini topish uchun
hisoblashlar va izlanishlar
olib borishga undadi. Bahorgi tengunklik


02 Yer ilmi
I
slom sivilizatsiyasi insoniyat, hayot va borliq haqidagi qarashlari bilan juda ajoyib natijalarga erishgan. Musulmon olimlar minerallar, toshlar, tog’lar, zilzila-yu suvning asl kelib chiqishi sabablariga juda qiziqishgan va ular haqida o’rganishga harakat qilishgan.



Qadimgi misrliklar, mesopotamiyaliklar, hindistonliklar, yunonlar va rimliklar tosh, mineral va qimmatbaho moddalarning bir qanchasi bilan tanish edi. Bu odamlarning ko’p qismi yashayotgan hudud Arab Xalifaligi tarkibiga kirgandan so’ng, birinchi bo’lib toshlardagi va shunga o’xshash boshqa obyektlardagi yozilgan ma’lumotlar arab tiliga tarjima qilina boshlandi. Islom olami paydo bo’lib, rivojlanishining birinchi 300yilligida amalga oshirilgan bunday tarjimalar, keyinchalik ilmiy izlanish va tadqiqotlar uchun yo’l ochib bergan.
Islom olamining sarhadlari katta maydonni egallagani musulmonlarga o’qish va yer ilmini rivojlanishiga hissa qo’shish uchun yunonlardan farqli ravishda, faqatgina O’rtayer dengizi atrofida emas balki, Yevropa, Osiyo va Afrikaga bora olish imkonini bergan. Malay Orollari kabi uzoq-uzoqlardan to’plangan mineral, o’simliklar va hayvonlar haqidagi bilimlar kitoblarda yozib qoldirildi, masalan, 11-asr buyuk bilimdoni Ibn

Sinoning “Kitob- ush shifo” kitobi filosofiya va tabiiy ilmlar bo’yicha muhim ensklopedik manba sifatida rol o’ynagan.


G’arbda Avitsenna nomi bilan mashhur olim, islom sivilizatsiyasining haqiqiy namoyandalaridan biri, keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning “Kitob ush-shifo” asarida mineralogiya va meteralogiyaga oid muhim boblar bo’lsada, bu kitobni ko’pchiligimiz faqat tibbiyotga doir deb hisoblaymiz. Yerda qanday jarayonlar sodir bo’lishini o’sha davr ilmiga solishtirganda mukammal bayon etgan bu kitobni Yevropadagi Renessans vaqtida lotin tiliga tarjima qilishgan. U 15-asrda Leonardo da Vinchi, 17-asrda Nikola Steno, 18-asrda Jeyms Hutton kabi geologik kashfiyotlar asoschilarini ruhlantiruvchi manba sifatida Yevropada ta’limida muhim rol o’ynadi.
Geologiya ilmini zabt etgan musulmon qomusiy olimlaridan yana biri bu al-Beruniydir, u Ibn Sinoga zamondosh bo’lgan.






973-yil Xorazmda tug’ilgan Beruniyni fanning ma’lum bitta sohasigagina hissa qo’shgan olimlar qatoriga kiritish umuman xató ish bo’ladi, chunki u matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa, tarix, farmasevtika, mineralogiya va yer ilmi kabi ko’plab yo’nalishlarda barakali, sermahsul faoliyat olib bordi.

Qimmatbaho toshlarni aniqlash


“Men Hindistondan olib kelingan silliq qimmatbaho toshlardan bir qanchasini sotib oldim. Ba’zilarini ko’proq qaynatdim, ular yanayam qizardi. Bu yerda ikkita bo’lak bor, biri to’q qizil, ikkinchisi sal ochroq qizil rangda, men ikkalasini ham o’tga chidamli qozonchaga soldim va aniq bir temperaturada, 50 misqol oltinni eritish uchun yetarli bo’ladigan vaqtda qizdira boshldim. Bo’laklarni sovuganidan keyin oldim, natija shunday bo’ldi: och rangdagi bo’lak yanada tiniqlashib, qizil atirgul rangiga kirdi, to’q rangdagi bo’lakning rangi kamayib, Sarandib (hozirgi Shri Lanka) kvarsiga o’xshab qoldi. Keyin men yana shu ikkinchi bo’lakni tajribada sinadim va topdimki, u yoqutdan ko’ra oddiyroq material ekan… Bundan xulosa, agar materialni isitganda o’zining qizilligini yo’qotsa, u yoqut emas. Lekin buning aksi har doim ham o’rinli emas, ya’ni isitganingizda materialning qizilligi saqlanib qolsa, uning yoqut bo’lishi shart emas, masalan, temir qizdirilgandan keyin qizil tusga kiradi.”

Biz miyamizni bo’shatishimiz kerak… eski an’analardan, ruhlar uchun tashkillashtiriladigan bazm, ziyofatlardan, ichki nizo-raqobatlardan va ularning ta’sir qilishiga ishonishdan.”


Al-Beruniy, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
Olim o’zining ko’p vaqtini Hindistonda o’tkazgan, u bu yerning tilini, joylarni, odamlarni, dinni o’rgangan. Keyinchalik katta kitobi “Hindiston” asarini yozgan, olim hind tilidan tashqari, yunon, sanskrit, suriya tilini bilgan, o’zining barcha kitoblarini forscha va arabchada yozgan. Hindistonda o’tkazgan davrida Beruniy joyning tarixi va geologiyasi haqida ma’lumotlar qoldirgan, Ganga havzasining ichki dunyosini to’g’ri tasvirlab bergan. Uning eng buyuk mineralogik ishlaridan biri “Qimmatbaho toshlarni aniqlash”( “Mineralogiya”) kitobidir, va bu asar olimni mineralogiya yo’nalishida mashhur shaxslardan biriga aylantirdi. Boshqa bilimdon kishilar ham geologiya fani rivojiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishdi:
Yahyo ibn Masavayh(857-yili vafot etgan) “Qimmatbaho toshlar va ularning xususiyatlari” nomli asarini yozgan. Al-Kindi(873-yili vafot etgan) 3ta monografiya(bir masalaga yoki mavzuga bag’ishlangan ilmiy asar) yozgan, ularning ichida eng sarasi “Qimmatbaho toshlar va ularning qiyofadoshlari” kitobi bo’lib, afsuski u bugungi kungacha yetib kelmagan. Al-Hamdaniy, 10-asr olimi, oltin, kumush va boshqa qimmatbaho toshlarning xususiyatlari va ular joylashgan hududlarni tadqiq qilish usullari haqida arab tilida 3ta kitob yozadi. 10-asrning yana ko’zga ko’ringan bilimdon kishilaridan Ikhvan al-Safa’ ensklopedik kitob yozadi, asarning bir qismi mineral toshlar turlariga bag’ishlangan.
Minerallar, toshlar, qimmatbaho materiallar haqidagi yozilgan kitoblarning ko’pchiligi bizgacha yo’qotib yuborilgan, lekin bir nechtasi hali ham mavjud va bosma qilib chiqarilmoqda.





03 Tabiat hodisalari
Bizdan bolalar gohida “Nega osmon ko’k?”, “Kamalak qayerda tugaydi?”, “Nega qumli sohillar dengiz bilan o’ralgan?” degan, javob berish qiyin bo’lgan savollar so’rashadi. Bugun, bizni o’rab turgan tabiat tortiq etgan juda ko’p mo’jizalarni hech qanday savollarsiz qabul qilishga o’rganib qolganmiz, lekin 9-asr musulmon kishilari ongida Allohning yaratganlaridan zavqlanib, ularni tadqiq etishga, yuqoridagi kabi savollarga javob topishga, o’zlarini o’rab turgan tashqi tabiat ajoyibotlarini tushunishga urinish hissi vujudga kelgan.

Kordobadagi qo’lyozmalarga ko’ra, 10-asrda yashagan Ibn Hazm davrigacha odamlar yulduzlar va sayyoralarda ruhlar borligiga, va ular odamlarga ta’sir o’tkaza olishiga ishonishgan. Ibn Hazm bu jarayonga ko’proq amaliy natijalardan kelib chiqib yondashadi va shunday deydi: “ yulduzlar osmon jismlari, ular na ruhga va aqlga egadirlar. Ular na kelajakni bila oladi va na odamlarga ta’sir ko’rsata oladilar. Quyoshning issiqligi va nurlarining sayyoralarga tushishi, oyning

dengiz sathini o’zgarishiga ta’siri kabilar faqatgina ularning fizik xususiyatlardan kelib chiqib sodir bo’ladi”. 11-asrning qomusiy olimi, Al-Beruniy, dengiz sathini ko’tarilishi va pasayishini oyning fazalarda o’zgarish jarayoni orqali tushuntirgan. Hindistondagi Somnatx shahridagi suvning vaqt mobaynida o’zgarishini juda aniq va tushunarli qilib tavsiflab bergan va buning javobini oy bilan bog’lagan.


Al-Kindi kabi ba’zi olimlar osmon, samo ilmini o’rganishgan va uning nega aynan ko’k ekanligi haqida o’zlarining muhim fikrlarini aytib ketishgan. U bu fikrlarini o’zi qisqa, lekin sarlavhasi uzun bo’lgan risolasida yozib qoldiradi, risola nomi: “ Samoda ko’rinadigan va ko’pchilik tomonidan osmonning asl rangi sifatida tanilgan ko’k, moviy rang haqida risola”.
Qisqa qilib aytganda, Al-Kindi nega osmonning ko’k rangda ekanini tushuntirib beradi: “Bu ko’rinish osmondagi qorong’ulik bilan havodagi chang va gazlarga quyoshdan tushgan yorug’lik atomlari harakatining natijasi”. Uning so’zlari jarayonni to’liq izohlab beradi: “Bizdan yuqoridagi havoni ko’rish mumkin, chunki uning o’zi yulduzlardan va Yerdan chiqayotgan nur va qorong’ulik aralashmasidan kelib chiqqan, bu esa o’z navbatida ko’k rangni hosil qiladi.



Bundan oson ilg’ash mumkinki, ko’k rang osmonning asl rangi emas, bu bir narsaki, qorong’ulik va nur tushushidan hosil bo’ladi va bizga shunday ko’rinadi. Biz osmondagi quyosh nuriga o’xshagan, yorqin obyektlarga tiniq, shaffof jism orqali qaragan paytimiz obyektlarning rangiga aralash tiniq jism rangi ham qo’shilib ko’rinadi, masalan, biz quyoshga shisha orqali qarasak, shisha rangi bilan quyosh nurlari rangi aralash ko’rinadi”.


Garchi zamonasining bilimli qatlami adashadigan va mumkin emas deb hisoblaydigan fikrlarni fanga kiritgan bo’lsada, Al-Kindi to’g’ri yo’nalishda edi. U bu borada o’zinikidan boshqa fikrlar, qarashlar bilan bemalol musobaqalasha olgan, chunki bu olim 9-asrda yashagan Bog’dodning eng yaxshi fiziklari, matematiklaridan biri bo’lgan, u bu sohalardan tashqari musiqa va tabiiy fanlarni ham juda yaxshi o’zlashtirgan.
Ibn al-Xayyom ham o’z davrining ba’zi mutaasib, eskilikni yoqlovchi an’analariga qarshi chiqqan. Bundan minglab yillar oldin Karioda uni uy qamog’ida saqlashgan, chunki u xalifa aytgandek Nil daryosi oqimini tartibga solishni uddalay olmagan. U bilardiki, agar qadimgi misrliklar buni uddasidan chiqolmaganmi, demak u ham qilolmaydi. O’zining izlanishlarini davom ettirish uchun o’zini telbalikdan asrab qolishi kerak edi. Uy qamog’i unga ma’qul tushgan, chunki unda deraza tirqishidan tushayotgan quyosh nurini kuzatish uchun imkon tug’ilgan edi.
Uning tajribalar qilishga va kuzatishlarga sarflagan vaqti olimga kamalakka o’xshagan tabiat hodisalarini, nega quyosh va oy gorizontga yaqinlashgan sari hajm jihatdan kattalashgandek tuyulishini tavsiflashga xizmat qildi. Uning aytishi bo’yicha, gorizontga yaqinlashganda oy va quyoshning o’lchami ortishi atmosfera tufayli sodir bo’ladi va bu aslida miyaning ko’zga beradigan aldovidir. Olim bundan tashqari, hattoki quyosh gorizontga nisbatan 19 gradus burchak ostida ko’rinadigan paytida ham bizga keladigan yorug’lik aslida atmosferaga tushgan quyosh nurlarning singan qismi ekanini ko’rsatib o’tgan, va bu ma’lumotni asos qilib atmosferaning balandligini hisoblagan Kamol al-Din al-Forisiy, 1319-yillar atrofida vafot etgan olim quyosh nurini shisha sfera ichidan o’tishini kuztish orqali Ibn al-Xayyomning natijalarini takrorladi va rivojlantirdi. U quyosh nurining yomg’ir tomchilari orali o’tganda qanday burchakda sinishini hisoblay olishiga ishongan, va uning topgan natijalari birlamchi va ikkinchi kamalaklarni qanday hosil bo’lishini izohlay olgan.
oy
Quyosh suv to’lqini

bahorgi to’lqinlar




Download 37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish