Makkaga ketayotgan karvon tasvirlangan 13-asr miniaturasi
imperiyasining hamma nuqtalarini aylanib chiqqan va 985-yillar atrofida “Hududlarni bilish uchun eng yaxshi taqsimotlar”asarini to’liq yozib tugatgan. Yana boshqa ko’plab sayohatchilar Islom dunyosi va atrofidagi mamlakatlarni o’rganishgan, tadqiq qilishgan. Al-Yaqubiy uzoq vaqtlik safarlaridan keyin “Mamlakatlar kitobi”ni 891-yilda yozib tamomlaydi, unda olim shaharlarga, davlatlarga, ulardagi odamlarga nom beradi, u yerdagi qonun-qoidalar, soliqlar, shahar va viloyatlar oralig’idagi masofalar, topografiya va suv resurslari haqida yozadi;Ibn Xurradazbih 912-yili vafot etgan geograf o’zidan Islom olamining asosiy savdo yo’llarini tavsiflab beruvchi “Yo’llar va viloyatlar kitobi”ni qoldirgan, unda yana Xitoy,Koreya va Yaponiyaga eltuvchi yo’nalishlar haqida,Osiyo sohilining janubiy qismi, Brahmaputra daryosi, Andaman, Malaya va Yava orollarigacha bo’lgan hududlar haqida so’z boradi. 13-asr geografi Yaqut al-Hamaviy “Mamlakatlar lug’ati” nomli ensklopedik asar yozadi, bu kitob olim tashrif buyurgan hamma mamlakat, viloyat, shahar va shaharchalar haqida bo’lib, joy nomlari alifbo bo’yicha yozilgan, ularning aniq joylashuvi, aholisining iqtisodiyoti, joy tarixi, undagi
13-asr miniaturasi musulmon kemalarini ko’rsatyapti.
obidalar va boshqa asosiy ma’lumotlari keltirilgan. Abu al-Fida “Mamlakatlar tadqiqoti” asarini 13-asrda yozadi, bu kitob G’arbiy Yevropada katta obro’ orttiradi, 1650-yilgacha Xorazm va Movarounnahr haqidagi qismlari Londonda bosib chiqarildi. Musulmon sayohatchilar shaxsiyati va ularning qoldirgan merosi G’arbliklar tomonidan butunlay e’tiborsiz qoldirilmagan, masalan Gabriel Ferrand 7-8-asrda yashagan Uzoq Sharq musulmon sayohatchilarining buyuk ishlarini 20-asr boshlarida to’plashni boshlagan. Buning natijasida 39ta matn (33tasi arabcha, 5tasi forscha, 1tasi turk tilida yozilgan) jamlandi.
Abu Hurayra (r.a)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg’ambar Muhammad (s.a.v.) dedilar: “Kim ilm talab qilish yo’liga tushsa, Alloh unga jannatning yo’lini yengillashtiradi”.
9-asr olimi al-Yaqubiy shunday yozgan: “Xitoy ulkan mamlakat, unga 7ta dengizni kesib o’tish orqali yetish mumkin; ularning har birini o’z rangi, shamoli, baliqlari, boshqa joyda topib bo’lmaydigan yengil shabadasi bor, masalan, 7-dengiz hisoblangan Kanxay (Malay arxipelagini o’rab turadi) faqatgina janubiy shamol bo’lgan paytdagina suzib o’tsa bo’ladigan hudud”.
9-10-asr sayyohlari, xususan, Ibn al-Faqih Xitoy va Hindiston mamlakatlarining urf-odat, an’analari, ovqatlari,flora va fauna dunyosini taqqoslaydi. Ibn Rustah 80ta hakam bilan Xamer qiroliga e’tibor qaratadi, qirolning alkogol va vino ichgan payti fanlarga nomunosib e’tirbor berishi, lekin shunga qaramay musulmonlarga juda mehribon va saxiy ekaniligi olimni qiziqtiradi. Abu Zayd ham Xamer yerlari, uning ko’p sonli aholisi, ular orasida beadablik umuman yo’qligi haqida yozib qoldirgan. Abu al-Faraj Hindistonda umr
o’tkazdi, u yerning odamlari, an’analari, diniy marosimlari haqida ma’lumotlar to’pladi. Bundan tashqari olim Xitoyni ham tahlil qilgan, yozishicha, bu mamlakatda 300ta shahar bo’lib, kimki Xitoyga sayohat qilmoqchi bo’lsa, davlatga kirgandan so’ng, o’zining va yordamchisining ismini registratsiya qilishi, safar vaqtini, sayyohlarning genini, ular haqida ma’lumotni, yoshini, o’zi bilan nimalar olib kelganini yozdirishi
kerak bo’lgan. Bunday registratsiya safarning to’liq xavfsiz o’tishini ta’minlagan. Bu jarayon ortida turgan sabab shuki, sayohatchi ma’lumotlarini qayd ettirganidan so’ng, unga zarar yetishi va buning natijasida davlat sha’niga isnod tushishi oldi olinadi.
Ferrand Zakariya ibn Muhammad al-Qavziniy kabi 13-asr sayyohlari to’g’risida yetarlicha yozib qoldiradi, uning manbalariga ko’ra, olimlar o’zidan Xitoy dengizida tarqalgan mavjudotlar—ulkan toshbaqalar, katta baliqlar (akula bo’lishi mumkin ), yirik ilonlar va sohilda, quruqlikda hayot kechiradigan fillar, buffalolar haqida bayonot qoldirgan. Ibn Said al-Mag’ribiy o’zi tashrif buyurgan har bir joyning kenglik va uzunlik koordinatalarini yozib borgan, Hind okeanidagi orollar va Hind sohilidagi shahar va shaharchalar haqida ma’lumotlar qoldirgan. 14-asrda yashagan Al-Damashqiy Al-Qumr oroli haqida mukammal bayonot bergan, bu orolni ko’pchilik Malay arxipelagi sifatida tanishadi. Geografning so’zlariga qaraganda, bu yerda juda ko’p shaharlar, tumanlar, katta va uzun daraxtlarga boy o’rmonlar va oq fillar bo’lgan ekan. Bu yerda yana Rok nomli ulkan qush ham yashagan, uning tuxumlari gumbaz ko’rinishida bo’lgan. Bu qush haqida afsona-yu hikoyalar bor, bir hikoyaga ko’ra, bir nechta dengizchilar qushning tuxumlarini olib, sindirib, ichidagini yeyishadi, keyin bahaybat qush ular ortidan ta’qib qilib, shavfaqtsizlarcha panjasidagi toshlarni kema a’zolari ustiga tashlaydi.
Dengizchilar o’z jonini kech tushgan paytdagina saqlab qolishgan, bunday hikoyalar Islom adabiyotining boy xalq og’zaki ijodi asosida kelib chiqqan. “Sinbad va dengizchi sarguzashtlari”, “Ming bir kecha” kabi asarlarni misol qilishimiz mumkin. Ming yil oldin vujudga kelgan bunday ma’naviy boyliklar ko’plab yozuvchi, rejissyorlarni ilhomlantirgan. Arab xronologi Ibn Fadlanni 921-yilda Bag’dod xalifasi Volga atrofida yashovchi bolgarlar qiroliga elchi sifatida jo’natadi. U sayohatini bayon qilib, “Risola” yozadi. Ibn Battutaning “Sayohatnoma”( arabchasiga “Rihla”)asari kabi, “Risola”ham katta ahamiyatga ega manba sifatida tanildi, chunki unda Shimoliy Yevropa Mamlakatlari
va odamlari(odatda ularni ruslar deyishadi) haqida yozilgan edi. Olim shunday yozadi: “Men Ruslarni ko’rdim, ular savdo safarlaridan qaytishib, Volga bo’yida qo’nim topishgan edi. Men oldin hech ham bunday jismoniy jihatdan baquvvat nusxalarni ko’rmagan edim, bo’yi xurmo daraxtidek uzun, sochlari sarg’ish, qizg’ish yanoqli; ular mundir yoki chakmon kiyishmasdi, erkaklari tanani bir tarafini o’raydigan va qo’lni ochiq qoldiradigan kiyim-kechak kiyishardi”.
Bu kitob yozuvchi Maykl Kraytonni “Murda Yeyuvchilar” asarini yozishga ilhomlantirgan,“13-jangchi” filmi shu roman asosida ishlangan. Bundan boshqa yana juda ko’p sayyohlar zamonamiz odamlarini hayratga solishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |